Mavzu -1: Axborot texnologiyasining ichki va tashqi omillari. Axborot uzatish usullari. O`qitishda axborot texnologiyalari. Reja



Yüklə 481,5 Kb.
səhifə6/29
tarix22.11.2023
ölçüsü481,5 Kb.
#133543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Axborot texnologiya mavzulari

Qisuvchi (o’rovchi) dasturlar.
Fayllarni o’rash uchun har xil ishlab chiqaruvchilar tomonidan maxsus dasturlar yaratilgan. Ularning bir qismi bepul tarqatilinadi, bir qismi tijort asosida (pulli), lekin bu turdagi ko’pgina dasturlar «Shareware» kabi tarqatiladi, ya‘ni ular bepul olinishi mumkin. Ulardan doimiy foydalanmoqchi bo’lsangiz, ularni yaratgan mualliflariga yoki tarqatuvchilariga ko’rsatilgan miqdordagi pulni yuborishingiz lozim bo’ladi.
Odatda fayllarni o’rovchi (arxivlovchi) dasturlar diskda qisqartirilgan holdagi fayllar nusxalarini arxiv fayllarga joylashtirish, arxivdan fayllarni olish, arxiv mundarijalarini ko’rib chiqish va boshqa imkoniyat yaratadi. Har xil dasturlar arxiv fayllarni formati, ishning tezligi, arxivga joylashtirishdagi fayllar qiskartirish darajasi, ishlatilish qulayligi bilan farq qiladi.
Eng ko’p tarqalgan o’rovchi dasturlar deyarli bir xil imkoniyatga ega, hech biri hamma ko’rsatgichlar bo’yicha bir-biridan ustun kelmaydi, bir dastur biridan tezroq ishlaydi, boshqalari fayllar qisqartirishni yaxshiroq darajada bajaradi. Agar dasturlarni faqat qisqartirish darajasi buyicha taqqoslasak, ular orasida lider (eng zo’ri) yo’q. Har xil ko’rinishdagi fayllar turli xil arxivlagichlar orqali turli darajada arxivlanadi. Eng ko’p tarqalgan dasturlar orasida ARJ, PKZIP, LHA, PKPAK, PAK larni aytib o’tishimiz mumkin. PKZIP/ PKUNZIP va ARJ dasturlari haqida qisqacha ma‘lumot berib o’tamiz. Bu dasturlar ishning katta tezligini va axborotlarni qisqartirishni yuqori darajada ta‘minlaydi. Bunda PKZIP/ PKUNZIP dasturi ishning juda yuqori tezligi bilan ajralib, EXE kengaytmali ko’rinishda ham axborotlarni arxivlaydi. ARJ dasturi xuddi shunday qisqartirish darajasini bersada, servisning xilma-xilligi bilan ajralib turadi va bir necha disketlarga arxivlab ko’chirish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari bu dastur ma‘lumotlarni parol orqali arxivlash, arxivdagi ma‘lumotni o’chirish, arxivni minimal xajmda arxivlash, arxiv ro’yxatini ko’rish va hokoza ishlarni bajara oladi.

Yüklə 481,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin