55
benzin, surkov moylari va boshqalarda yemirilishi
kimyoviy
korroziya deb ataladi. Metallarning kimyoviy korroziyalanish
jarayoni, asl
mohiyatini inobatga olganda, muhitdagi agressiv
tarkibiy qismlarning metall bilan birikishidan iborat. Masalan,
po‘lat havo va gazlar ishtirokida yuqori haroratgacha
qizdirilganda uning tarkibidagi temir oksidlanib, kuyindiga
aylanadi.
Korroziyalanish tezligi haroratga ham bog‘liq; harorat
qancha yuqori bo‘lsa, korroziyalanish
shuncha tezlashadi,
chunki muhit aktiv atomlarining va metall atomlarining parda
orqali diffuziyalanish tezligi ortadi.
Elektrokimyoviy korroziya
Metallarning elektr tokini o‘tkazadigan suyuq muhitda
elektrolit eritmalarida yemirilishi
elektrokimyoviy korroziya deb
ataladi. Bunday korroziya elektrolit
eritmasi metall zarracha-
larining eritmasiga o‘tishdan iborat. Bir jinsli bo‘lmagan metall
elektrolit eritmasi — dengiz suvidagi eritmasi, ya’ni ishqorda
ko‘pdan ko‘p mikrogalvanik elementlar hosil bo‘ladi. Bunda
potensiali pastroq zarralar anod rolini, potensiali yuqoriroqlari
esa katod rolini o‘ynaydi. Mikrogalvanik
elementlarda ham
odatdagi galvanik elementlardagi kabi anod eriy boradi.
Shuni ta’kidlash kerakki, elektrolit eritmasiga tushirilgan
ikki metalldan qaysi birining potensiali kichik bo‘lsa, o‘sha
metall yemiriladi.
Metallarning potensiallari qiymati esa ularning kuch-
lanishlari qatoridagi o‘rniga bog‘liq. Kuchlanishlar qatori
esa quyidagicha: Li, K, Ca, Na, Mg, Al, Mn, Zn, Cr, Fe,
Ni, Sn, Pb, H
2
, Cu, 2Hg, Ag, Pt, Au. Bu qatorga
vodorod ham kiritilgan. Uning potensiali 0 ga teng. Demak,
vodoroddan chapdagi metallarning vodorod potensialiga
nisbatan potensiallari (
+), o‘ngdagilariniki (–).
Metallarning kuchlanishlari
qatori amaliy jihatdan muhim
ahamiyatga ega. Masalan, dengiz kemalarining suv ostida
bo‘ladigan metall qismlarini korroziyadan saqlashda metal-
larning kuchlanishlari qatoridan foydalaniladi¸. Buning uchun
kemaning suv ostidagi qismiga kuchlanishlar qatorida ancha
chapda turgan metall, masalan,
magniy quymasi ulanadi,
natijada magniy korroziyalanib, suv ostidagi boshqa metallarni
korroziyadan saqlaydi.