Diskurs (lot. discursus – muhokama) – mantiqan teran asoslangan mulohaza; poststrukturalizm va kommunikativ falsafaning markaziy tushunchalaridan biri.
Diskurs
Discourse
Dixotomiya (yunon. dichotomia, dicha – ikki qismga + tome – bo‘lish) – butunniikki qismga bo‘lish.
Dogma yokiaqida (yunon. dogma – nuqtai nazar, ta’limot, qaror) – hech qanday muhokamalarsiz, isbotlarsiz va muayyan sharoitlarni hisobga olmagan holda, ko‘r-ko‘rona qabul qilinuvchi o‘zgarmas qoida, aqida.
Dogma
Dogma
Dogmatizm yokiaqidaparastlik (yunon. dogma – nuqtai nazar, ta’limot, qaror) – dogma (aqida)larga tayanib tafakkur qilish usuli bo‘lib, bunda nazariy va amaliy muammolar va holatlarni tahlil qilish va baholashda real sharoit, makon va vaqtning xususiyatlari hisobga olinmaydi.