1.1.-rasm. Innovatsiyalar ko’rinishlari Innovatsiya to`g`risida gapiradigan bo`lsak, quyidagi tushunchalarni o`zlashtirishimiz lozim:
1. Yangilik- bu yangicha tartib, yangicha uslub, kashfiyot.
2. Yangilik kiritish - shu yangilikning amalda qo`llanilishi.
3. Innovatsiya - yangilikning tarqatilishi.
Innovatsiyalar turkumlari Innovatsiyalar quyidagi belgilari bo`yicha turkumlanadi:
1. Texnologik parametrlarga bog`liq ravishda innovatsiyalar mahsulotli va jarayonli innovatsiyalarga bo`linadi.
Mahsulotli innovatsiyadeganda yangi xom-ashyo, materiallar va yarim fabrikatlarni qo`llash va yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish tushuniladi.
Jarayonli innovatsiya – ishlab chiqarishni tashkil qilishning yangi uslublari (texnologik jarayon o`zgarishlari) hisoblanadi.
2. Innovatsion bozor uchun yangiligi bo`yicha innovatsiyalar quyidagilarga bo`linadi:
ishlab chiqarishdan chiqish tomonidagi innovatsiyalar;
korxona tuzilishi innovatsiyalari.
4. Yangilik darajasi bo'yicha texnologik innovatsiyalar:
epohal (ishlab chiqarish usullarini tubdan o'zgartiradigan texnologiyalarni rivojlantirishdagi yutuqlar har bir yoki bir necha asrlarda bir marta klasterlarda paydo bo'ladi);
basis (yangi texnologik davrlarni tashkil qiladi, har yarim asrda bir marta to'lqinlarda paydo bo'ladi);
takomillashtirish (bazis innovatsiyalarni ishlab chiqish va modernizatsiya qilish, mashinalar va texnologiyalarni takomillashtirish);