Materializm (lot. materialis – ashyoviy) – olamning asosiga materiya, tabiatni qo‘yuvchi ta’limotlarni umumlashtiruvchi falsafiy yo‘nalish; dunyoning ongdan qat’i nazar mavjudligini, moddiyligini e’tirof etuvchi falsafiy nuqtai nazar.
Materiya'>Materializm
Materialism
Materiya (lot. materia) – inson sezgi a’zolariga ta’sir etuvchi va unda aks etuvchi, sezgi a’zolariga bog‘liq bo‘lmagan xolda mavjud ob’ektiv reallikni ifoda etuvchi falsafiy kategoriya.
Materiya
Matter
Mafkura (arab.«mafkura» – nuqtai nazarlar va e’tiqodlar tizimi, majmui) – jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar va g‘oyalar majmui.