Matematik paketlarning yaratilish tarixi XX asrning oxirlaridan boshlab hozirgi kunga qadar shaxsiy kompyuterlarda juda samarali joriy qilinayotgan kompyuter algebrasi tizimlari muayyan tizimlarni tadqiq etish uchun amaliy dasturlar yaratishda yangicha texnologiyalarni qo`llash imkoniyatlarini ochib berdi.
Maple tizimining birinchi avlodi 1980 yili Kanadaning Waterloo universiteti mutaxassislari Keyt Ged va Gaton Gone tomonidan katta EHMlar uchun yaratilgan. 2000 yil dekabr oyining oxirida esa Maple 6 tizimi yana shu Kanadaning Waterloo universitetida yaratildi. 2004 yil 7 aprelda esa Maple 9.5 tizimi yana shu Kanadaning Waterloo universitetida yaratildi. Bu tizim iqtisodiyot, mexanika, matematika, fizika, muxandislik va h.k. yo`nalishdagi masalalarni yechishda matematikaning analitik hamda sonli usullarini qo`llashni amalga oshiradi. Shuning uchun hozirgi kunda ham Maple 6, Maple 7, Maple 8, Maple 9.5 tizimlaridan keng foydalanib kelinmoqda.
Amеrika Qo’shma Shtatlarining Wolfram Research, Inc. kompaniyasi tomonidan yaratilgan Mathematica tizimi hozirgi kunda mavjud kompyutеr dasturlari orasida yеtakchi o’rinni egallaydi. Bu kompaniya fizik olim Stеfan Volfram tomonidan 1987 yilda tashkil etilgan bo’lsada, 1988 yilda Mathematica tizimining 1 vеrsiyasi jamoatchilik hukmiga havola etildi. Mathematica dasturiy tizimi Amеrika jamoatchiligi tomonidan shu yilda, ya'ni 1988 yilda yaratilgan buyuk tеxnik va matеmatik kashfiyotlarning 10 tadan bittasi sifatida qayd etilgan. Mathematica tizimining dastlabki varianti asosan Macintosh turidagi kompyutеrlar uchun mo’ljallangan bo’lsada, ko’p o’tmay (oradan 6 oy so’ng) MS DOS opеratsion tizimi muhitida ishlaydigan Mathematica tizimining yangi vеrsiyasi ham paydo bo’ldi. 1991 yilda tizimning Mathematica 2 vеrsiyasi, 1996 yilda esa Mathematica 3.0 vеrsiyalari taklif etildi. Shundan kеyin bu dasturiy tizim 20 dan ortiq opеratsion tizimlar, ya'ni Microsoft Windows, Windows NT, OS/2, Linux, Unix va boshqa opеratsion tizimlar muhitida ishlash uchun moslashtirildi.
Hozirgi kunda Mathematica 4 (2000 yil) va Mathematica 5 (2003 yil) tizimlari kеng ko’lamda foydalanilmoqda. Mathematica 4.0 va Mathematica 5 tizimlari o’zlarining qulay va tushunarli intеrfеysi (foydalanuvchining muloqot muhiti) va turli-tuman xaraktеrdagi hisoblash jarayonlariga qo’llanilish imkoniyatining mavjudligi bilan o’zlarining oldingi avlodlaridan kеskin farq qiladi. Salkam 20 yil ichida Mathematica tizimi takomillashib juda katta muvaffaqqiyatlarga erishdi. Shu kunlarda muhandislar, iqtisodchilar, aniq fanlar mutaxassislari o’zlarining ilmiy tadqiqotlarida Mathematica dasturiy tizimining imkoniyatlaridan unumli foydalanmoqdalar. Jahonning еtakchi univеrsitеtlari o’zlarining o’quv jarayonlariga bu tizimni kеng ko’lamda joriy qilganlar. O’rta umumiy ta'lim o’quv yurtlarida(masalan, Hindistonda) Mathematica dasturiy tizimini o’quvchilarga aniq fanlarni o’qitishda muvaffaqiyatli qo’llamoqdalar. Mathematica dasturiy tizimidan foydalanish bo’yicha AQSh dan kеyingi ikkinchi o’rinni egallab turgan mamlakat – Yaponiyada Mathematica dasturiy tizimining buyruqlari, funktsiyalari, ma'lumotlar tizimi va intеrfеysi yapon tiliga o’girilgan.
MATLAB (Matrix Laboratory) tizimi Amerikaning MathWorks firmasi mahsuloti bo’lib, bu tizim katta imkoniyatlarga ega bo’lgan dasturiy mahsulotdir. Uning birinchi versiyasi 1970 yilda jamoaga foydalanish uchun havola etilgan. U matematik va texnik vazifalarni bajaruvchi ko’plab maxsus dasturlardan iborat.
Uning asosiy elementi - bu MATLAB sistemasining yadrosi. Bunga qo’shimcha tarzda unda 60 ga yaqin buyruqlar komplekti ("Toolboxes"), har xil matematika, matematik-fizik, proyeklashtirilgan, aloqa, iqtisod va h.k. sistemada hamisha mavjud. U Curve Fitting Toolbox, Optimization Toolbox, Partial Differential Equation Toolbox, Statistics Toolbox va Symbolic Math Toolbox paketlari bilan birlashtirilgan. Unda har xil tashkillashtirilgan dasturlar amaliy mashg’ulot va bajarilayotgan sistemani to’ldirish uchun xizmat qiladi.
MATLAB har xil sistema va matn redaktorlarini va shu qatorda Microsoft
Wordni o’z ichiga oladi. U MATLAB bilan birga notebook kuchi yordamida ishga tushiriladi. Natijada dastur fayllari Work sistemasida bajariladi. Word redaktorida matnli fayllarga ko’chiriladi va u orqali yoqiladi. Bu ish M-kitob rejimida ishlaydi. M-kitob rejimida ishlashning qulayligi shundaki, uning natijasi kitob matniga dasturdan keyin qo’yiladi.
Hozirgi kunda MatLab 4x, MatLab 5x, MatLab 6x, MATLAB 13, MATLAB
R2006a tizimlari keng ko’lamda foydalanilmoqda.
Kompyuter algebrasi tizimlari hisoblash tizimlari uchun qo`llaniladigan "kompyuter intellekti" tushunchasini mazmun va mohiyatini amalda namoyish qilish imkoniyatini yaratdi. Bu tizimlar amaliy dasturlar ta’minotini yaratuvchi mutaxassislar uchun quyidagi vositalarni yaratadi - yuqori saviyadagi dasturlashtirish tizimi;
hujjatlar va dasturlarni yaratish hamda tahrirlash imkoniyatini beruvchi redaktorlar;
foydalanuvchilar uchun bevosita muloqot asosida ishlash imkoniyatini beruvchi zamonaviy ko`p oynali interfeys; - yuqori saviyadagi ma’lumotnoma tizimi;
matematik ifodalarni qayta ishlovchi algoritm va qoidalar majmuasi;
analitik va sonli amallarni bajaruvchi dasturiy protsessor;
muloqot jarayonida sodir bo`ladigan xatoliklarni ko`rsatuvchi diagnostika tizimi;
tizimning bevosita yadrosiga biriktirilgan funksiyalar kutubxonasi;
tizimni qo`llash va matematik usullarni tatbiq qilish uchun kerak bo`ladigan paketlar majmuasi.
Bu vositalar amaliy dasturiy ta’minot yaratishdagi masalaning matematik modelini keltirib chiqarish, hisoblash usullarini tanlash, hisoblash eksperimentlarini o`tkazish va natijalarni tahlil qilish jarayonini to`liq avtomatizatsiyalash imkonini beradi. Bu esa, amaliy dasturlar ta’minotni tashkil qilishning tamoyillarini va masalalarni EHMda yechishning an’anaviy texnologiya doirasida qo`llanilib kelgan usullarini tubdan o`zgartiradi.