66
V B O B
METALLARNI SINASH USULLARI
Bu bobda keltirilgan mavzularni o‘rganish orqali quyidagi
bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz:
••••• metallarni
sinash usullari;
••••• metallarning qattiqligini Brinell usulida aniqlash;
••••• metallarning qattiqligini Shor usulida o‘lchash;
••••• metallarning qattiqligini Vikkers usulida o‘lchash;
••••• metallarni cho‘zilishga tekshirish.
5.1. Metallarni sinash
Odatda, metallarning mexanik xossalari deganda, uning
quyidagi ko‘rsatkichlari tushuniladi:
•••••
mustahkamligi — metallning deformatsiyaga va yemirilishga
qarshilik ko‘rsatishi;
•••••
plastikligi — metallning qoldiq deformatsiyada yemiril-
masdan turish xususiyati.
Metallarda plastiklikning kamligi yoki yo‘qligi
mo‘rtlik
deyiladi.
Mexanik xossalar konstruktor
va texnologlarga yuklama-
larning chegarasini belgilash va mashinalarni ishlatish sharoitini
aniqlash imkonini beradi.
Mexanik xossalar tavsiflarining son qiymatlari, ya’ni zo‘ri-
qishlar yoki deformatsiyalar qiymatlari mexanik sinovlar nati-
jasida olinadi. Mexanik sinovlardan
metallarning tayyorlanish va
ishlov berish sifatini nazorat qilishda keng ko‘lamda foyda-
laniladi.
Qo‘yilgan kuchlar ta’sirida detal o‘lchamlari va shaklining
o‘zgarishi
deformatsiya deyiladi. Deformatsiya jismga qo‘yilgan
tashqi kuchlar ta’sirida yoki jismning o‘zida sodir bo‘ladigan
fizik-kimyoviy jarayonlarda vujudga keladigan ichki kuchlar
ta’sirida yuzaga kelishi mumkin.
Bunda vujudga keladigan
zo‘riqishlar o‘q yo‘nalishida cho‘zilishning oddiy holida quyi-
dagiga teng bo‘ladi:
σ =
P /
F ,
bunda:
P – kuch (N);
F – jismning ko‘ndalang kesim yuzi (m
2
).
67
Jismda normal va urunma zo‘riqishlar vujudga keladi. Mu-
vaqqat (tashqi) zo‘riqish bilan ichki zo‘riqishlarni bir-biridan
farqlash lozim.
Muvaqqat zo‘riqishlar tashqi yuklama ta’sirida vujudga keladi
va muvozanatlashadi.
Ichki zo‘riqishlar tashqi kuchlar ta’sirisiz,
berilgan jism
doirasida vujudga keladi va muvozanatlashadi.
Ichki zo‘riqishlarning hosil bo‘lishi deformatsiyalarning jism
hajmi bo‘yicha notekis taqsimlanishi bilan bog‘liq. Ichki
zo‘riqishlar haroratning metall hajmi bo‘yicha notekis taqsim-
lanishi natijasida vujudga keladi. Masalan, metall tez isitilganda va
sovitilganda metallning tashqi
va ichki qatlamlari notekis
kengayadi (siqiladi). Bunday zo‘riqish
issiqlikdan zo‘riqish
deyiladi. Bundan tashqari, ichki zo‘riqishlar termik ishlov
berishdagi faza o‘zgarishlari natijasida ham vujudga kelishi
mumkin. Bunday zo‘riqish
faza (tuzilish) zo‘riqish deyiladi.
Ichki zo‘riqishlar quyidagicha tasniflanadi:
Jismning butun hajmida muvozanatlashadigan I tur zo‘-
riqish, u
makrozo‘riqish deyiladi.
Bitta donining (kristallitning)
yoki bir necha blokning
hajmida muvozanatlashadigan II tur zo‘riqish, u
mikro-
Dostları ilə paylaş: