Matnshunoslik tushunchasi



Yüklə 114 Kb.
səhifə11/12
tarix22.06.2023
ölçüsü114 Kb.
#128367
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
MATNSHUNOSLIK TUSHUNCHASI

Xulosa


XVI–XIX asrlar o‘zbek matnshunosligi tarixini kuzatar ekanmiz, kotiblarning ko‘chirilayotgan asarning ishonchli, qadimiy nusxasini tanlashga yoki manbaning yig‘ma matnini yaratishga intilganliklarini ko‘ramiz. Shu davrlarda yaratilgan ko‘plab matnlarning debochalarida muallifning “turli aniq manbalardan terib to‘pladim” qabilidagi e’tiroflari yo‘qolib borayotgan asarlarning yangi variantlarini yaratib, asar umrini uzaytirishga bo‘lgan harakatlaridan darak beradi. Bunday asarlar sirasiga diniy, kalom, tasavvufiy, didaktik asarlar bilan birga adabiy, tarixiy-tazkiraviy xarakterdagi asarlar kiradi. Shular qatorida Alisher Navoiy asarlarini majmualar holida ko‘chirish ham davrning eng mashhur zotlari diqqat-e’tiborida bo‘lgan. Shu bilan birga, qo‘lyozmalarning har xil saviyadagi kotiblar tomonidan ko‘chirilishi, ayrim xattotlarning e’tiborsizligi, ba’zi kotiblarning baytlarni o‘qiy olmasligi yoki ba’zi baytlarni ataylab tushirib yoki o‘zgartirib yozilishi natijasida asar muallif tahriridan uzoqlasha borgan. Bu hol qo‘lyozmalar qancha ko‘chirilsa, shuncha ortib borgan11. Bu davrda yaratilgan yuzlab qo‘lyozmalarda aks etgan xatoliklar, muallif matnini buzish hollari, saktaliklar havaskor yoki xattotlik kasbini egallash yo‘lidagi ilk mashqlar natijasida ham ro‘y berganligini nazardan qochirmasligimiz kerak. So‘zsiz, matnshunoslikda kotiblar tomonidan asliyatdagi so‘zlarni bilib-bilmay o‘zgartirilishi nuqson hisoblanadi. Ayrim adabiyotshunoslar, jumladan, A.Rustamovning fikricha, muallif davrida ko‘chirilgan qo‘lyozmalar matnidagi o‘zgarishlarni kotib qilganmi, muallifmi, aniqlash juda qiyin. Olim shunday misolga e’tiborni qaratadi: “Navoiyning “Hayrat ul-abror” asarining hamd bobida shunday baytlar bor:


Mintaqa birla falaki lojuvard,
Sun’i bisotida iki taxta nard.
Solmoq uchun tosi sipehr ichra shayn,
Oyu Quyoshtin qilibon ka’batayn.
Bu misralar “Xamsa” qo‘lyozmalarining Abduljamil nusxasida berilgan. Ammo Sultonali Mashhadiy nusxasida “tosi sipehr” iborasidagi “tos” so‘zi “toq” so‘zi bilan almashtirilgan. Agar iboraning o‘zi nazarda tutilsa, bu o‘zgarish ma’qulga o‘xshab ko‘rinadi. Lekin falakning nardga, Quyosh bilan oy ka’batayn – nardning ikki shashqoliga o‘xshatilgani hisobga olinsa, mazkur tuzatishning aslida buzish bo‘lganligi ma’lum bo‘ladi”12.


Yüklə 114 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin