Mas’ulyati cheklangan jamiyatlarda inventar va xo’jalik jihozlari hisobi. Reja: Kirish


Mas’ulyati cheklangan hamda qo’shimcha mas’ulyatli jamiyatlar to’g’risidagi qonun 2001-yil 6-dekabrda qabul qilingan bo’lib 55 moddadan iborat



Yüklə 44,04 Kb.
səhifə2/6
tarix24.11.2023
ölçüsü44,04 Kb.
#133626
1   2   3   4   5   6
Mas’ulyati cheklangan hamda qo’shimcha mas‘ulyatli jamiyatlar tavsifi

Mas’ulyati cheklangan hamda qo’shimcha mas’ulyatli jamiyatlar to’g’risidagi qonun 2001-yil 6-dekabrda qabul qilingan bo’lib 55 moddadan iborat.


Bu qonunning 3- moddasida Masulyati cheklangan jamiyat.
Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga bo‘lingan xo‘jalik jamiyati mas’uliyati cheklangan jamiyat deb hisoblanadi. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zararlar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar. Mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat (bundan buyon matnda jamiyat deb yuritiladi) qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi. Jamiyat qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa yuridik shaxslarning muassisi bo‘lishga yoki ularning ustav fondida (ustav kapitalida) boshqacha tarzda ishtirok etishga, vakolatxonalar va filiallar tuzishga haqlidir. Jamiyat qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa yuridik shaxslarning muassisi bo‘lishga yoki ularning ustav fondida (ustav kapitalida) boshqacha tarzda ishtirok etishga, vakolatxonalar va filiallar tuzishga haqlidir. Jamiyat o‘zining to‘liq firma nomi davlat tilida ifodalangan va jamiyatning joylashgan yeri ko‘rsatilgan dumaloq muhrga ega bo‘lishga haqli. Jamiyatning muhrida uning firma nomi jamiyatning tanloviga ko‘ra boshqa tillarda ham ifodalanishi mumkin, va Jamiyat o‘zining firma nomi yozilgan shtamplariga va blankalariga, o‘z emblemasiga, shuningdek belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar belgisiga hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarini, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtiruvchi o‘zga vositalarga ega bo‘lishga haqli. Jamiyat o‘zining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkka ega bo‘ladi, o‘z nomidan huquqlarni olishi, majburiyatlarga ega bo‘lishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin. Jamiyat o‘z majburiyatlari yuzasidan o‘ziga qarashli barcha mol-mulk bilan javobgar bo‘ladi.
Jamiyat o‘z ishtirokchilarining majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi va jamiyatning bankrotligi ishtirokchi sifatidagi shaxsning aybi tufayli vujudga kelgan bo‘lsa, jamiyatning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda bunday shaxs zimmasiga uning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin.
Davlat va uning organlari jamiyatning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydi, xuddi shuningdek jamiyat ham davlat va uning organlari majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydi.
Uning ishtirokchilari;
Yuridik va jismoniy shaxslar jamiyatning ishtirokchilari bo‘ladilar.Qonunda ayrim toifadagi jismoniy shaxslarning jamiyatda ishtirok etishi taqiqlanishi yoki cheklanishi mumkin. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, jamiyatning ishtirokchilari bo‘lishga haqli emaslar. Agar jamiyat ishtirokchilaribelgilangan me’yordan oshib ketsa, jamiyat bir yil ichida aksiyadorlik jamiyati yoki ishlab chiqarish kooperativi etib qayta tuzilishi kerak. Agar ko‘rsatilgan muddat davomida jamiyat qayta tuzilmasa va jamiyat ishtirokchilarining soni belgilangan me’yorga qadar kamaymasa, u yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organning talabiga binoan sud tartibida tugatilishi kerak.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatning o‘z hissasini to‘la qo‘shmagan ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo‘yicha har bir ishtirokchi hissasining to‘lanmagan qismining qiymati doirasida solidar javobgar bo‘ladilar.

Yüklə 44,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin