Ma’naviyat (arab.«ma’naviyat»–ma’nolar majmui) – kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalari majmui. M. mafkura, tafakkur tushunchalariga yaqin va ular bir – birlarini taqozo etadi.
Duxovnost
Spirituality
Mentallik (mentalitet) (lot. mentalis – aqliy) – muayyan ijtimoiy, tarixiy yoki etnik umumiyatga xos bo‘lgan tafakkur va xulq stereotiplari.
Mentalnost
mentality
Metafizika – qadimda falsafaning sinonimi; keyinchalik falsafiy tafakkur usulini anglatgan. Unga ko‘ra, harakat va o‘zgarish faqat miqdoriy yoki oddiy fazoviy joy almashish shaklida mavjud bo‘lib, predmetga tashqi ta’sir natijasida amalga oshadi; u ichki qarama-qarshiliklarni narsa va hodisalarning o‘z-o‘zidan harakati manbai sifatida ko‘rmagan.