Materialshunoslik 2016. p65


Po‘latni toblash usullari



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/58
tarix02.11.2022
ölçüsü1,4 Mb.
#118919
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   58
materialshunoslik1

 3.5. Po‘latni toblash usullari
12-rasm. Toblash usullari.
Bitta sovitgichda
toblash
Ikki muhitda
toblash
Izotermik
toblash
Bosqichli
toblash
Toblash
usullari
Toblashning eng maqbul usuli po‘latning tarkibi, detalning
shakli va o‘lchamlariga bog‘liq holda tanlanadi (12- rasm).
Po‘latda uglerod qancha ko‘p bo‘lsa, hajmiy o‘zgarishlar shu
qadar katta, austenitning martensitga aylanishi shuncha past
haroratda sodir bo‘ladi, darzlar hosil bo‘lish ehtimoli ancha
katta bo‘lib, sovitish usulini diqqat-e’tibor bilan tanlashga
to‘g‘ri keladi.
Detal qancha murakkab bo‘lsa, detalning kesimidagi
farqlar shuncha katta, sovitishda paydo bo‘ladigan ichki
zo‘riqishlar qiymati shu qadar katta bo‘ladi.
Bitta sovitgichda toblash eng ko‘p qo‘llaniladi. Muayyan
haroratgacha qizdirilgan detal toblash muhitiga botiriladi, bu
yerda u to‘la soviguncha qoladi. Bu usul uglerodli va legirlangan
po‘latlardan yasalgan oddiy shaklli detallar uchun qo‘llaniladi.
Uglerodli po‘latdan yasalgan, diametri 5 mm dan katta detallar
suvda, kichiklari moyda sovitiladi. Legirlangan po‘latlar moyda
sovitiladi. Ichki zo‘riqishlarni kamaytirish maqsadida detallar
ba’zan toblash suyuqligiga botirishdan oldin ma’lum vaqt
havoda sovitiladi. Toblashning bu usuli sovitib toblash deyiladi.
Sovitishda detalning harorati konstruksion po‘latlar uchun A
t3
nuqtadan va asbobsozlik po‘latlari uchun A
t1
nuqtadan pastga
tushmasligi zarur. Bunday toblashdan maqsad detallarning,
ayniqsa, mustahkamlangan detallarning ichki zo‘riqishlarini va
tob tashlashini kamaytirishdan iborat.
Ikki muhitda toblashda qizdirilgan detal dastlab suvda
evtektoidda M

dan biroz yuqori haroratgacha sovitiladi, so‘ngra


40
tezda boshqa muhitga (moy, selitra yoki havo muhitiga) o‘t-
kaziladi, bu yerda u 20 °C gacha soviydi. Ikkinchi toblash mu-
hitida, austenitning martensitga aylanishi bilan bog‘liq bo‘lgan
ichki zo‘riqishlar kamayadi. Bu usul tarkibida uglerodi ko‘p
po‘latlarni toblashda qo‘llaniladi va toblovchi ishchining yu-
qori malakali bo‘lishini talab etadi, chunki detalni suvda tutib
turish muddatini aniqlash va rostlash ancha qiyin. Bu muddat,
odatda, juda qisqa bo‘ladi va 3—4 sekundni tashkil qiladi.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin