Uzluksiz ta'lim konsepsiyasi - kadrlar tayyorlash tizimining-asosi. O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlovchi shaxsning jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha.
Uzluksiz ta'llm — milliy modelning asosiy qismi bo'lib, quyidagi turlarni o'z ichiga oladi: maktabgacha ta'lim; umumiy o'rta ta'lim; o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi; oliy ta'lim; oliy o'quv yurtidan keyingi ta' iim; kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash; mak-tabdan tashqari ta'lim.
Uzluksiz ta'lim — malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo'lib, ta'limning barcha turlari, DTSni, kadrlar tayyorlash tuzilmasini va uning faoliyat ko'rsatish tizimini o'z ichiga oladi. O'zaro mantiqiy izchillik asosida bog'langan hamda soddadan murakkabga qarab rivojlanib boruvchi va bir-birini taqozo etuvchi bosqichlardan iborat yaxlit ta'lim tizimi.
4.4. Ta'lim paradigmalari
Paradigma - (yunoncha paradigma - namuna, o'rnak ma'nolarini anglatadi) - ilmiy muammolarni hal etish namunasi sifatida qabul qilingan nazariya. Masalan, tug'ilish nazariyasiga tegishli muammolarni aksariyat hollarda differensial tenglamalar nazariyasi yutuqlari orqali'hal qilinadi yoki talaba-yoshlarni mustaqillik fuhida tarbiyalash milliy g'oyalar asosida hal etiladi va hokazo.
Paradigma guruhli talabalarning o'quv faoliyati doirasida o'z-o'zini anglash, talabalarning ilk vaqtlarini samarali o'tkazish, qayta aloqa sifati va sonini orttirish, didaktik materiallar sifatini yaxshilash, talabalarning o'z-o'zini boshqarish tizimini kengaytirish, rivoj-langan ta'lim tizimini joriy etish, yangi kurslarni loyihalash, o'quv rejasi mazmunini
Mavzularni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Zamonaviy didaktikaga ta'rif bering va uningyo'nalishlarini aniqlang hamda ularni ilmiy-nazariy jihatdan asoslab bering.
2. Uzluksiz ta 'lim tizimining har bir tarkibiy qismidagi mos didaktikalarni integratsiyalashni amalga oshirish haqidagi muloha-zalaringizni yozib chiqing.
3. Ta 'lim rivojlanishida paradigmalarning ahamiyati bor deb o 'ylaysizmi?
4. Agar bor bo 'tea, ulardan amaliyotda foydala nishni qanday tasavvur qilasiz?
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. A. To’xtaboеv, A. Eraliеv “Tashkiliy xatti-xarakatlar” Andijon. “Xayot” 2001 y
2. O. Musurmonova “Ma'naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi” T.,“O’qituvchi” 1990 y
3. R. Mavlonova “Pеdagogika” T., “O’qituvchi” 2004 y
4.Подласий И.П. Педагогика.—Москва, Висщая образования, 2008г
5. M.To’xtaxo’jayeva “Pеdagogika” T., “O’qituvchi” 2010 y
6. Ахmеdоvа M.E Pеdаgоgikа nаzаriyasi vа tаriхi” o’quv qo’llаnmа T:2011 “Tаfаkkur bo’stоni” nаshriyoti 157 b
Dostları ilə paylaş: |