O’tilgan mavzuni mustahkamlash Keling endi bugunga darsimizga qaytsak. Bolajonlar bugungi darsimiz qiziqarli va ser mazmun o’tadi. Nega deysizmi?! Chunki bugungi darsimizda mehmon tashrif buyurgan. Bu mehmonimiz biroz tortinchoq. (slayddan ko’rsatiladi).
S alom bolajonlar iltimos menga yordam beringlar. Vaqtida o’qishni, matematikani o’rganmaganim uchun uyalyapman. Menga yardam berasizlar-a?! -Xo’sh bolajonlar bugungi mehonimiz kim ekan?
-Axir bu Bilmasoy-ku
-Xush kelibsan Bilmasvoy. (slayd orqali Bilmasvoyning ovozi eshittiriladi)
-Xo’sh bolajonlar Bilmasvoyga yordam beramizmi?
Barcha o’quvchilar birgalikda ha deb javob beradilar.
Aziz bolajonlar biz sizlar bilan o’tgan darsimizda “100 ichida sonlarni xonadan o ‘tib qo‘shish” mavzusi bilan tanishib o’tgan edik, shundaymi?
O’tgan darsni qanday o’zlashirganingizni “Muzyorar gullar” usuli orqali aniqlab olamiz.
Yangi mavzu bayoni Bolajonlar va qadirli bilmasvoy agar darsni diqqat bilan tinglasangiz bugungi mavzuga tushinib olasiz.
Yangi mavzu haqida o’quvchilarga tushuncha beriladi. Bunda o’tgan darsda egallagan bilimlaridan foydalanoladi.
35+8=
Bu misolni yechish uchun 35 sonini xona qo’shiluvchilariga ajratib olamiz
35=30+5
Birliklar birliklarga qo’shiladi .
5+8=13
Hosil bo‘lgan songa birinchi qo‘shiluvchining o‘nligini qo‘shamiz:
30+10=40
35+5=(30+5)+8=30+(5+8)=30+13=43
Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida “ nimani uyi qayerda?” usulidan foydalanamiz. Buning uchun har bir guruhga tarqatma kartochkalar beriladi
berilgan misollar darslikdagi 2-topshiriqda berilgan misollar asosida tuziladi.
3-topshiriq “Aqlni charxlaymiz” rukniga oida topshiriq. Bu topshiriqni nazariy tushunchalar berish orqali amaliy ish orqali bajariladi.
3-topshiriq “Kim topqir?” usulidan foydalanamiz
O’quvchilarni baholash: Dars so’ngida o’quvchilar yig’gan pullarri hisoblanadi va g’olib guruh aniqlanadi. Shu bilan birga har bir guruh o’zi jamg’argan pullar evaziga o’quv qurollari sotib oladilar.
Darsni yakunlash Uyga vazifa:5-misol
Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani XTB tasarrufidagi 15-umumta‘lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi Axmedova Dilobarning “100 ichida sonlarni xonadan o‘tib qo‘shish” mavzusidagi ochiq dars ishlanmasi