Word dasturida raqamlar bilan yoki biror ko`rinishdagi belgi (marker) bilan tartiblangan ma`lumotga ro`yhat deyiladi.
Masalan:
Abdullayev B.
Valiyev I.
Sattorova N.
Saidova N.
olma
anor
uzum
nok
Ro`yhat hosil qilish uchun Formatlash uskunalar panelidagi Нумерованный список по умолчанию yoki Маркированный список по умолчанию piktogrammalaridan keraklisi bosilsa, 1. yoki marker belgisi chiqadi. Yozuvni kiritib ENTER klavishi bosiladi. Natijada keyingi qatorda 2. yoki marker belgisi avtomatik tarzda chiqadi. Shu yo`sinda ro`yhat davom ettiriladi.
Hu shu amallarni Формат menyusining Список bandi darchasi orqali ham bajarish mumkin.
Jadval vertikal va gorizotal chiziqlar ya`ni ustun va satrlardan iboratdir. Ustun va satrlarning kesishishidan katakchalar hosil bo`ladi. Jadvallarda ma`lumotlar shu katakchalarga kiritiladi.
Jadvalni ustun va satrlar chеgaralagan. Ushbu chеgarani biz sichqoncha yordamida o`zgartirishimiz (siljitishimiz) mumkin. Buning uchun kеrakli chеgaraga chizig`i ustiga sichqonchani olib boramiz, shunda sichqoncha quyidagi ko`rinishlarga o`tishi mumkin.
- Vеrtikal chеgaralarda - jadval ustunlar enini o`zgartirish.
- Gorizontal chеgaralarda - jadval satrlar bo`yini o`zgartirish
- Xonalar chap tomonida - jadval xonalarini tanlash
- Ustun tеpa qismida - jadval ustunini tanlash
WORD da jadvallar tuzishning bir nechta usullari mavjud .
1. Uncha katta bo`lmagan jadvallar hosil qilish uchun odatda asboblar panelida joylashgan Jadval qo`shish (добавить таблицу) tugmasidan foydalanamiz.
2. Jadval menyusining (добавить таблицу) bo`lagidan foydalansak ham bo`ladi, bunda yordamchi muloqot oynasida satr va ustunlar soni beriladi.
3. Jadval va chegara (Таблицы и границы) tugmasi yoki Таблица>Добавить таблицу ketma – ketligi jadvalni qo`lda chizish imkonini beradi.
Sichqonchaning chap tugmasini qo`yib yubormasdan , ko`rsatkichni yurg`izib, jadval kattaligini o`zgartirsa bo`ladi.