2-boshlovchi: Hurmatli kecha qatnashchilari. Mana sizlar “4-sinflar o`rtasida o`tkazilayotgan “Matematika va sport” deb atalgan musobaqamizning tabrik qismlarini tomosha qildingiz. Tabrik qismini baholash uchun so`z hakamlarga.
1-boshlovchi: Matematika fani go`zallikka boy juda
Go`zal son, go`zal yechim, go`zal chizma serjilo
Boshqotirgich, sof aqlni peshlasa gar
Topishmoqli misollar o`ylashga majbur etar.
2-boshlovchi: Endi musobaqamizning asosiy qismini boshlaymiz. Bunda guruhlarning chaqqonligi, sport bilan nechog`li shug`ullanganligi hozirjavobligi va matematikaga qanday munosabatda ekanligini bilib olamiz.
Dostları ilə paylaş: |