32
silikati eritmasi (C
2
H
5
O
4
) bilan kvars kukuni qorishmasiga 2—3
marta botirib olinadi (har gal botirib olinganda blok sirtiga kvars
kukuni sepiladi). Bunda modellar sirtida 2—3
mm qalinlikdagi
o‘tga chidamli silliq qoplam hosil bo‘ladi, modellar bloki havoda
2—3 soat davomida quritiladi
va opoka ichiga solib, atrofi qalin
aralashma bilan zich qilib to‘ldiriladi.
Opoka mufelli pechda
qizdiriladi. Bunda modellar va quyish tizimi suyuqlanadi va
tashqariga
oqib chiqadi, natijada modellar quyish tizimi bo‘shab
qoladi, ya’ni hosil bo‘ladi. Bu usulda hosil qilingan qoliðlar
qiyin suyuqlanuvchan va kesib ishlanishi qiyin bo‘lgan
qotishmalar, quymalar olishda keng qo‘llaniladi.
Takrorlash uchun savollar
1. Temir — uglerod tizimi qanday tasniflanadi?
2. Temir — uglerod diagrammasidagi
asosiy nuqta va chiziqlar
nimani bidiradi?
3. Fe — Fe
3
C tizimining faza va tarkibiy tashkil etuvchilari nima-
lardan iborat?
4. Sovitilganda Fe — Fe
3
C qotishmalarining
tuzilmasi qanday
shakllanadi?
5. Temir — uglerod tizimining qotishmalari qanday tasniflanadi?
6. Uglerodli sifatli asbobsozlik po‘latlari qanday tasniflanadi?
7. Rangli metallarga qanday metallar kiradi?
8. Eng ko‘p ishlatiladigan aluminiy qotishmalaridan qaysilarini
bilasiz?
9. Latunlar to‘g‘risida qanday ma’lumotga egasiz?
10. Bronzalar to‘g‘risida qanday ma’lumotga egasiz?
11. Kukun material qanday tayyorlanadi?
12. Kukun materialdan tayyorlangan detallar qanday markalanadi?
Dostları ilə paylaş: