Termiz Davlat Pedagogika Instituti Matematika va informatika “Matematika va informatika” yo’nalishi 403-guruh talabasi Ergashev Quvonchbekning Malakaviy Pedagogik amaliyotidan
HISOBOTI Men 4-bosqich “Matematika vainformatika” talim yo’nalishi 403-guruh talabasi Ergashev Quvonchbek. 2023-yil 4-sentabrdan 28-oktabrgacha Termiz shahar 25-sonli umumiy o`rta ta’lim maktabida malakaviy pedagogik amaliyotida bo`ldim.
Termiz shahridagi 25-sonli umumiy o`rta ta’lim maktabiga malakaviy pedagogik amaliyotini o`tash uchun kirishdim. 4-sentabrdan boshlab 28-oktabrgacha 8 hafta Termiz shahridagi 25-sonli umumiy o`rta ta’lim maktabiga malakaviy pedagogik amaliyotini o`tash uchun bordim.
Maktab direktori Sodiqov Rustam ustoz 1-o`rinda maktab tarixi, qachon tashkil topganligi, maktabda pedagogik xodimlar jamoat tashkilotchilari va ishchi xodimlar faoliyat yuritishi shuning bilan birgalikda, umumiy maktab ichki tartib qoidalari bilan meni tanishtirdi va bo`lajak o`qituvchi amal qilishi kerak bo`lgan jarayonlarni tushuntirib berdilar. Bundan tashqari menga ta’lim jarayonlarini, dars o`tishni yaqindan o`rganishim uchun maktab amaliyoti rahbari tayinlandi.
Men amaliyotning birinchi kuni maktabga bordim. Dars jarayonini to`g`ri tashkil etishga va o`quvchilarni darsga qiziqtirib yangi mavzuni zamonaviy Ped texnologiyalar va metodlar va asosida o`tish va o`quvchilarga tushunarli qilib yoritib berish, o`quvchilarga to`g`ri yo`nalish berish haqida o`z ko`rsatmalarini berdi. Amaliyotning birinchi haftsida tashkiliy ishlar bilan shug`illandim. Ma`naviy va ma`rifat ishlari bo`yicha direktor o`rin bosari va o`qituvchi ko`magida tadbir rejalarini tuzish va o`quvchilar bilan birga ishlash tamoyillarini o`rganib chiqdim. Kundalik va tahlil daftarga dars jarayonini va qilingan ishlarni yozib ketish haqida ham tushuncha berildi. Men bu yerda maktabdagi amaliyot rahbarim bilan birgalikda menga biriktirilgan 6-“g” sinf bilan tanishdik va amaliyot jarayonida sinf o`quvchilari bilan ishlab ularning dars jarayonlarini tahlil qilib kuzatdim va keraklicha bilim ko`nikma hosil qildim.
Malakaviy pedagogiklarning dars jarayoniga kirib dars o`tish texnologiyasi o`qituvchining pedagogik mahoratini kuzatdim, o`quvchilar bilan ishlash texnologiyasi o`rgandim va dars jarayonini tahlil qildim. Matematika fani oʻqituvchisining dars oʻtish jarayonlarini kuzatdim, oʻquvchining pedagogik mahorati oʻquvchilarni oʻziga qamrab olishi menga yoqdi va dars davomida keraklicha bilim koʻnikmaga ega boʻldim, matematika xonasi zamonaviy koʻrgazmali qurollar va darslikga oid kitoblar bilan boyitilgan, dars davlat taʼlim standartlari asosida olib borildi, vaqt taqsimoti meʼyorda. Amaliyot darslarini kunlik kuzatib tahlil qilib bordim. O`quvchilarga ochiq darslar o`tib, o`quvchilar bilan ishlash, dars o`tish va sinf dars tizimi bilan ishlashni yaqindan bilib oldim.
XULOSA Men sakkiz haftalik malakaviy pedagogik amaliyoti davrimda Surxondaryo viloyati Termiz shahar 25-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida maktab ichki-tartib qoidalari bilan yaqindan tanishdim, oʻquvchilar bilan birga ishlashni, oʻqituvchilarning pedagogik mahoratini kuzatdim va oʻqituvchilik kasbi qanchalik sharafli va masʼuliyatli ekanligini anglab yetdim. Xalqimizda "Ustoz otangdek ulugʻ" degan hikmatli naql bejizga aytilmagan ekan. Dunyoda kasblar koʻp ammo ularning ichida eng ulugʻ va sharaflisi oʻqituvchilikdir. Maktab jamoasi juda ahil va inoq, shu oʻrinda ustoz shogird an`anasi hali hamon oʻz kuchida. Oʻquvchilarni har doim maktab formasida, dars jarayonlarini kuzatib ota-onalari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan maktabda barcha fanlardan toʻgaraklar va har xil fanlar aro musobaqalar, sport musobaqalari ham tez-tez oʻtkazilib turar ekan.
Maktab direktori: _________________________ (imzo) Fan o`qituvchisi: _________________________ (imzo)