Mavzu : bank tizimida yangi texnologiyalar qo‘llanilishi va ularning ahamiyati. Reja : Kirish I bob. Omonatlarni kafolatlash tizimi, uning zarurligi va turlari
MAVZU : BANK TIZIMIDA YANGI TEXNOLOGIYALAR QO‘LLANILISHI VA ULARNING AHAMIYATI.
Reja : Kirish I bob. Omonatlarni kafolatlash tizimi, uning zarurligi va turlari 1.1. Omonatlarni kafolatlash tizimining zarurligi
1.2 Omonatlarni kafolatlash tizimining kelib chiqish tarixi
1.3 Omonatlarni kafolatlash tizimining turlari
II bob. O’zbekistonda omonatlarni kafolatlash tizimining tashkil etilishi 2.1 O’zbekistonda omonatlarni kafolatlash tizimining iqtisodiy va huquqiy asoslari
2.2. Fuqarolarni banklardagi omonatlarini kafolatlash Fondining
faoliyati
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.
KIRISH
Tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlashda aholi omonatlari alohida o’rin egallaydi. Aholi qo’lida bo’sh turgan pul mablag’larini banklarga jalb qilish tizimini yo’lga qo’yish va uni yanada rag’batlantirish uchun avvalo, banklardagi omonatlarning kafolatlanishini ta’minlash zarur. Barcha mamlakatlar iqtisodiyotining holati va bank tizimining rivojlanish darajasi turlicha bo’lganligi sababli omonatlarni qabul qilish, ulardan foydalanish, ularning qadri va qaytarilishini kafolatlash tizimining yagona loyihasi mavjud emas.
Banklardagi omonatlarni kafolatlash tizimi har bir davlatning xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda o’ziga xos ko’rinishda tashkil etiladi. Respublikamizda ham iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida omonatlarni himoyalash tizimiga alohida e’tibor berilmoqda. Moliyaviy sektor rolining oshishi, aholining bankdagi omonatlari soni va summasining o’sishi, moliyaviy bozorda bank operatsiyalarining ko’payishi, milliy valyuta barqarorligining ta’minlanishi moliyaviy tizimni mustahkamlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqishni taqozo etadi. Shu maqsadda, Respublika Oliy Majlisining 2002 yil aprel oyidagi 8-sessiyasida “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to’g’risida” gi O’zbekiston respublikasi Qonuni qabul qilindi, Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi tashkil etildi hamda respublikamizda aholining banklardagi omonatlarini kafolatlash tizimiga asos solindi. Bu tadbirlar aholining huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi ilg’or qadamlardan biri bo’ldi. Bozor munosabatlari sharoitida faoliyat ko’rsatish har bir bank faoliyatida risk bo’lishi va mablag’ida yo’qotish ehtimoli borligidan dalolat beradi.
Tijorat banklari boshqa xo’jalik sub’yektlaridan farqli ravishda pul bilan, asosan, chetdan jalb qilingan mablag’lar bilan ish olib boradi. Chetdan jalb qilingan mablag’lar tarkibida fuqorolar mablag’lari ham salmoqli o’rin egallaydi. Agar banklarda aholi omonatlari uchun etarli kafolat bo’lmasa, inqiroz sharoitida bank omonatlari katta zarar ko’rishlari mumkin. Nobarqaror iqtisodiyot, ishlab chiqarish sust rivojlangan sharoitda aholining o’z mablag’larini bankka ishonmasligi iqtisodiyotda pul aylanishini sustlashtiradi. Natijada aholining bankka bo’lgan ishonchi yo’qoladi. Shuning uchun aholining banklardagi omonatlarini kafolatlash mamlakatda pul-kredit siyosatini oqilona olib borish, aholining banklarda bo’lgan ishonchini oshirishda hal qiluvchi rol o’ynaydi.