Ta’lim tizimini isloh qilish uni boshqarishdagi muhim tamoyil hisoblanadi. O’zbekistonda ta’lim jarayonini boshqarish ikkita vazirlik va bitta ixtisoslashgan markaz tomonidan amalga oshiriladi. Hududlarda maktab ta’limini boshqarish viloyat va tuman markazlari mavjud, bundan tashqari oliy va o’rta maxsus ta’lim jarayonini boshqaruvchi viloyat markazlari mavjud.
Ta’lim tizimini isloh qilish uni boshqarishdagi muhim tamoyil hisoblanadi. O’zbekistonda ta’lim jarayonini boshqarish ikkita vazirlik va bitta ixtisoslashgan markaz tomonidan amalga oshiriladi. Hududlarda maktab ta’limini boshqarish viloyat va tuman markazlari mavjud, bundan tashqari oliy va o’rta maxsus ta’lim jarayonini boshqaruvchi viloyat markazlari mavjud.
O’zbekiston hukumati birinchilardan bo’lib talim tizimini isloh qilish to’g’risida qaror qabul qildi. 1997 yilga kelib Prezidentimiz tashabbuslari va boshqaruvlari asosida ishlab chiqilgan "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" qonun sifatida qabul qilinib, uning asosiy komponentlari sifatida quyidagilar turibdi:
Inson xayoti davomida maktabgacha ta’limdan nafaqa yoshigacha bo’lgan davrgacha to’xtovsiz ta’lim tizimini ishlab chiqish
9 yillik ta’limning majburiy xamda bepulliligi
9-sinf bitiruvchilari uchun yangi, bepul, maxsus 3 yillik ta’lim tizimini ishlab chiqish
Oliy ta’lim tizimini xam 2 bosqichliligi: bakalavr va magistratura
Aspirantura va doktoranturani o’zida aks etgan Oliy ta’lim tizimidan keyingi bo’ladigan ta’lim jarayoni
Uzluksiz ta’lim tizimini tashkillashtirish, kadrlar malakasini oshirish va ularni kasbiy qayta tayyorlashning zarurligi
Milliy dastur o’zida birinchi bor oldin ta’lim tizimida uchramagan 3 yillik majburiy bepul o’rta maxsus kasb xunar ta’limni tashkil etdi. Ushbu bosqich umumiy o’rta ta’limni yoshlarni kasbiy tayyorlash jarayoni bilan mantiqiy bog’laydi. SHu bilan birga maktabda olingan bilimlar bilan amaliy tajriba va ishlab chiqarishda ishlash ko’nikmasining shakllanmaganligi orasidagi uzilishni bartaraf etish shartlari ishlab chiqildi.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirishning boshlang’ich bosqichida uning faoliyatini qonuniy asoslarini shakllantirish bo’yicha keng ko’lamda ishlar amalga oshirildi. Maktabgacha ta’limdan boshlab oliy ta’limdan keyingi ta’limgacha bo’lgan barcha ta’lim shakllarining ishlash printsiplarini belgilovchi normativ hujjatlar qabul qilindi. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari ishlash printsiplari qonuniy asoslari yaratildi. Ularning moddiy-texnik bazasini takomillashtirish, o’quv-metodik komplekslar, darsliklar yaratish dasturi tasdiqlandi. Dasturni amaliyotga tadbiq etish yo’lga qo’yildi.