Materialshunoslik 2016. p65


Suyuqlanuvchi model yordamida quyma olish



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/58
tarix02.11.2022
ölçüsü1,4 Mb.
#118919
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   58
materialshunoslik1

Suyuqlanuvchi model yordamida quyma olish
Bu usulda quyma olish uchun oson suyuqlanuvchi material –
parafin, stearin, mum va boshqalardan quymaning modeli
tayyorlanadi. Buning uchun po‘lat, bronza yoki latundan model
etaloni yasalib, bu etalonni oson suyuqlanuvchan qotishmaga
botirish yo‘li bilan pressqolið tayyorlanadi. Ana shu pressqolið
suyuqlantirilgan parafin, stearin bilan 3—6 atm bosim ostida
to‘ldirilib, juda aniq model hosil qilinadi. Tayyorlangan bir
necha model blok holida yig‘iladi va quyish tizimiga tushiriladi.
Yig‘ilgan modellar bloki suyuq shisha yoki gidrolizlangan etil


32
silikati eritmasi (C
2
H
5
O
4
) bilan kvars kukuni qorishmasiga 2—3
marta botirib olinadi (har gal botirib olinganda blok sirtiga kvars
kukuni sepiladi). Bunda modellar sirtida 2—3 mm qalinlikdagi
o‘tga chidamli silliq qoplam hosil bo‘ladi, modellar bloki havoda
2—3 soat davomida quritiladi va opoka ichiga solib, atrofi qalin
aralashma bilan zich qilib to‘ldiriladi. Opoka mufelli pechda
qizdiriladi. Bunda modellar va quyish tizimi suyuqlanadi va
tashqariga oqib chiqadi, natijada modellar quyish tizimi bo‘shab
qoladi, ya’ni hosil bo‘ladi. Bu usulda hosil qilingan qoliðlar
qiyin suyuqlanuvchan va kesib ishlanishi qiyin bo‘lgan
qotishmalar, quymalar olishda keng qo‘llaniladi.
Takrorlash uchun savollar
1. Temir — uglerod tizimi qanday tasniflanadi?
2. Temir — uglerod diagrammasidagi asosiy nuqta va chiziqlar
nimani bidiradi?
3. Fe — Fe
3
C tizimining faza va tarkibiy tashkil etuvchilari nima-
lardan iborat?
4. Sovitilganda Fe — Fe
3
C qotishmalarining tuzilmasi qanday
shakllanadi?
5. Temir — uglerod tizimining qotishmalari qanday tasniflanadi?
6. Uglerodli sifatli asbobsozlik po‘latlari qanday tasniflanadi?
7. Rangli metallarga qanday metallar kiradi?
8. Eng ko‘p ishlatiladigan aluminiy qotishmalaridan qaysilarini
bilasiz?
9. Latunlar to‘g‘risida qanday ma’lumotga egasiz?
10. Bronzalar to‘g‘risida qanday ma’lumotga egasiz?
11. Kukun material qanday tayyorlanadi?
12. Kukun materialdan tayyorlangan detallar qanday markalanadi?

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin