Маvzu : Bolalik – insonning ijtimoiy hayot meʼyorlarini egallay boshlash davri. Reja



Yüklə 152 Kb.
səhifə1/4
tarix04.11.2022
ölçüsü152 Kb.
#118959
  1   2   3   4
Bolalik – insonning ijtimoiy hayot meʼyorlarini egallay boshlash


Маvzu : Bolalik – insonning ijtimoiy hayot meʼyorlarini egallay boshlash davri.


Reja :
1. Maktabgacha yosh davri – ijtimoiy hayot meʼyorlarini egallay boshlash davri.
2. Ijtimoiylashuv omillar - bola rivojlanishiga taʼsiri.
3. Ijtimoiy jarayonida muhitning oʼrni.


Maktabgacha yosh davri – ijtimoiy hayot meʼyorlarini egallay boshlash davri.
Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual oʼsishida namoyon boʼladigan miqdor va sifat oʼzgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Mohiyatan rivojlanish oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga oʼtish, yangilanish, yangining paydo boʼlishi, eskining yoʼqolib borishi, miqdor oʼzgarishining sifat oʼzgarishiga oʼtishini ifodalaydi. Rivojlanishining manbai qarama-qarshiliklarni oʼrtasidagi kurashdan iboratdir.
«Shaxs» tushunchasi insonga taalluqli boʼlib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti- harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega boʼlgan jamiyatning aʼzosini ifodalashga xizmat kiladi.
Individ shaxs boʼlishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, oʼzini yaxlit inson sifatida xis etishi, oʼz xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmogʼi kerak. Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh subʼekti va obʼekti, taʼlim sohasidagi xizmatlarining isteʼmolchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida taʼriflanadi.
Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir, degan falsafiy taʼlimotga asoslanadi. Аyni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda taʼsir etadi, ularni birbiridan ajratib boʼlmaydi. Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham taʼsir etadi. Inson butun umri davomida oʼzgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq boʼlsa, u jamiyat aʼzosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida uziga munosib oʼrin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya taʼsiri ostida boradi. Shaxsning fazilatlarini toʼgʼri koʼrish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. Demak, shaxsni rivojlantirshi vazifasini toʼgʼri xal etish uchun uning xulqiga taʼsir etuvchi omillar, shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. Tarbiya bolaga samarali taʼsir etishi uchun oʼsish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish hamda hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib, rivojlanish va tarbiya oʼrtasida ikki tomonlama aloqa mavjud.
Fanda individning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning taʼsiri oʼrtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara koʼpdan buyon davom etmoqda. Insonning shaxs sifatida, rivojlanishida ijtimoiy xodisalarning taʼsiri kuchli boʼladimi yoki tabiiy omillar yetakchi oʼrin tutadimi? Balki tarbiyaning taʼsiri yuqoridir? Ular oʼrtasidagi oʼzaro munosabat qanday? Fanda biologik yoʼnalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi oʼrinlardan birini egallab, uning vakillari Аristotelь, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori qoʼyadi. Ular tugʼma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi oʼrnini belgilab bergan, degan gʼoyani ilgari suradi. XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyondalari esa shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyanint rolini inkor etadi . Xorij psixologiyasidagi yana bir oqim bixeviorizm XX asr boshlarida yuzaga kelgan boʼlib, uning namoyondalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga oʼtib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi .
Mazkur taʼlimot vakili amerikalik olim E.Torndaykdir. Pragmatizm oqimi va uning vakillari D.Dyui, А.Kombelar ham shaxs rivojlanishini biologik nuqtai nazardan asoslaydi. Ular rivojlanishni faqat miqdoriy oʼzgarishdan iborat, deb qaraydi. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladi. Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga bogʼlaydi. Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishi ijtimoiy omil bilan belgilaydi. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik rivojlanishi u yashaydigan muhitta bogʼliq deb koʼrsatadi. Muhit deganda inson yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi taʼsir tushuniladi. Shu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani oʼzi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi. Ular ijtimoiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydi. Demak, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs boʼlib kamolga yetishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning taʼsirini aniqlashda ilgʼor pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar taʼlimotiga suyaniladi. Falsafada shaxsni jamiyat bilan bogʼliq boʼlgan ijtimoiy hayotdagi murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning maʼnaviy boyligi uning munosabatlariga bogʼliq, deb xisoblaydi. Haqiqatdan ham, shaxs mehnat faoliyati taʼsirida rivojlanadi, kamolga yetadi. Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa oʼz navbatida inson faolligini namoyon etadi. Zero, shaxs maʼlum ijtimoiy hayot mahsulidir.

Yüklə 152 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin