Mavzu : bank tizimida yangi texnologiyalar qo‘llanilishi va ularning ahamiyati. Reja : Kirish I bob. Omonatlarni kafolatlash tizimi, uning zarurligi va turlari


Fuqarolarni banklardagi omonatlarini kafolatlash Fondining



Yüklə 41,76 Kb.
səhifə9/11
tarix26.11.2023
ölçüsü41,76 Kb.
#136101
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
kurs ishi

2.2. Fuqarolarni banklardagi omonatlarini kafolatlash Fondining
faoliyati
Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash Fondi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 19 sentyabrdagi «Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori asosida tashkil etildi.
Yuqorida aytilganidek, Fond banklar bilan bitim tuzilishi asosida o’z faoliyatini olib boradi. «Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash Fondi to’g’risida»gi Nizomga muvofiq, bankning Fond bilan yozma bitim tuzish tartibi quyidagicha qilib belgilangan:

  1. Bank Fond bilan yozma bitim tuzish uchun fuqarolarining bankdagi kafolatlanishi lozim bo’lgan omonatlarning soni va qoldiqlari miqdorlari to’g’risidagi ma’lumotlarni ko’rsatgan hamda O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki xulosasini ilova qilgan xolda Fondning kuzatuv kengashiga murojaat qiladi.

  2. Bank yozma bitim tuzilgandan keyin uch kalendar kuni ichida bir yo’la to’lanadigan badalini Fondga o’tkazishi shart.

  3. Fond bilan yozma bitim tuzgan banklar reestri ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda e’lonq boriladi.

  4. Banklar bankning nomiga o’zgartirishlar kiritilganda va bank qayta tashkil etilganda Fondni yozma ravishda xabardor etishlari shart.

Fond reestriga kiritilgan banklar yilning har choragida Fondga o’tkazayotgan kalendar badallari to’g’risida hisobot taqdim etadilar. Bu hisobotda banklar qancha badal o’tkazganliklari, kafolatlanuvchi omonatlar summasini va boshqa talab etilayotgan ma’lumotlarni ko’rsatadilar.
Banklar qancha likvid hamda ishonchli bo’lsa, mijozlarni ko’proq jalb qilishi mumkin bo’ladi. Shu bilan birga mijozlar sonini ortishida Fuqarolarning omonatlarini kafolatlash Fondining ham ulushi yuqori bo’ladi.

XULOSA
Oxirgi yillarda respublika bank tizimida juda katta o’zgarishlar yuz bermoqda. O’zbekison bank tizimida bozor islohotlari iqtisodiyotning boshqa sohalariga nisbatan bir muncha jadalroq sur’atlar bilan amalga oshirildi. Mamlakatda 2 pog’onali bank tizimi tashkil etildi. Markaziy bank boshchiligida turli mulk shaklidagi tijorat banklari paydo bo’ldi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, «O’zbekistonning bank tizimi vujudga kelishi haqida gapiradigan bo’lsak, bu soha iqtisodiyotning eng tez rivojlanayotgan sohasi, islohotlar yaqqol sezilayotgan soha ekanligini aytish kerak»
Bozor iqtisodiyoti sharoitida barqaror va samarali ishlovchi bank tizimini yaratish mustaqillikning birinchi kunlaridanoq O’zbekistonda yuritilayotgan iqtisodiy siyosatning eng muhim yo’nalishlaridan biri bo’ldi. Respublika bank tizimini yaratish bir necha bosqichlarda amalga oshirildi.
Banklar juda ko’p operatsiyalar bajarish bilan bir qatorda aholi qo’lidagi bo’sh pul mablag’larini o’ziga jalb qilish bilan shug’ullanadi. Bu mablag’lar banklar uchun eng arzon resurs bo’lib hisoblanadi. Aholidan bo’sh pul mablag’larini o’ziga jalb qilish uchun tijorat banklari aholi ishonchini qozongan bo’lishi kerak. Aholi bankdan o’z omonatlarini talab qilganda, istagan summani uning birinchi talabidanoq bera olish imkoniyati bankning aholi oldidagi ishonchini oshirishi mumkin. Lekin bozor munosabatlari sharoitida buning o’zi etarli emas.
Erkin raqobat sharoitida banklar ba’zi sabablarga ko’ra inqirozga uchrashi mumkin. Bunday holda aholi omonatlarini qaytarilishi kafolatlangan bo’lishi lozim.
O’zbekistonda ham omonatlarni himoyalash tizimining shakllanishi, fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash Fondining tashkil etilishi, uning faoliyati tahlil qilib chiqildi.
Fond ochilganiga hali ko’p vaqt bo’lmagan bo’lsa-da, u o’z faoliyatini yanada takomillashtirishga harakat qilmoqda.
Fuqarolarning banklardagi omonoatlarini kafolatlash Fondining faoliyatini yanada rivojlantirish uchun:

Yüklə 41,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin