Matematik kecha ssenariysi Tadbir maqsadi


Hamma xo`r bo`lib: A’lo o`qib ustozlar ishonchini oqlaymiz



Yüklə 30,95 Kb.
səhifə3/7
tarix31.12.2021
ölçüsü30,95 Kb.
#112912
1   2   3   4   5   6   7
2 5215466589549236552

Hamma xo`r bo`lib: A’lo o`qib ustozlar ishonchini oqlaymiz.

1. Quyosh chiqar olamga

Nurlarini sochgali

Sening ila kitobdan

Sahifalar ochgali

2. Ikki karra ikki

Tezroq bilgin bolajon

Undan keyin yanada

G`ayrat qilgil bolajon

3. Yecholmagin demagin

Qiyin bo`lsa masala

Yalqovlarda bo`lmaydi

Ishlagali hafsala.

4. Har misolni yechmoqqa

Sen doimo tirishgil

Eplolmasang ilk marta

Yana takror kirishgil.

5. Sonlar faqat o`shanda

Sizlarni ochadi

Ular bilan do`stlashsang

Yo`lingga nur sochadi.

6. Xullas hisob-kitobni

Tezroq bilgin bolajon

Fursat o`tmay bu yo`lda

G`ayrat qilgil bolajon.

Qani o`g`lim Asadbek! Mana bu misolni yechingchi!

Qiyin ekan savolingiz

Yo`qmi boshqa misolingiz

Osonidan ozroq so`rang

Jon domlajan “2”qo`ymang

Yetarlidir ikki uchim

To`rtu, beshga yetmas kuchim

Shu safar ham rahm qiling

Jon domlajon 2 qo`ymang

Dadam dakki berar doim

Ikki olsam xafa oyim

Oyimlarni xafa qilmang

Jon domlajan 2 qo`ymang.

Bizdek yosh avlodlarga

Sinchkov boqar bobolar

Har odimni kuzatib

Ishlarimiz baholar.

Qoloqni kechirishmas

Qilmang derlar xafalar

Kashfiyotlar qilsangiz

Shunda olam tan olar

Matematika – biz sevgan fan

Matematika – fanlar podshosi

Matematika – aql gimnastikasi

Matematika – bu sport,



1–boshlovchi: Tabrik navbati 4b-sinfining “Epchillar” guruhiga.

O`zbek tilida odat, avvaldan bermoq salom

Shuning uchun azizlar, sizga salom-assalom.

Assalom, davraning siz aziz mehmonlari

Assalom, ilmu fanning sohibu davronlari

Assalom, ey aziz do`stlar ham fikrdosh o`rtoqlar

Kechamizga xush kelibsiz barch tengdosh o`rtoqlar.

Bizning guruh: “Epchillar”.

Bizning shior: Hamisha olg`a intilmoq

Bobolarimizga munosib bo`lmoq.

Bir o`quvchi 4-sinf “Matematika kitobini qo`lida ushlab chiqadi.

Qo`limda bor shunday kitob

Ichin ochsang g`ij–g`ij hisob

O`qisang gar qilar xitob

Misolim ko`p javobin top

Bilsangiz, siz ayting shu tob

Hamma – Matematika

Suv - bu obihayot manbai deymiz. Aslida matematika ham hayotimiz zarurati. Chunki matematikasiz bir qadam ham tashlab bo`lmaydi. Matematika hisoblarsiz raketalar uchmaydi, mashinalar yurmaydi, kompyuterlar bo`lmaydi.

Masalan, egnimizdagi kiyimni olaylik. Tikuvchi uni tikish uchun geometriyani bilishi kerak.

Oyog`ingizdagi nayafzalning tayyor holga kelishi ham bir qancha matematik o`lchovlar talab qiladi. Bozordan biror narsa xarid qilish uchun esa hisob-kitobni bilish zarur.

Xullas kelgusida olim yoki shifokor bo`lish uchun ham, o`qtuvchi yoki uchuvchi bo`lish uchun ham, bankir yoki tadbirkor bo`lish uchun ham matematikani bilish juda muhim.

Hozir biz “Raqamlar saltanatiga sayohat qilib, u yerdagi matematika ajoyibotlarning guvohi bo`lamiz.

0: Necha asrdan buyon biz do`stimiz insonni

1: Qutlamoq uchun keldik bugun barcha mehmonni

2: Biz o`nta pahlavon, siz - asrar makonmiz.

3: Necha–necha jumboqda hal etgan qahramonmiz.

4: Biz bilan hisob-kitob, qilgan dior Hindiston.

5: Beshinchi asrdayoq ishlar edik, tez oson.

6: Ustoz Xorazmiy bizga atab asar yaratdi.

7: Shu asar dong`imizni keng olamga taratdi.

8: Bu asarni o`rganmoq, ustoz ruhini shod eting

9: Ma’rifat bo`stonini yashnating, obod eting.




Yüklə 30,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin