Anglikan cherkovi. Anglikan cherkovi - Angliyaning davlat cherkovi 1534 yilda mahalliy katolik cherkovi Rim qiroli Genrix VIIIni cherkov boshlig‘i deb e’lon qildi, ya’ni cherkov qirol hokimiyatiga bo‘ysundirildi. XVI asr o‘rtalariga kelib ibodatni ingliz tilida olib borish joriy etildi, postlar bekor qilindi, but va sanamlar olib tashlandi, ruhoniylar uylanmasligi majburiy bo‘lmay qoldi. “Mo‘tadil yo‘l” ta’limoti, ya’ni Rim katolisizmi va protestanizm orasidagi o‘rtacha yo‘l shakllandi. Anglikan diniy ta’limoti “Umumiy ibodatlar kitobi”da aks ettirilgandir.
Baptizm. Protestant ta’limotining eng ko‘p sonli davomchilari baptistlardir. Baptizm yunoncha “suvga cho‘ktirish”) XVII asr boshlarida vujudga kelgan bo‘lib, hozirgi kunda dunyoning 130 mamlakatida o‘z tarafdorlariga ega. Bu ta’limot tarafdorlari faqat o‘spirinlarnigina cho‘qintirishga olib boradilar. “Hech kim, jumladan, ota-onalar ham kishi uchun biror dinni tanlay olmaydi. Kishi dinni ongli ravishda o‘zi ixtiyor qilmog‘i zarur”, degan qoida baptistlar va zabur xristianlarining asosiy qoidasidir, ularda ibodat o‘ta soddalashtirilgan bo‘lib, diniy qo‘shiq, ibodat va mav’izadan iborat. Zabur xristianlari to‘rtta rusumni saqlab qolishgan: cho‘qintirish, o‘spirinlar uchun) tanovul, nikoh, qo‘l bilan silab qo‘yish. Bu xristianlar uchun but ehtirom ramzi emas.