Materialshunoslik 2016. p65


Polimerlar va plastmassalarga ishlov berish



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/58
tarix02.11.2022
ölçüsü1,4 Mb.
#118919
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   58
materialshunoslik1

4.3. Polimerlar va plastmassalarga ishlov berish
Sun’iy ravishda tayyorlangan plastmassani ishlash, asosan,
kukun, tabletka, granula holidagi materiallarni yumshoq-oquv-
chan holatga o‘tkazib ishlashdan iborat. Buning uchun bosh-
lang‘ich materialga issiqlik va bosim bilan bir vaqtning o‘zida
ta’sir ko‘rsatiladi. Bunday ishlash usullariga: presslash, bosim
ostida quyish, ekstruziya, kalandrlash va boshqalar kiradi.
Qizdirish – yuqori chastotali tok bilan bajariladi. Plastmassa
yaxshilab tozalanib, moylanadi va unga zarur miqdorda mate-
rial solib qizdiriladi. Harorat +5 °C aniqlikda bo‘lib, presslash
harorati avtomatlar yordamida rostlab turiladi.
Jarayon aniq haroratda materialning yumshoq-oquvchan
holatga o‘tishi bilan bajariladi. Bosim asta-sekin maksimumga
ko‘tariladi. Presslash vaqtida gaz va bug‘ ajralib chiqadi, shuning
uchun pressni bir necha marta ko‘tarib bosish bilan gazlar
chiqarib yuboriladi, aks holda yoriqlar, bo‘shliqlar hosil bo‘-
lishi mumkin.
Ekstruziya usuli bilan sterjenlar, quvurlar va boshqalar
olinadi.


62
4.4. Bosim bilan presslab quyish
Sun’iy ravishda tayyorlash jarayonida bosim bilan presslab
quyishda dastlabki material yumshoq-oquvchan holatga alohida
qizdirish kamerasida o‘tkaziladi. Bunda puansonning bajargan
ishi materialni siqish uchun xizmat qiladi.
Bosim bu yerda katta bo‘lib, 1500—2000 kg/sm
2
gacha yetadi.
Bu usul bilan chuqur yupqa devorli buyumlarni olish mumkin.
Press-qoliðning konstruksiyasi murakkab hamda material ko‘p
isrof bo‘ladi. Shunga qaramasdan, murakkab konstruksiyadagi,
shakldagi buyumlarni olishda ishlatiladi. Buyum olish uchun
gidravlik presslardan foydalaniladi. Tayyor buyumni qoliðdan
chiqarish ham kichik gidravlik presslar yordamida bajariladi.
Ekstruziya — polimer materialni mushtuk orqali siqib
o‘tkazish jarayoni bo‘lib, mushtukning kesimi olinadigan ma-
terial kesimini tashkil etadi. Ekstruziya usuli bilan olinadigan
mahsulot profillari har xil bo‘ladi.
Tayyor mahsulot transportyor yordamida qabul qilib oli-
nadi.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin