1-boshlovchi: “Ko`paytirish jadvalini bilasizmi?-deb ataladi. Bu shartni bajarish uchun har bir guruhdan nafardan o`quvchini taklif qilamiz.
O`quvchilar bir qator bo`lib turadilar.
Har bir o`quvchiga koptok otib, jadval so`raladi. O`quvchi koptokni olish barobarida jadvalni aytishi kerak. Xato qilgan o`quvchi o`yindan chiqadi.
2-boshlovchi: Shartimizni bajarish uchun har bir guruhdan o`quvchi taklf qilinadi. 1-o`quvchi ip bilan turgan joyda 10 marta sakraydi. Ipni shu joyda qoldirib, 4 ta obrochni birin-ketin ustidan oshirib joyiga qo`yadi va krosvorddagi birinchi savolga javob yozadi. Qaytishda obrochdagi harakatni takrorlaydi.
1-boshlovchi: 5-shartimizda har bir gurugdan 5 nafardan o`g`il bola qatnashadi. Bir o`quvchi xaltani kiyib sakrab, stol yonigacha boradi va stolda o`tirib masalani o`qiydi va yechadi.
Hakamlar tomonidan o‘quvchilarning to‘plagan ballari aytiladi.