68
Elastiklik moduli atomlararo bog‘lanish kuchlariga bog‘liq
bo‘ladi, metallning tuzilishiga esa bog‘liq bo‘lmaydi.
Agar tashqi yuklama olingandan keyin jism dastlabki shak-
lini tiklamasa, qoldiq yoki plastik deformatsiya vujudga keladi.
Plastik deformatsiya ko‘chishlar (dislokatsiya)
vujudga
kelishi va siljishi bilan bog‘liq, u sirpanish va moslashish bilan
amalga oshishi mumkin. Agar deformatsiya vaqtida zo‘riqish
chekli qiymatiga yetsa, metall yemiriladi.
Yemirilish ikki xil
bo‘ladi: mo‘rt va qovushoq yemirilish.
Mo‘rt yemirilishda atomlararo bog‘lanishlar buziladi va
plastik deformatsiya bo‘lmaydi. Odatda, mo‘rt
yemirilish
donlarning chekkalarida sodir bo‘ladi va sinish kristall xusu-
siyatli bo‘ladi. Lekin sof mo‘rt yemirilish amalda uchramaydi.
Qovushoq yemirilish oldidan anchagina
plastik deformatsiya
sodir bo‘ladi. Sinish tolali bo‘ladi, chunki yemirilish donning
butun sirti bo‘yicha sodir bo‘ladi. Metallning yemirilishi, ko‘-
pincha, murakkab xususiyatga ega bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: