Massaj usullari tartibi. Massajning xususiy metodikasi



Yüklə 185,07 Kb.
səhifə1/4
tarix12.05.2023
ölçüsü185,07 Kb.
#126784
  1   2   3   4
Massaj


Massaj usullari tartibi. Massajning xususiy metodikasi.
M assaj usullari tartibi. Massajning xususiy metodikasi. Massaj umumiy va maxalliy bo`ladi. Umumiy massajda butun gavda maxalliy masajda gavdaning ayrim qismlari massaj qilinadi. Xar bir massaj usullari malum tartibda olib boriladi .Massaj silashdan boshlanadi, keyin ishqalashga o`tiladi, so`ngra uqalash, qoqish va yana silash bilan tugallanadi. Odatda,umumiy massaj qo`l oyoqni massaj qilishdan boshlanadi. Massaj qilinuvchi kishi chalqancha yotadi. Massaj quyidagi tartibda olib boriladi: oyoq panjasi, boldir, xar ikkala son, so`ngra qo`l panjasi, bilak, o`ng va chap elka va nixoyat ko`krak. Shundan keyin massaj qilinuvchi kishi qornini erga bosib yotadi. Uning oyoq panjasi, boldiri, soni, xar ikkala dumba soxasi, so`ngra orqasi massaj qilinadi. Umumiy massaj qornini silash bilan tugallanadi. Bo`g’imlar massaji silash va sekin xarakatlar qilish bilan chegaralanadi. Umumiy massajning o`rtacha muddati 50 minut.



Massajning xususiy metodikasi



Qo`lni massaj qilish. Qo`lni massaj qilishda massaj qilingan soxa tanadan yon tomonga 15-20 gradus va oldingan 60-70 gradus bukib qo`yiladi. Bilak tirsak bo`g’imi ichiga o`tmas burchak xosil qilib , qayrilgan panja elka bilan bir xil balandlikda turadi. Qo`l massaji quyidagi tartibda olib boriladi: dastlab barmoqlar aloxida-aloxida massaj qilinadi, so`ngra panja , bilak kaft usti bo`g’imi , bilak ,tirsak bo`g’imi ,elka va nixoyat elka bo`g’imi massaj qilinadi. Panja soxasini massaj qilishda silash va ishqalash usullari ,elka va bilak soxalarini massaj qilishda silash va uqalash, qoqish va shapatilash usullari qo`llaniladi. Limfa tomirlarini yo`nalishi va limfa tugunlarining joylashishiga qarab, silashni panjadan boshlab qo`ltiqqacha davom ettirish kerak. Qo`l panjasi massaji bosh barmoqning yumshoq qismi bilan orqa tomonidan, ko`rsatkich yoki o`rta barmoq bilan kaft tomonidan aylanma xarakat qilib, barmoq falangalarini silash va ishqalashdan iboratdir.



Yüklə 185,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin