MATEMATIK MAYATNIK
Mayatnik — tashqaridan taʼsir ettirilgan kuchlar, xususan, tortishish kuchi taʼsirida qoʻzgʻalmas nuqta yoki oʻq atrofida tebranma harakat qiladigan qattiq jism.
Matematik Mayatnik — biror qoʻzgʻalmas nuqtaga vaznsiz va choʻzilmaydigan ipga osib qoʻyilgan moddiy nuqta Mayatnik ogʻirlik kuchi taʼsirida vertikal (tik) tekislikda tebranadi. Mayatnik turli asboblarda, soatlarda, ilmiy tadqiqot ishlarida qoʻllaniladi.
Garmonik tebranishlar - fizik (yoki boshqa har qanday) kattalikning vaqt oʻtishi bilan sinusoidal qonun x =A sin (wt+f) boʻyicha oʻzgaradigan tebranishlari. Bunda — tebranayotgan kattalikning / paytdagi qiymati (mexanik G.t. uchun — siljish yoki tezlik, elektrik G.t. uchun — kuchlanish yoki tok kuchi), A — G. t. amplitudasi, o— burchak chastotasi, (o/+