Masʼuliyati cheklangan jamiyat (qisqartmasi-MChJ) — xoʻjalik shirkatining bir boʻlib, uning mulki (kapitali) tasischilar orasida tegishli nizomlarda koʻrsatilganidek taqsimlanadi. Masʼuliyati cheklangan jamiyat — aʼzolari jamiyat majburiyatlari boʻyicha faqat oʻzlari qoʻshgan ulush doirasida javobgar boʻladigan jamiyat. Ikkitadan kam boʻlmagan jismoniy yoki yuridik shaxslarning kelishuviga koʻra, umumiy xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanish maqsadida ularning ulushlarini qoʻshish yoʻli bilan tashkil etilishi mumkin. Bunday jamiyat yuridik shaxs hisoblanadi. Jamiyat tarkibida yuridik shaxs boʻlgan ishtirokchilar oʻz mustaqilligini va huquqiy shaxsligini saqlab qoladilar. Jamiyat mablagʻlari qatnashuvchilarning ulushi hisobidan shakllantiriladi. Muomalaga aksiyalar chiqarmaydi. Jamiyat aʼzolariga pay guvohnomalari beriladi. Jamiyat aʼzosi oʻz ulushini boshqa shaxsga faqat jamiyat roziligi bilan oʻtkazishi, sotishi mumkin. Inventar va xo’jalik jihozlari xususiy korxona, sherikchilik asosidagi korxonalar, aksiyadorlik jamiyatlarida, masulyati cheklangan jamiyatlarda ham keng foydalaniladi. Biz hozir masulyati cheklangan jamiyatlardagi inventar va xo’jalik jihozlarini ko’rib chiqamiz.
Inventarlar va xo’jalik jihozlari haqida tushuncha, ularning tarifi,tarkibi hamda xususiyatli jihatlari.
Inventarlar va xo’jalik jihozlari -bu quyidagi shartlarnning birga javob beruvchi mehnat qurollari va predmetlari
a) xizmat qilish muddati bir yildan ortiq bo‘lmagan;
b) xizmat qilish muddatidan qat'i nazar bir birligi (komplekti)ning qiymati (sotib olish vaqtida) O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ellik barobarigacha bo‘lgan buyumlar.
Rahbar hisobot yilida buyumlarning inventar va xo‘jalik jihozlari tarkibida hisobga olinishi uchun qiymatining past chegarasini belgilash huquqiga ega.
Mulkchilik shaklidan qat'i nazar barcha korxonalar buxgalteriyasida asosiy vositalarni xisobga olish ularning turkumlanuvchi turlari (natural-buyum shakli) inventar obʼektlar bo’yicha amalga oshiriladi.
Inventar obyekt deganda — tugallangan qurilma, buyum yoki ushbu obʼekt uchun belgilangan funksiyani bajarish uchun kerakli moslamalari bilan buyumlar majmuasi tushuniladi. Аsosiy vositalarni saqlanishini nazorat qilish maqsadida har bir inventar obʼektga inventar raqam beriladi. Inventar raqamlar bir marotaba ishlatiladi — u asosiy vosita korxonaga keltirilgan vaqtda beriladi va belgi tariqasida obʼektda boshlang’ich xujjatlarda qayd qilinadi. Hamda obʼekt korxonada bo'lgan davr mobaynida saqlanib turiladi. Аsosiy vosita chiqib ketgandan keyin inventar raqam boshqa obʼektga berilmaydi.
2- Buxgalteriya hisobi xalqaro standarti
Ushbu standartning maqsadi inventarlar hisobi tartibini belgilashdan iborat .
Inventarlarni hisobga olishda asosiy masala - bu miqdor tannarx aktiv sifatida tan olinishi va tegishli bo'lgunga qadar o'tkazilishi kerak daromadlar tan olinadi.Ushbu standartning 3(a) bandida ko'rsatilgan inventarlar sotilishi mumkin bo'lgan qiymatda baholanadi.
Ushbu standartda quyidagi atamalar belgilangan ma'nolarda qo'llaniladi:
oddiy xo’jalik yuritish jarayonida foydalanish uchun saqlangan;
iste'mol qilinadigan materiallar yoki materiallar shaklida ishlab chiqarish jarayonida yoki xizmatlar ko'rsatishda bo’lgan inventarlar
Inventarlar - bu tovarlarni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xom ashyo, shuningdek sotish uchun mavjud bo'lgan tovarlar. U kompaniya balansidagi aylanma aktivlar sifatida tasniflanadi. Inventarlar uch turga xom ashyo, tugallanmagan ishlab chiqarish va tayyor mahsulotlar kiradi.
1080 «Inventar va xo‘jalik jihozlari» schyotida korxonaning aylanma mablag‘lari tarkibiga kiradigan inventarlar, asboblar, xo‘jalik jihozlari va boshqa mehnat vositalarining (kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar) mavjudligi va harakati hisobga olinadi. Xizmat qilish muddati va qiymatidan qat'i nazar inventar va xo‘jalik jihozlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi: