28
nihoyatda toza aluminiy kiradi va ular A-999 bilan markalanadi.
2-guruhga juda toza aluminiylar,
jumladan, A-995, A-99, A-
97, L-95 markalilar kiradi. 3-guruhga esa texnikaviy jihatdan toza
aluminiylar: A-85, A-8, A-7, A-6, A-5, A-0, AE va Ac kiradi.
Faqat A harfli markalarda qo‘shimcha element 1% ga yetadi. Sof
aluminiy elektrotexnikada, asosan, kimyoviy apparatlar, alu-
min qog‘oz, elektr
simlari ishlab chiqarishda, aluminiy qotish-
malari esa mashinasozlikda keng ishlatiladi.
Aluminiy qotishmalarining turlari
Aluminiy qotishmalari 2 guruhga: deformatsiyalanadigan va
quymabop qotishmalarga bo‘linadi.
Aluminiyning bosim bilan ishlash uchun mo‘ljallangan
deformatsiyalanadigan
qotishmalari deformatsiyabop qotish-
malar deyiladi. Bular, o‘z navbatida, termik yo‘l bilan pux-
talanadigan va puxtalanmaydigan qotishmalarga bo‘linadi:
a) termik yo‘l bilan puxtalanmaydigan aluminiy qotishmasi
jumlasiga A1-Mp va A1-Mg qotishmalari kiradi. A1-Mp
tizimidagi qotishmalar AMg harfi bilan markalanadi. Masalan:
AMs, AMg, AMgZ, AMg5 AMg7 va h.k.
Markadagi raqam
magniyning % miqdorini ko‘rsatadi;
b) termik yo‘l bilan puxtalanadigan aluminiy qotishmalari
ichida eng ko‘p ishlatiladigani duraluminiydir. Duraluminiy
tarkibiga mis Cu va marganes Mg kiradi. Duraluminiy A-Cu-
Mg
harflari bilan belgilanadi, uning belgilanishida raqamlar
ham bo‘ladi. Masalan: D1, D6, D16.
D—duraluminiy ekanligini, raqam tartib raqamini bildiradi.
Agar, qotishma tarkibiga rux qo‘shilsa, uning puxtaligi yanada
oshadi. Ulardan V95 markalisi ko‘p ishlatiladi. Aluminiyning
deformatsiyabop qotishmalariga uning bolg‘alash, prokatlash,
shtamplash yo‘li bilan ishlanadigan qotishmalari kiradi.
Masalan: AK4, AK5, AK6
markalardagi raqamlar tartib
raqamini bildiradi. Aluminiyning quymabop qotishmasi – bu
qotishmalar ichida eng ko‘p tarqalgan A1-Si tizimidagi qo-
tishmalar bo‘lib, ular
siluminlar deb ataladi.
Siluminlarning ba’zi markalarida ma’lum miqdorda Si, Mg,
Zp, P elementlari bo‘ladi. Aluminiyning quymabop qotish-
malari AL harfi va raqamlar bilan markalanadi. Masalan: AL1,
AL2, ALZ, ..., AL18, AL19V AL2 — normal silumin bo‘lib,
A-8 magnoliydir.