Argument (lot. argumentum – isbot asosi) tezisniisbotlash uchun keltiriladigan fikr. Bunday fikrning to‘g‘riligi amaliyotda isbotlangan bo‘lishi kerak.
Argument
Argument
Aristotel (Arastu) (mil.av.384-322) – qadimgi Yunonistonda o‘ziga xos falsafiy ta’limot yaratgan buyuk mutafakkir. U fan taraqqiyotining o‘zigacha bo‘lgan barcha yutuqlarini umumlashtirib, fanlarning tasnifini yaratgan. «Nikomax etikasi, «Axloqi kabir» va «Siyosat» asarlarida axloq haqidagi fikrlarni sistemalashtirib unga etika deb nom bergan. Arastu etikasining asosida baxtga intilish g‘oyasi yotadi.