Mavzh: O'zbekistonda paxtachilik soxasini rivojlantrish Reja: Kirish



Yüklə 147,63 Kb.
səhifə2/3
tarix11.11.2023
ölçüsü147,63 Kb.
#132031
1   2   3
O\'zbekistonda paxtachilik soxasini rivojlantrish

Musulmon o’zbek qishloqlaridagi hayot: Kommunizmdan keyingi paxta sanoati” - Shimoli-sharqiy Illinois universiteti professori Rassel Zanka (Russell Zanca) qalamiga mansub kitob sarlavhasi. Unda muallif O’zbekistonda mustaqillikdan keyin paxtachilik qay ahvolda ekanini tahlil qiladi.

O’zbekiston qishloqlarida bugungi ahvol qanaqa? Dehqonlar turmushi va ish sharoiti qanchalik o’zgardi?

Oddiy dehqon hayoti hamon og’ir, deydi professor Zanka.

“O’tgan 20 yil davomida hukumat qishloq xo’jaligini liberallashtirish bo’yicha ko’p ishlar qilishga urindi, ammo ular oddiy dehqonlar uchun hech qanday o’zgarish olib kelmadi. Andijondan tortib Xorazmgacha, paxta asosiy ekin bo’lgan hududlarda dehqonlar tirikchilik qilishda hech qanday erkinlikka ega emas. Yagona chora bu shaharlarga ko’chish, qo’shni o’lkalarga yoki boshqa olis davlatlarga ishlash uchun ketish”, - deydi professor.

Uning aytishicha, agar dehqonlarga tanlash imkoniyati, mustaqil qaror qilish erkinligi berilganida, hosildorlik ham, oddiy aholining yashash sharoiti ham bugungidan yaxshiroq bo’lar edi.

“O’zbekiston hukumati paxtakorlarning fikrlariga quloq solmadi. Ularning yangilik yaratib tashabbus ko’rsatishiga, o’zlari xohlagandek ishlab yashashlariga yo’l qo’yilmadi. Aksincha, ularga qora ishchilar sifatida qaraldi”, - deydi mutaxassis.

Professor Zanka O’zbekistonda paxta yetishtirish sohasini o’rganish uchun uzoq yillar mamlakat qishloqlarida ilmiy tadqiqot olib borgan. Uning ishonch bilan gapirishicha, paxtakorlar orasida tizimni butkul isloh qilish, hosilni erkin bozorda pullash tarafdori bo’lganlar ko’p emas. Paxta yetishtirish va uni terib olish uchun to’lanadigan haq oshirilsa, shuning o’zi ularning aksariyatini qanoatlantirishga kifoya qiladi, deydi u.

“Aholi sonining ko’payishi ko’proq yerning o’zlashtirilishiga sabab bo’ldi. Shunga bog’liq holda, suv resurslaridan oqilona foydalanish muammosi tug’ildi. Hukumat uchun bu hatto xalqaro ahamiyatga molik masalaga aylangan. Paxta yetishtiruvchi hududlarni rivojlantirish va liberallashtirish masalasi oson kechmasligini tushunamiz. Lekin hukumat bu borada o’zgarish qilishi kerak”, - deydi amerikalik ekspert.

O’zbekiston paxta dalalarida aholining majburiy mehnatga jalb etilishi, ayniqsa, bolalar mehnatidan foydalanishning keng tarqalgani xalqaro miqyosda keskin tanqidga uchrab keladi. Hukumat bolalar ekspluatatsiya qilinmayapti deb ta’kidlasa-da, huquq faollari va xalqaro tashkilotlar respublikada paxta asosan majburiy mehnat orqali terib olinishini aytadi. Bu O’zbekistonda shu qadar ochiq haqiqatki, uni rad etish vijdonsizlik, deydi jamoatchi faollar.

“Paxta mavsumida davlat maktab o’quvchilarini, talabalarni, o’qituvchilar kabi davlat xizmatchilarini majburan dalaga olib chiqadi. Bunga qarshi oxirgi yillarda xalqaro tashkilotlar, inson huquqlari faollari hamda G’arb davlatlari bosimni oshirmoqda. Buning natijasida O’zbekiston hukumati bu masalaga jiddiyroq qaray boshlagan”, - deydi professor Zanka.

Jahon bankining qishloq xo’jaligi bo’yicha yetakchi mutaxassisi Bekzod Shamsiyev fikricha, O’zbekistonning eng qashshoq hududlari aynan paxta yetishtirishga ixtisoslashgan joylarga to’g’ri keladi.

“Jahon banki 2001-yil O’zbekistonda qashshoqlik bo’yicha birinchi marta mustaqil tekshiruv o’tkazgan. Tadqiqotda Namangan va Qashqadaryo mamlakatdagi eng qashshoq hududlar ekani aniqlangan. Bu bizni ajablantirdi, chunki o’sha paytda ikki yil davomida birgina Namanganning o’ziga qashshoqlikni tugatish dasturi bo’yicha 800 million dollar yordam berilgan edi. Bu yashash sharoitlarini yaxshilash uchun chetdan yordam berishning o’zi kifoya qilmasligini ko’rsatdi”, - deydi Bekzod Shamsiyev.

O’zbekistonlik mutaxassis ham mustaqillikning dastlabki yillarida bu sohada boshlangan islohotlar muvaffaqiyatsiz yakunlanganini aytadi.

“Boshida O’zbekiston regionda birinchilardan bo’lib qishloq xo’jaligida bir necha tajribalar o’tkazdi. Mamlakat bunga tayyor bo’lmagani uchun islohotlar samara bermadi. Masalan, xususiy fermerlik 1992-yildan targ’ib qilina boshladi. Biroq savdo shartlarining jiddiy yomonlashuvi oqibatida, bu tajriba o’zini oqlamadi. Xususiy fermerlar qarzlarga botib qoldi. Natijada hukumat xususiy fermerlik g’oyasni biroz keyinga qoldirishga qaror qildi”, - deydi Jahon banki mutaxassisi.

Paxta O’zbekiston uchun asosiy mahsulot, ammo so’nggi yillarda ekin maydonlari qisqargan.

“1980-yil Namanganda paxta maydoni 476 ming gektarni tashkil etgan bo’lsa, bu raqam 1990-yilga kelib 390 mingga tushdi. Ya’ni, paxta yetishtirish 20 foizga kamaydi. 2000-yilga kelib esa 243 ming gektarga kamaydi. Hozir butun respublikada dehqonchilik uchun yaroqli yerlarning taxminan 30 foiziga paxta ekilmoqda”, - deydi ekspert.

Bekzod Shamsiyev ham e’tiborni dehqonlarning yashash sharoitlariga qaratadi. Asosiy muammo shuki, mehnatkashlar olayotgan haq paxtaning xalqaro bozordagi narxidan juda kam.

“Natijada, dehqonlar daromad qilish o’rniga qarzga botadi. Hukumatning paxtaga qo’yayotgan bahosi xalqaro bozordagi narxdan ancha past. Hatto hukumat fermerlardan paxtani xalqaro narxda sotib olgan taqdirda ham, paxta yetishtirishni juda daromadli soha deb bo’lmaydi. Chunki hosildorlik kamayib ketgan”, - deydi Bekzod Shamsiev.

Jahon banki ta’biricha, fermerlarga to’la erkinlik berilsa, ularning faqat 35 foizi paxta yetishtirishda davom etishi mumkin. Qolganlari dehqonchilikning boshqa turlari bilan shug’ullanishni afzal ko’radi. Demak, paxtachilikni ham dehqon, ham davlat uchun birdek manfaatli bo’lishini ta’minlash uchun erkin bozorga o’tishning o’zi kifoya qilmaydi. O’zbekiston qishloq xo’jaligi tub islohotga muhtoj, deydi xalqaro mutaxassislar. O‘zbekiston paxtaning ko‘p sug‘orishni talab etmaydigan navlarini ishlab chiqmoqchi

O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi ishchi guruhi a’zolari va innovatsion urug‘chilik bo‘yicha Ispaniyaning yetakchi kompaniyalari Eurosemillas va Gedepsa vakillari o‘rtasida videomuloqot shaklida muzokaralar tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».



1-rasm
Uchrashuvda innovatsion urug‘chilik va yangi paxta navlarini yaratish bo‘yicha Ispaniya tajribasini o‘rganish, tajriba almashish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Eurosemillas kompaniyasi ijrochi menejyeri Xose Mariya Fontan hamda paxtachilik yo‘nalishi bo‘yicha bosh texnolog Bernardo Kastro O‘zbekiston tomoniga paxtachilik yo‘nalishida olib borayotgan faoliyat, ekstremal ob-havo haroratlariga, suvsizlikka hamda zararkunandalarga chidamli yangi paxta navlarini yaratishda erishilgan yutuqlar to‘g‘risida taqdimot o‘tkazishdi.
O‘z navbatida, Genomika va bioinformatika markazi direktori Zabardast Bo‘riyev va Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti direktorining o‘rinbosari Shodmon Namozov ispan vakillarini O‘zbekistonda paxtachilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan ishlar bilan tanishtirdi. Xususan, mamlakat rahbariyati tomonidan so‘ngi yillarda iqlimning keskin o‘zgarishi sababli hududda suvsizlik va sho‘rlanish oqibatida paxtaning yangi, ekstremal haroratlarga chidamli, ko‘p sug‘orishni talab etmaydigan navlarini yaratish, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda ilmiy izlanishlar olib borishga katta e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
Muzokaralar natijasida O‘zbekiston paxtachilik sohasi vakillari delegatsiyasining Ispaniyaga ishchi safarini tashkil etish va safar davomida paxtachilik yo‘nalishida yuqori natijalarga erishgan innovatsion ispan kompaniyalari faoliyatini ko‘zdan kechirish hamda ilmiy-tadqiqot natijalari bilan bevosita tanishtirish yuzasidan kelishib olindi. O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida tashkil etilgan kongressda dunyoning turli davlatlaridan ko‘plab paxta sohasi mutaxassislari va mutasaddilari ishtirok etdi.
Kongressda Turkiyadan Sharqiy O'rtayer dengizi qishloq xo'jaligi tadqiqot instituti direktori Abdulla Chil va Turkiyaning koʻplab qishloq xoʻjaligi korxonalari vakillari ham ishtirok etdi.
Qurultoyda soʻzlagan nutqida Oʻzbekiston suv xoʻjaligi vaziri Shavkat Xamroyev soʻnggi yillarda qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirishga katta ahamiyat berilayotganini, paxta yetishtirish mamlakat qishloq xoʻjaligining eng muhim sohasi ekanini taʼkidladi. 
Xamroyevning taʼkidlashicha, toʻqimachilik tarmogʻining rivojlanishi natijasida Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan barcha paxta shu yerdagi toʻqimachilik korxonalarida qayta ishlanmoqda.
Paxta yetishtirishni ko‘paytirish va yangi texnologiyalarni qo‘llash orqali qishloq xo‘jaligini rivojlantirishni maqsad qilganliklarini bildirgan Xamroyev, ushbu kongress boshqa mamlakatlarning paxta yetishtirish va sug‘orish texnologiyalari bo‘yicha tajribasidan foydalanish nuqtai nazaridan foydali bo‘lishini ta’kidladi.
Paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori A’zam Ravshanov ham 1922-yilda tashkil etilgan institut o‘zida 12 ilmiy tadqiqot markazini birlashtirgani va hozirgacha institutda 600 dan ortiq olimlar faoliyat yuritayotganini ta’kidladi.
Ravshanov institutda hozirgacha 442 dona g‘o‘za navlari ishlab chiqarilgani, bu g‘o‘za navlari O‘zbekistonda bo‘lgani kabi Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlarida ham yetishtirilayotganini aytdi.
O‘zbekiston Paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori maslahatchisi Muhammad Sedat Koljuo‘g‘li kongressda Turkiyadan 20 ga yaqin turk qishloq xo‘jaligi korxonalari ishtirok etganini ta’kidladi.
Koljuog'lu kongress Turkiya va O'zbekiston o'rtasidagi qishloq xo'jaligi va paxta yetishtirish sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirishga hissa qo'shishini ta'kidlab o'tdi.
Paxta hosildorligini oshirish bo‘yicha yangi tizimni joriy qilish, paxta yetishtirishda ilm va innovatsiyalarga asoslangan urug‘chilik, nav tanlash, yerga ishlov berish, o‘g‘itlash, sug‘orish ishlarini yo‘lga qo‘yish orqali paxta-to‘qimachilik sohasida eksport hajmlari va daromadni oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Paxtachilik kengashi (keyingi o‘rinlarda – Paxtachilik kengashi) tashkil etilsin hamda uning tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Quyidagilar Paxtachilik kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin:
har yili hududlarda mahalliy sharoitlarda yaxshi hosil berayotgan navlarni tahlil qilib, ularning super elita va elita urug‘larini ko‘paytirish bo‘yicha ilmiy tashkilot va urug‘chilik korxonasini belgilash;
hududlarning tuproq-iqlim sharoitlariga mos eng maqbul navlarni hududlarda ko‘paytirish va ekish bo‘yicha klasterlarga topshiriqlar (ko‘rsatmalar, buyurtmalar) berish;
tuproq unumdorligi, uning kimyoviy va biologik xususiyatlarining ilmiy tahlili asosida hududlarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan kimyoviy va organik o‘g‘itlar bo‘yicha tavsiyalar berish;
g‘o‘za kasalliklari va hasharotlarga qarshi kurashish bo‘yicha samarador preparatlarni qo‘llash yuzasidan ko‘rsatmalar ishlab chiqish va tatbiq etish;
klasterlarga hududlar tuproq-iqlim sharoitlariga mos g‘o‘za navlarini ekish va urug‘larini ko‘paytirish, tuproq unumdorligini oshirish, mineral va organik o‘g‘itlardan foydalanish hamda paxtachilikda suv va resurstejamkor texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berish;
xususiy sektorni jalb qilgan holda davlat-xususiy hamda xususiy urug‘chilik klasterlarini tashkil etish va bu orqali raqobat muhitini yaratish;
paxtachilik yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish.
2. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashining Reglamenti 2-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashining boshqaruv guruhi tarkibi 3-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yiladigan 13 ta tumanlarda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi 4-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yiladigan 13 ta tumanlarda amalga oshiriladigan paxtachilik yo‘nalishidagi loyihalar ro‘yxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-martdagi “Paxta maydonlarida tuproq unumdorligini va hosildorlikni oshirish, sug‘orishning yangi texnologiyalarini joriy etishni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–179-son qaroriga asosan:
2022-2023-yillarda paxta maydonlarida tuproq unumdorligini oshirish va ekologik holatni yaxshilash uchun subsidiya ajratish tajribasi sinovdan o‘tkaziladigan 13 ta tumanlar ro‘yxati tasdiqlanganligi;
2022-2023-yillarda sinov tariqasida tuproq unumdorligi va paxta hosildorligini oshirish, ilmiy asoslangan almashlab ekishni va sug‘orishning yangi texnologiyalarini joriy etish uchun Davlat byudjeti hisobidan har bir gektar maydonga bir million so‘mdan subsidiya ajratilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Belgilansinki, Paxtachilik kengashi o‘ziga yuklatilgan vazifalarni dastlab sinov tariqasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-martdagi “Paxta maydonlarida tuproq unumdorligini va hosildorlikni oshirish, sug‘orishning yangi texnologiyalarini joriy etishni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–179-son qaroriga 1-ilovada nazarda tutilgan 13 ta tumanlarda amalga oshiradi.
4. Paxtachilik kengashi bir hafta muddatda paxta yetishtirishda ilm va innovatsiyalarga asoslangan urug‘chilik, nav tanlash, yerga ishlov berish, o‘g‘itlash, sug‘orish ishlari tashkil etiladigan 13 ta tumanlarning har biri bo‘yicha ishchi guruhlari tarkiblarini tasdiqlasin.
Belgilansinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi hamda viloyat hokimlari 13 ta tumanlar ishchi guruhlari faoliyatining samarali tashkil etilishiga shaxsan javobgar hisoblanadi.
5. Paxta hosildorligini oshirishning quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tartibi joriy qilinsin:
a) tuman ishchi guruhlari paxta ekilgan maydonlarda joyiga chiqqan holda tahlillar asosida urug‘chilik, nav tanlash, yerga ishlov berish, biostimulyatorlarni qo‘llash, o‘g‘itlash, g‘o‘za kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurashish hamda samarali sug‘orish bo‘yicha hududning tuproq-iqlim sharoitiga mos takliflarni Paxtachilik kengashi boshqaruv guruhiga taqdim qiladi;
b) Paxtachilik kengashi boshqaruv guruhi taqdim etilgan takliflarni tahlil qilib umumlashtirgan holda Paxtachilik kengashiga taqdim qiladi;
v) Paxtachilik kengashi:
hududda ekilgan paxta navlarining hududning tuproq-iqlim sharoitlariga mos maqbulini tanlash, shuningdek, agrotexnik tadbirlarning to‘g‘ri amalga oshirilishini ta’minlash;
paxta ekilgan maydonlardagi tuproqning unumdorligini oshirish va samarali yer tayyorlashni tashkil qilish;
paxta ekilgan maydonlarda organik va mineral o‘g‘itlarning qo‘llanilishini yaxshilash;
paxta ekilgan maydonlarda g‘o‘za kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurashish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish;
paxta ekilgan maydonlarda zamonaviy biostimulyatorlarni qo‘llash;
paxta yetishtirish jarayonida samarali sug‘orish tizimini va tejamkor texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;
g) Paxtachilik kengashining unga yuklatilgan vazifalarga asosan o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari majburiy hisoblanadi;
d) Paxtachilik kengashi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha:
Paxtachilik kengashi raisi (I.Yu.Abduraxmonov) kengashga yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan har oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot beradi;
Paxtachilik kengashi raisiga mahalliy va xorijiy malakali mutaxassislarni jalb etish vakolati beriladi;
Paxtachilik kengashi va uning boshqaruv guruhi a’zolariga hamda Paxtachilik kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yiladigan 13 ta tumanlar ishchi guruhlari a’zolariga 6-ilovaga muvofiq miqdorlarda ish haqi to‘lanadi. Bunda to‘lovlar Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan tuziladigan mehnat shartnomalari asosida amalga oshiriladi;
mahalliy va xorijiy malakali mutaxassislar mehnatiga haq to‘lash muayyan ishni bajarish uchun tuziladigan mehnat shartnomalariga asosan mutaxassislar bilan kelishilgan miqdorlarda amalga oshiriladi.
6. Innovatsion rivojlanish vazirligiga joriy yil yakuniga qadar “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi (I.Haydarov) Uyushmaning to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sohasini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan 10 milliard so‘m hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.Xodjayev) Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasi hisobidan 10 milliard so‘m ajratsin.
Bunda mazkur bandda nazarda tutilgan mablag‘lar Paxtachilik kengashi va uning boshqaruv guruhi a’zolari hamda 13 ta tumanlar ishchi guruhlari a’zolariga ish haqi to‘lash, shuningdek, Paxtachilik kengashiga mahalliy va xorijiy malakali mutaxassislarni jalb etish xarajatlarini qoplashga yo‘naltiriladi.
7. Ushbu qarorda belgilangan chora-tadbirlarning samarali va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:
a) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi hamda viloyatlar hokimlari 13 ta tumanlar ishchi guruhlari faoliyatining samarali tashkil etilishiga ko‘maklashsin;
b) “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi (I.Haydarov) Uyushmaning to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sohasini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.Xodjayev) Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasi hisobidan mazkur qarorga asosan Innovatsion rivojlanish vazirligiga mablag‘lar o‘tkazib berilishini ta’minlasin;
v) Paxtachilik kengashi raisi I.Yu. Abduraxmonov:
Paxtachilik kengashi va uning boshqaruv guruhi a’zolari hamda 13 ta tumanlar ishchi guruhlari a’zolariga ish haqi o‘z vaqtida va to‘liq miqdorda to‘lanishini ta’minlasin;
13 ta tumanlarda amalga oshirilgan ijobiy natijalar asosida mazkur tajribani respublikaning boshqa hududlarida joriy qilish choralarini ko‘rsin.
8. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining “Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyati (keyingi o‘rinlarda – Markaz) faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Markazni Paxtachilik kengashining ilmiy-tadqiqot organi etib belgilash;
Paxtachilik kengashining sohaga doir ko‘rsatma va tavsiyalariga asosan Markaz faoliyatini takomillashtirib borish;
Paxtachilik kengashi raisini Markaz Kuzatuv kengashi tarkibiga kiritish.
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Markaz faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin.
9. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A.Xodjayev), O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.Xadjayev), O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A.Ko‘chimov) Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abduraxmonov) bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalarining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.
10. Innovatsion rivojlanish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu.Abduraxmonov, qishloq xo‘jaligi vaziri J.A.Xodjayev belgilansin.
Mazkur qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari S.U.Umurzakov zimmasiga yuklansin. Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz"da 12-oktyabr kuni XII Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasi boshlandi, deya xabar qildi “Turkiston-press” NAA. Joriy yildan boshlab yarmarkani o‘tkazish vazifasi o‘tgan yili tashkil etilgan “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi zimmasiga yuklatildi.
Yarmarka ochilishida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Rozuqulovning qayd etishicha, bugungi kunda mamlakatda har yili 3 million tonnadan ziyod paxta xom ashyosi tayyorlanmoqda. Respublika paxta tolasi yetirish hajmi bo‘yicha jahonda oltinchi, uni eksport qilish bo‘yicha esa beshinchi o‘rinni egallab turibdi.
“2015-yil oktyabrda „O‘zpaxtasanoateksport“ xolding kompaniyasi tomonidan paxta xom ashyosini qabul qilish va qayta ishlash, paxta tolasini eksport qilish bo‘yicha yagona majmuaning tashkil etilishi paxtachilik sohasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi, — qayd etdi u. — Uning tarkibiga paxta tozalash, yog‘-moy sanoati, paxta terminallari, sohaning ilmiy-tadqiqot bo‘linmalari kiritildi. Xolding kompaniyasi tarkibiga birlashtirilgan paxta majmuasining barcha korxonalariga soha samaradorligini tubdan oshirish, paxta xom ashyosi va chigitni texnik va texnologik qayta ishlashni takomillashtirish bo‘yicha islohotlarni amalga oshirish vazifasi yuklatildi. Ushbu ishlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish hisobidan ham amalga oshiriladi”.
Реклама

Bosh vazir o‘rinbosarining ta’kidlashicha, hukumat mazkur sanoatni mahalliy xom ashyoni chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarish asosida yanada rivojlantirishga katta e’tibor qaratgan. Barqaror xom ashyo bazasi, paxta tolasining yuqori sifati, energeresurslarning past narxi, eng muhimi, hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi va qulay sharoitlarning yaratilgani sohaning xorijiy investorlar uchun jozibadorligini ta’minlaydi.


“To‘qimachilik korxonalarining ishlab chiqarish quvvati 1995-yilgi 152 ming tonnadan 2015-yilda 600 ming tonnaga yetdi. Mustaqillik yillarida yengil sanoat mahsulotlari eksporti 7 mln dollardan 1,1 mlrd dollarga oshdi. O‘ylaymizki, soha imkoniyatlari bundan-da keng. Mazkur sohada Germaniya, Italiya, Janubiy Koreya, Turkiya, AQSH, Hindiston, Buyuk Britaniya, Avstriya va boshqa mamlakatlar investorlari ishtirokida tashkil etilgan korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda”, — davom etdi hukumat rahbari o‘rinbosari.
Ulug‘bek Rozuqulovning qayd etishicha, bugungi kunda yengil sanoatning ulushi sanoat ishlab chiqarishida 26 foiz, iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda esa — 44 foizdan ko‘proqni tashkil etmoqda. Bunda mamlakat paxta tolasini eksport qiluvchi mamlakatlar beshtaligidagi o‘rnini yo‘qotgani yo‘q.
Tadbir ochilishida bir qator mamlakatlar vakillari xalqaro Cotton Outlook axborot agentligi bosh muharriri Rey Batlerning “Paxta tolasi jahon bozori”, paxta bo‘yicha Xalqaro konsultativ qo‘mitasi boshqaruvchi direktori Andrey Gitchunsning “Paxta va sun’iy tolaga xalqaro talab” mavzularidagi taqdimotlarini tinglashdi. O‘zbekiston paxta sanoatiga bag‘ishlangan hisobot esa “O‘zpaxtasanoateksport” boshqaruvchi raisi Akmal Kamolov tomonidan o‘qib eshittirildi.
Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkazi nufuzi yildan-yilga oshib bormoqda. 2005 yilda unda 30 mamlakatdan 170 ga yaqin sanoat va savdo kompaniyalari vakillari ishtirok etgan bo‘lsa, joriy yilda 40 dan ziyod mamlakatdan 1000 dan ziyod vakillar tadbirlarda qatnashmoqda.
Yarmarka doirasida an’anaviy konferensiya tashkil etilmoqda. Joriy yilda u uch yo‘nalishda bo‘lib o‘tadi: “Paxta sanoatini rivojlantirish va o‘zbek paxta tolasining jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish — eksport imkoniyatlarini oshirishning muhim sharti” va “Paxtachilik va to‘qimachilik sohalarida ilmiy va texnologik yangiliklar”.
“O‘zekspomarkaz” ko‘rgazma pavilonlarida xorijiy savdo va sanoat kompaniyalari vakillari, mutaxassislar va xalqaro ekspertlar paxta tolasi namunalari bilan tanishish, servis-markazlar xizmatlaridan foydalanish, muzokaralar o‘tkazish hamda o‘zbek paxta tolasi va undan tayyorlangan mahsulotlarni xarid qilish bo‘yicha shartnomalarni bevosita imzolashlari mumkin. Dunyoda paxtachilik yo‘nalishida izlanishlar olib borayotgan ikki yuzdan ziyod ilmiy markaz mavjud, – deydi Paxta bo‘yicha xalqaro maslahat qo‘mitasining ijrochi direktori Kay Xyuz. – O‘zbekiston paxta sanoatini rivojlantirish borasida yuksak natijalarga erishmoqda. Mamlakatda iste’molchilarning talablariga javob beradigan paxtaning ko‘plab navlari mavjud. 

Paxta bo‘yicha xalqaro maslahat qo‘mitasining eng muhim tadbirlari reyestriga O‘zbekiston xalqaro paxta yarmarkasi ham kiritilgan. Bu esa ushbu yarmarka dunyo miqyosida paxta bozori siyosatini belgilovchi nufuzli anjumanlardan biri ekanidan dalolatdir. Yarmarka “O‘zbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirliklari va “Sifat” markazi hamkorligida tashkil etildi. 

Tadbir doirasida xalqaro paxta bozorining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilinib, raqobatbardosh sanoat xom ashyosi yetishtirish, uni chuqur qayta ishlash, savdo, logistika va sug‘urta masalalari yuzasidan 16 ga yaqin sessiya o‘tkazilishi kutilmoqda. O‘zbekiston tajribasi misolida g‘o‘za seleksiyasi, agrotexnikasi, hosilni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish, tola sifatini baholash kabi masalalar o‘rganiladi. 

Tizimda amalga oshirilayotgan texnik va texnologik yangilanishlar, amaliyotga joriy qilinayotgan innovatsion ishlanmalar tufayli tolamizning sifat ko‘rsatkichlari tubdan yaxshilanmoqda. Bu esa bugungi kuchli raqobat sharoitida jahon paxta bozoridan mustahkam joy egallashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotir. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, 2016-yilgi mavsumda mamlakatimizda “Oliy” va “Yaxshi” sinflariga mansub tolaning ulushi avvalgi yillardagiga nisbatan 10 foiz ortib, 92 foizga yetgan. 

Shunga mos ravishda tolani qayta ishlash hajmi ham ortmoqda. Agarda 1990-yillar boshida mamlakatimizda tolaning atigi 3-5 foizi qayta ishlangan bo‘lsa, hozirga kelib, bu ko‘rsatkich 50 foizdan oshdi. Eng olis hududlarda ham yangi quvvatlar ishga tushirilayotgani, mavjudlari tubdan modernizatsiya qilinayotgani ushbu yo‘nalishdagi ishlar ko‘lamini kengaytirmoqda. Maqsad esa yagona, u ham bo‘lsa, 2020-yilga borib tolani 100 foiz o‘zimizda qayta ishlashga erishish, xalqaro bozorga qo‘shimcha qiymatli, yuqori sifatli tayyor mahsulot yetkazib berishdan iboratdir. Yarmarka stendlaridan «O‘zbekengilsanoat» tarkibidagi yuzga yaqin korxonaning ip-gazlama, bo‘yalgan va aralash ip-kalava, trikotaj mato, paypoqlar, maxsus matolar, maxsus kiyimlar, tayyor trikotaj va tikuvchilik mahsulotlari keng o‘rin egallagan. Tizim korxonalarining yillik eksporti 1 milliard dollardan oshmoqda. Mahsulotlar 50 dan ortiq mamlakatga yetkazib berilmoqda. 

Yarmarka doirasida ilk bor Janubiy Koreya va O‘zbekiston dizaynerlari ishtirokida mahorat darslari, to‘qimachilik mahsulotlarini Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksport qilishni kengaytirish masalalari bo‘yicha seminar va treninglar o‘tkazilishi mo‘ljallanmoqda. Yengil sanoat salohiyati, jumladan, mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilayotgan turfa liboslar namoyishi ham rejalashtirilgan. Paxta tozalash sanoati - yengil sanoatiing paxtaga dastlabki ishlov beruvchi tarmogʻi. Mazkur tarmoq toʻqimachilik, yogʻmoy, kimyo sanoati tarmoqdariga xom ashyo yetkazib beradi. Paxta tolasi, lint va chigit Paxta tozalash sanoatiye.ning asosiy mahsulotlari hisoblanadi. Oʻzbekistonda dastlabki paxta tozalash korxonasi Toshkentda 1874-yilda qurilgan. Rossiyada paxta xom ashyo-siga boʻlgan talabning ortishi bilan Oʻzbekistonda Paxta tozalash sanoatiye. tez rivojlantirildi. 1885-yilda 9 ta, 1890-yilda 27 ta, 1914-yilda 208 ta paxta tozalash zavodi ishladi. Paxtachilik galla ekinlarini siqib chiqara boshladi. Arrali jin mashinalarda tolani ajratib olish va qoʻlda harakatlantiradigan vintli presslarda tolani presslashdan tashkari barcha ogʻir ishlar qoʻlda bajarilgan. 1920-yillarda Toshkent mexanika korxonasida dastlabki jin mashinalari, linterlar ishlab chikarila boshlandi, presslar esa Boltik, zavodi (Leningrad)dan kel-tirildi. Urushgacha boʻlgan davrda jinlar, linterlar, presslar, ventilyatorlarning konstruksiyasi takomillashtirildi: paxta tozalash korxonalari va paxta tayyorlash maskanlari elektrlashtirildi. Paxta tozalash korxonalarining oʻrtacha mavsumiy ishlash davomiyligi 3 oydan 11 oygacha uzaytirildi. 1940-yilda Oʻzbekiston Paxta tozalash sanoatis.da 538 ming t tola, 15,3 ming t lint va 982 ming t chigit ishlab chiqarildi.
Paxta terish maishnashridyan foydalanish paxtachilikning rivojlanishida muhim bosqich boʻldi. Tayyorlash mas-kanlariga paxta topshirish surʼati oshdi, paxta tozalash zavodlarida esa 1955-yildan qurilish-tozalash sexlari kurila boshladi. 1960-yilgacha Oʻzbekistonda 226 quritish-tozalash sexi ishladi. 1960—65 yillarda Paxta tozalash sanoatis.da tayyorlanayotgan tola si-fatini yaxshilashga imkon beradigan OVP va OVP-A tola tozalagichlar qoʻllanildi. 1966—70 yillarda kuritish-tozalash sexlarining texnologik jihozlari takom№tlashtirildi. Tozalash samaradorligi 45% gacha boʻlgan kuchli 30 VP tola tozalagich, CHX-ZM va 6A-12M rusumli takomillashgan taxta tozalagichlar yaratildi, ROV rusumli paxta tolasi regeneratori qoʻllanildi. Barcha tayyorlangan paxtani oʻz vaqtida qayta ishlash uchun 1971—75 yillarda yangi korxonalar, quritish-tozalash va tozalash sexlarining qurilishini tezla-tish, ularni yangi texnologik uskunalar va mexanizatsiya vositalari bilan taʼminlash choralari koʻriddi, shuningdek, ishlab turgan korxonalarni rekonstruk-siyalash ishlari boshlandi. Korxonalarda yuqori unumli kuritgichlar, tola tozalagichlar, paxta tozalagichlar, gidravlik press ustanovkalari ishlatildi. 80-yillarda samaradorligi yuqori boʻlgan "Mehnat" paxta tozalagichi, "Paxtakor" tola tozalagichi, RX paxta regenera-torlari yaratildi va ishga tushiriddi. 1980-yillar paxtani qayta ishlashda qatnashadigan jami asosiy texnologik jihozlarni yangilash davri boʻldi. Paxtaning sifat koʻrsatkichlarini tezkorlik bilan aniqlaydigan ASX-1 nav aniklagich va VSX-1 nam aniklagichlar yaratildi hamda ishlab chiqarishga joriy qilindi. 1980-yilda 1735,6 ming t paxta tolasi, 217,6 ming t lint, 2387,2 ming t chigit ishlab chiqarildi.
Paxta tozalash sanoatis. boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlari 1990-yilgacha Toshkent shahrida joylashgan Paxta sellyulozasi kimyosi va texnologiyasi ilmiy tadqiqot instituti (1959), Markaziy paxta tozalash sanoati ilmiy tadqiqot instituti (SNIIXprom; 1926)da olib borilgan.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishga-nidan soʻng respublika Paxta tozalash sanoatis.ning mamlakat iqtisodiyotidagi oʻrni tamomila oʻzgardi. Paxta tozalash sanoatis. mahsulotlari respublikaning asosiy eksport tovarlaridan biriga aylandi. Ilgari paxta tolasi eksporti Markaz tasarrufida boʻlib, uni "Eksportlyon" tashqi savdo birlashmasi va uning Toshkentdagi idorasi amalga oshirib kelgan. 90-yillar boshidan respublika paxta tolasi va Paxta tozalash sanoatis.ning boshqa mahsulotlarini mustaqil holda eksport qilishni boshladi va hozirgi davrda 50 dan ortiq xorijiy mamlakatlariga eksport qiladi. Sohaga yangi texnika, texnologiya jadal surʼatlarda joriy etilmoqda. Xorijiy mamlakatlarning ilgʻor texnologiyasini oʻrganish va joriy etish, tarmoq korxonalarida paxta tolasi boʻyicha jahon standartlariga oʻtish uchun AQSH, Shveysariya va boshqa mamlakatlardagi firmalarda ishlab chikarilgan priborlar va texnologiyani qoʻllash borasida xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlik yoʻlga qoʻyildi. Turkiya va boshqa xorijiy davlatlar il-miy-texnikaviy hamkorlikda Fargʻona, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlari va Qoraqalpogʻistonda paxtani qayta ishlashdan tayyor toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga qadar boʻlgan jarayonlarni qamrab oladigan kombinatlar qurilishi boshlandi.
Oʻzbekiston Paxta tozalash sanoatis.da 128 ta paxta tozalash korxonasi (zavodi), 511 ta paxta qabul qilish (tayyorlash) maskani bor (2003). Asosiy texnologik jarayonlarda 298 paxta quritgich, 1431 tozalash mashinalari, 372 tola ajratish (jin), 1397 lint ajratish mashinalari, 370 presslar oʻrnatilgan. 2000—2003-yillarda 5 ta yangi paxta tozalash korxonasi ishga tushirildi, 20 dan ortiq korxo-na rekonstruksiya qilindi. Oʻzbekistonda paxta tozalash korxonalarida yagona texnik siyosat olib borish vazi-fasi "Oʻzpaxtasanoat" uyushmasi zimma-siga yuklatilgan. Respublikada 992,8 ming t tola, 70,9 ming t lint, 1544,7 ming t chigit tayyorlanadi (2003; 2000-yilda tegishlicha 995,1; 64,8; 1517,6).
Paxta tozalash sanoatis. Xitoy, AQSH, Hindiston, Pokiston, Turkiya, Meksika, Avstraliya, Misr kabi asosiy paxta yetishtiruvchi mamlakatlarda ayniqsa rivojlangan.
Tadbirda «O‘zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga ko‘ra paxtachilik sohasini rivojlantirshi bo‘yicha o‘z oldiga yangi vazifa va marralarni belgilab olgani ta’kidlandi. Harakatlar strategiyasining asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida paxtachilik sohasini rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda soha korxonalarini modernizatsiya qilish, mahsulotlarni mahalliylashtirish, xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish bo‘yicha bajariladigan ishlar va aniq vazifalar belgilab olingan.

Xolding kompaniya an’anaviy sotuv bozorlarida o‘zbek paxtasining mavqeini mustahkamlash maqsadida Xalqaro paxta uyushmasi, Bremen paxta birjasi va boshqa qator yirik paxta assotsiatsiyasi va birjalariga a’zo bo‘lgan. Pokiston, Indoneziya, Vetnam kabi yangi bozorlarni o‘zlashtirdi. Ko‘rilgan tizimli sa’y-harakatlar samarasida 2016-yilgi mavsumda "oliy" va "yaxshi" sinflaridagi tolaning umumiy paxta hosilidagi ulushi 92 foizni tashkil etdi.

Paxta tolasini tasniflashning milliy tizimi takomillashtirilib, yangi sifat o‘lchovlari – paxta tolasining past navlari uchun sinflar joriy etilib, paxta tolasi bo‘yicha yangi standart qabul qilindi.

Jahon paxta bozorida o‘zbek paxta tolasining raqobatbardoshligi va xaridorgirligini yanada oshirish maqsadida Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikda Farg‘ona va Jizzax viloyatlarida «VS1» (Paxtani yaxshilash tashabbusi) prinsiplariga asoslangan holda paxtachilikni barqaror rivojlantirish standartini joriy etish loyihasini amalga oshirish borasida muzokaralar olib borilmoqda.



Anjumanda tizimdagi paxta tozalash zavodi, yog‘-moy kombinati va paxta terminallarida kapital qayta ta’mirlash jarayonida yangi avlod uskunalari kompleksini o‘rnatish chora-tadbirlari ko‘rilayotgani qayd etildi. Jurnalistlarning savollariga mutaxassislar javob berdi. Paxtachilik tarmog‘ini rivojlantirish, eng avvalo, mamlakat oziq-ovqat strategiyasi yo‘nalishlari talablarini bajarish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xzmat qiladi. Shuningdek, boshqa tomondan, paxtachilik tarmog‘iga kiruvchi korxonalarning mavjud mehnat, yer, suv, moddiy va moliyaviy resurslaridan, mulk shakllaridan qat’iy nazar, ular o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish asosida, oqilona foydalanish evaziga tarmoq samaradorligini oshirish muhim hisoblanadi. Bir so‘z bilan aytganda, sohada mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshirish ko‘p jihatdan mavjud resurslardan oqilona foydalanishga bog‘liq.
O‘zbekistonda paxtachilik tarmog‘ini samarali rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri qishloqda agrar va iqtisodiy munosabatlarni isloh qilishning huquqiy asoslarini hayotga to‘laligicha tatbiq etishdir. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan tadbirlar va ularning samaradorligini oshirishda mamlakat qishloq xo‘jaligi sohasida 180 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasiga ayrim xususiyatlari bilan taalluqli bo‘lgan 500 ga yaqin normativ-huquqiy hujjatlar amalda ishlab kelmoqda.
Hozirgi davrning asosiy talablaridan biri qishloq xo‘jaligida, jumladan, paxtachilikda xom ashyo ishlab chiqarishgina emas, balki uni qayta ishlash va sotishni to‘g‘ri va samarali amalga oshirishdan iboratdir. Chunki yaratiladigan qo‘shimcha qiymatning, ya’ni daromadning asosiy qismi aynan keyingi sohalarda tashkil topmoqda. Respublikamizda avvaldan paxtachilik asosiy mahsulotlarining samaradorligini oshirish omillaridan to‘laroq foydalanish masalalari paxta xom ashyosi, paxta tolasi, paxta yog‘i, gazlama va boshqa paxtachilik mahsulotlari bo‘yicha alohida-alohida hal etib kelingan. Ular o‘rtasidagi tovar-pul munosabatlarining pirovard natijalarini tahlil etish va baholash amalga oshirilgan. Ushbu tarmoqni boshqarish tizimi ham alohidalashgan ko‘rinishda tashkil etilgan.
Demak, kelajakda paxtachilik tarmog‘ini yuksak darajada samarali rivojlantirish uchun, alohida o‘ziga xos bo‘lgan tomonlarini hisobga oladigan huquqiy asoslar yaratilishi maqsadga muvofiq edi. Bu esa, o‘z navbatida, pirovard mahsulotni ishlab chiqarishdagi umumiy javobgarlik, sohada samaradorlikni oshirishdagi birgalikdagi faoliyat, tarmoqda yaratilgan pirovard mahsulotdan birlamchi va ikkilamchi foydalanish va boshqa qator masalalarni hal qilish bir muncha yaxshi yo‘lga qo‘yilishi mumkin.
Eng muhimi, tarmoq boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish, yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh tayyor mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish, ularni yirik xorijiy bozorlarga yanada olib chiqish zaruratini hisobga olishni davrning o‘zi taqozo etmoqda.
Kuni kecha mamlakatimiz agrar sohasida tub burilish yasaydigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Paxtachilik tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilinganligi yuqorida ta’kidlangan masalalarning to‘laqonli yechimi bo‘ldi.
Mazkur Qarorning e’lon qilingani, barcha qishloq xo‘jaligi xodimlari, mazkur sohaga aloqadar barcha mehnatkashlarni, xalqimizni, qolaversa, bu sohaning huquqiy asoslarini mustahkamlash yo‘lida xizmat qilayotgan biz deputatlarni ham behad quvontirdi.
Qarorda sohadagi barcha masalalarning yechimi aniq va ravshan belgilab berildi. Ya’ni Qarorga muvofiq, «O‘zpaxtasanoat» va «O‘zpaxtaeksport» aksiyadorlik jamiyatlarini birlashtirish, shuningdek, «O‘zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasini tugatish asosida paxtachilik tarmog‘i uchun mas’ul bo‘lgan yagona tashkilot — «O‘zpaxtasanoat» aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi.

Xulosa
Mazkur hujjat bilan paxtachilik tarmog‘ida ishlab chiqarish jarayonlarini yanada yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar nazarda tutilmoqda. Xususan, paxta xom ashyosini qabul qilish, to‘ldirish, saqlash va qayta ishlashning texnik vositalari va uslublari yaxshilanadi. Paxta tozalash korxonalari zamonaviy o‘lchov vositalari, laboratoriya uskunalari, paxta xom ashyosini qabul qilishda inson omilining rolini pasaytiradigan eng yangi axborot texnologiyalari bilan jihozlanadi.
Mazkur chora-tadbirlar paxta xom ashyosini qabul qilish, tashish, qayta ishlash va tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish ustidan samarali hisobot va nazorat tizimini joriy etishga qaratilgan bo‘lib, qo‘shib yozish va aniq ma’lumotlarni boshqacha tarzda buzib ko‘rsatish holatlarini istisno qiladi.
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Sifat» paxta tolasini sertifikatlash markazi «O‘zstandart» agentligi tuzilmasiga o‘tkazildi.
Bundan tashqari, paxtachilik tarmog‘ida moliya intizomini mustahkamlash maqsadida Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasiga paxta tozalash korxonalarida hisobga olish va hisobotning haqqoniyligi ustidan nazoratni amalga oshirish vazifasi yuklatildi.
O‘zLiDeP fermer va dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, qishloqda real mulkdorlar sinfini shakllantirish asosida qishloq xo‘jaligini yanada diversifikatsiya qilish va rivojlantirishga oid g‘oyalariga tayangan holda mazkur Qarorning mazmun-mohiyatini elektoratimiz o‘rtasida keng targ‘ib etish va ijrosi yuzasidan faoliyat olib borishi kelgusida ijobiy samaralar berishi shubhasiz.
Zero, Harakatlar strategiyasida mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish bo‘yicha muhim tadbirlar belgilanganligi, mazkur Qaror uning ijrosidagi asosiy bosqich bo‘lishi kabi sa’y-harakatlar sohani yangi bosqichga olib chiqishiga xizmat qiladi.



Yüklə 147,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin