Mantiq qonunlari – inson tafakkuriga xos qonunlar. Formal mantiqning to‘rtta asosiy qonuni bor: ayniyat, nozidlik, uchinchisiistisno, yetarli asos qonunlari. Bu qonunlar to‘g‘ri fikrlashning zaruriy shartidir.
Zakoni logiki
The laws of logic
Manfaat – individ va ijtimoiy guruhlar faoliyatining asosiy sababi. M. faoliyatni keltirib chiqaribgina qolmay, uning yo‘nalishi, vosita va shakllari, maqsadini ham belgilab beradi. M. turlari bir necha belgilar asosida tasnif qilinadi. M. sub’ektiga ko‘ra, shaxs, guruh va jamiyat manfaatlariga bo‘linadi. M. qaysi ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liqligini hisobga olib moddiy va ma’naviy manfaatlarga bo‘linadi. Ma’naviy m.lar esa, o‘z navbatida, siyosiy, ruhiy, axloqiy va b. turlarga bo‘linadi.