Mavru yuzasidan savollar



Yüklə 0,58 Mb.
tarix17.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#130510
Patologik anatomiya


Mavru yuzasidan savollar

  1. O’tkir infarktdan 8 hafta o’tgach boshlanadigan takroriy miokard infarkti qaysi?

  2. Chap qorincha endokardi ostida joylashgan yagona nekroz o’chog’I tariqasida yoki chap qorincha bo’shlig’ida sirkulyar ravishda o’rab olgan ko’rinishda bo’ladigan infarkt turi qaysi?

  3. Koronar arteriyalarning turlarini ayting?

  4. Miokard infarktining avj olib borishida nechta davr tafovut qilinadi?

  5. Miokard infarktining bitish jarayoni necha bosqichda o’tadi?

  6. Infarkt bo’lgan joydagi nekroz o’choqlarida qaysi fermentlar faollligining pasayishi kuzatiladi?

  7. Miokardning ichkaridan va tashqaridan yorilishidagi farqlarni ayting?

  8. Miokard infarktida qaysi sohalarda birdan qattiq og’riq payda bo’ladi va keyinchalik qayerlarga o’tib turishi mumkin?

  9. Qaysi ishemiya kasalligida bemorlarda zimdan yurak dekomnensatsiyasi avj olib boradi?

  10. Yurakning surunkali ishemiya kasalligida ko’zga tashlanadigan xarakterli mikroskopik o’zgarishlarni ayting?

  11. Sokolskiy- Buyo kasalligida asosan qayerlar zararlanadi?

  12. Revmatik isitmaning asosiy va patognomomik belgisini davrlariga tarif bering?

  13. Revmatik endokardit joylashuviga qarab qanday turlarga tafovut qilinadi?

  14. Endokardit nima va sabablari juda har xil shunga ko’ra qanday xillari mavjud?

  15. Yurak muskul pardasini yallig’lanishi qaysi kasalliklarda boshlanadi?

Mavzu yuzasidan testlar
1.Odamning to'satdan o'lib qolishiga quidagilardan qaysi biri kira di?
A)stenokardiya B)bradikardiya
C)o'pka arteriyaning yirik emboliyasi D)koronar arteriyalar spazmi
2.Arteriyalar devorida semiz hujayralar soninig ko'payib qolishi quidagi qaysi jarayonda aks etadi?
A)miokard infarkti B)trombotsitlar agregatsiyasi
C)koronar arteriyalar spazm D)yurak kasalligi tufayli to'satdan o'lim.
3.Yurak ishemiya kasalligiga kirmaydigan kasallikni belgilang?
A)stenokardiya B)miokard infarkt
C)anevrizma D) koronar tomir emboliyasi.
4.Stenikardiyani nechta turi bor?
A)4 B)2 C)3 D)5
5.Qaysi stenokardiya odam tinch turgan mahalda xuruj qilishi mumkin?
A)tipik zo'riqish B)beqaror
C)prinsmetal D)A va B
6.Nima uchun tipik zo'riqish stenokardiyasi chap qorincha subendokardial bo'limida boshlaydi?
A)koronar tomirlar o'zaniga eng yaqin B)o'pka arteriyasiga eng yaqin
C)koronar tomirlar o'zaniga eng uzoq
D)o'pka arteryasi o'zaniga eng uzoq
7.Prinsmetall stenokardiyani asosiy sababi?
A)kislorod yaxshi kelmaslgi B)toj arteriylar nekrozi
C)toj arteriyalar spazmi D)trombotsitlar agregatsiyasi
8.To'satdan o'lim necha foizida 3 ta morfologik mezon bor?
A)55-68 B)67-78 C)52-81 D)67-88
9.Miokard infarkti erkaklarda necha yoshida koproq uchraydi?
A)70-80 B)60-70 C)55-64 D)55-70
10.Miokard infarktini nechta turi bor?
A)5 B)4 C)3 D)2























Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin