65
butadionli (SKBM), butadion stirolli (SKS-10 SKSM-10)—
sovuqqa
chidamli shinalar, transportyorlar, issiqbardosh rezi-
nalar.
Baland va past haroratda, agressiv muhitda va amaliy
ishlarda kauchukning o‘zi toza holda ishlatilmaydi. Yuqori fizik-
mexanik xossalarga ega bo‘lishi uchun rezinaga ingrediyentlar
deb ataluvchi qo‘shimchalar qo‘shiladi. Bular quyidagilardir:
1. Vulkanizatsiyalangan (qattiqlashtirilgan) rezinani shishi-
radigan eng asosiy modda bu oltingugurt. Bunda ma’lum
haroratda oltingugurt atomlari kauchukning
molekulalari bilan
reaksiyaga kirishib, kimyoviy bog‘lanish hosil qiladi.
Hozir 93 % rezina oltingugurt bilan qattiqlashtiriladi. Agarda
oltingugurt miqdori 1 —35 % bo‘lsa — yumshoq, 25—20 %
bo‘lsa — yarimqattiq, 30—50 % bo‘lsa — qattiq rezina hosil
bo‘ladi.
2. Qattiqlashtirish-tezlashtirgich (vulkanizatsiya). Bular or-
ganik va noorganik bo‘ladi.
Organik moddalar metall
oksidlaridir; noorganigi — oletaks, koptaks, sogtaks.
3. To‘ldirgichlar. Bular aktiv va aktivmas bo‘ladi. Aktivlari
— kaolin, kukun qo‘shimchalar, aktivmasi — bor, talk.
4. Plastifikatorlar — plastiklikni oshiradi.
5. Charchashga qarshi moddalar. Bunday materiallar rezina-
ning tez ishdan chiqishiga qarshilik ko‘rsatadi. Bunday
materiallar turiga neoden D (fenilbetanaftilimin) va aldol
(aldalal fanaftimin) kabi murakkab moddalar kiradi.
6. Bo‘yoqlar. Bo‘yoqlar rezinaning fizik va mexanik xossalarini
yaxshilash
bilan birga, ularga rang ham beradi. Ulardan biri
qurumdir, shuning uchun rezinaning ko‘pi qora rangda bo‘ladi.
Oq va boshqa rangli rezina olish uchun alohida bo‘yoqlar
qo‘shiladi.
Dostları ilə paylaş: