Mavzu № Innovatsion menejmentning asosiy tushunchalari, maqsadlari va vazifalari. Reja


Innovatsion jarayon tushunchasi va bosqichlari



Yüklə 77,35 Kb.
səhifə5/9
tarix18.11.2023
ölçüsü77,35 Kb.
#132858
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu 1

Innovatsion jarayon tushunchasi va bosqichlari
Innovastion jarayon innovastion o’zgarishlarni tayyorlash va amalga oshirishdan iborat bo’ladi va yagona bir butunni tashkil qiluvchi o’zaro bog’langan pallalardan tashkil topgan. Bu jarayonning natijasida amalga oshirilgan o’zgarish innovastiya paydo bo’ladi. Innovastion jarayonni amalga oshirish uchun diffuziya –yangi sharoitlar va qo’llash joylarda bir marta o’zlashtirib va foydalanib bo’lingan innovastiyalarni vaqtda tarqatish juda katta ahamiyatga ega. Innovastion jarayon davraviy xarakerga ega, buni iqtisodiyotni tashkil qilish va boshqarishning ixcham tizimlarini ishlab chiqishda hisobga olish zarur.
Innovatsion jarayonning uch shaklini ajratish zarur:

  • oddiy tashkilot ichidagi;

  • oddiy tashkilotlararo;

  • kengaytirilgan.

Oddiy tashkilot ichidagi innovatsion jarayon bu - yangilikning tashkilot ichida yaratilishi va uning o`zida qo`llanilishi.
Oddiy tashkilotlararo innovatsion jarayonda yangilik – savdo-sotiq predmeti sifatida namoyon bo`ladi.
Kengaytirilgan innovatsion jarayon bu – yangi yangilik yaratuvchi Ishlab chiqaruvchilarning namoyon bo`lishi, ishlab chiqarish monopoliyasining buzilishidir.
Innovastion jarayon (IJ) davriy xarakterga ega. IJ ni ifodalovchi faoliyat inson mehnatini taqsimlanishi natijasida ajralib chiqqan, bir birlaridan farqlanuvchi alohidagi vazifaviy, tashkiliy birliklarga bo’linadi. IJ ning iqtisodiy va texnologik ta’siri faqat yangi mahsulotlar yoki texnologiyalarda qisman ro’yobga chiqadi. U ancha ko’proq yangi texnikani vujudga kelishining shart – sharoiti sifatida iqtisodiy va ilmiy – texnik salohiyati ko’payishida namoyon bo’ladi, ya’ni innovastion tizim va uning tarkibiy elementlarining texnologik darajasi oshadi, shuning bilan innovastiyalarga moyillik ham oshadi.
Innovatsion jarayon tsiklik xarakterga ega va Innovastion jarayonni umumiy ko’rinishda zanjir ko’rinishida yozish mumkin:

Yüklə 77,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin