Mavzu № Innovatsion menejmentning asosiy tushunchalari, maqsadlari va vazifalari. Reja


Innovastion menejmentning maqsadlari



Yüklə 77,35 Kb.
səhifə8/9
tarix18.11.2023
ölçüsü77,35 Kb.
#132858
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu 1

Innovastion menejmentning maqsadlari
Korxona innovastion menejmentning maqsadlari firmaning vazifasi, uning falsafasi, an’analari va tashkilotning hayotiy davrasi bilan bog’liq.
Zamonaviy iqtisod xo’jalik faoliyatining sub’ekti – bu korxona, kompaniya, firma, korporastiya, ya’ni faoliyatning har xil turlari, sheriklar, mulkni erkin tanlovchi va davlat oldida belgilangan majburiyatlarga ega yuridik shaxsdir.
Firma strategik va operativ mustaqillikka ega, ishlab chiqarish hajmlari, Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning turlari texnologik va tashkiliy tuzilmani belgilaydi, bozordagi hulq va joylashish masalalarini hal qiladi.
U maqsadlar tuzimiga ega, ular firma rivojlanishining tashqi muhiti va ichki
ehtiyojlarining ta’siri bilan belgilanadi.
Korxona innovastion faoliyatining uning ichki ehtiyojlari nuqtai nazaridan maqsadlari barcha ishlab chiqarish tizimlarini yangilash hisobiga ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, ilmiy, ilmiy – texnik, aqliy va iqtisodiy salohiyatlardan samarali foydalanish asosida korxona raqobat afzalliklarini ko’tarishdan iboratdir.
Ijtimoiy maqsadlar xodimlar ish haqini oshirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash va sostial himoyalashni oshirishga qaratilgandir.
Innovastion maqsadlar salohiyatini yangiliklarni ishlab chiqish, patentlashtirish va listenziyalashtirish bo’yicha ishlarni o’tkazish, nou – xaular, yangi sanoat namunalari, tovar belgilari va h.k. xarid qilish bilan bog’liqdir.
Firmaning yangiliklarini tijoratlashtirish sohasidagi maqsadlari keyinchalik
segmentini kengaytirish va yangi bozorlarga bostirib kirish bilan bozorda mustahkam holatni egallash uchun faol marketing tadqiqotlarini o’tkazishni o’z ichiga oladi.
Innovastion menejmentning ustuvor maqsadlari innovastion faoliyatni faollashtirish asosida tashkilotni o’sishi va rivojlanishi, yangi tovarlar va yangi texnologiyalarni bozor tomoniga faol harakatlantirish iqtisodiy taraqqiy etish va yangi bozorlarga bostirib kirishni faol o’sishi uchun ishlab chiqarishni yanada ixtisoslashtirish va har tomonlama rivojlantirish imkoniyatlaridan foydalanishdan iboratdir.
Tashkilotning taktik maqsadlari yangiliklarini ishlab chiqish, tadbiq etish va
o’zlashtirish, korxonaga investistiyalar kiritishni va moliyalashtirish, ixtisosni o’zgartirishga o’qitish, xodimlarni rag’batlantirish va mukofotlash, ITTKI va yangiliklarning ilmiy bazasi, boshqaruvning ususllari va vazifalari, yo’llari va uslublarini takomillashtirishdan iboratdir.
Tashkilotning tarkibiy maqsadlari korxona tizimchalari: ishlab chiqarishlar,
ITTKI, xodimlar, moliyalar, marketing va menejmentni muvofiq faoliyat yuritishi
bilan bog’liqdir.
Innovastion menejment maqsadlarini umumiy tasniflash quyidagi asosiy
mezonlar bo’yicha o’tkaziladi:

  • darajasi (strategik va taktik);

  • muhit turlari (tashqi va ichki);

  • mazmuni (iqtisodiy, sostial, siyosiy, ilmiy, texnik, tashkiliy va h.k.);

  • ustuvorligi (ustuvor, doimiy, an’anaviy, bir martali);

  • harakatlanish muddati (uzoq muddatli, o’rtacha muddatli, qisqa muddatli);

  • vazifaviy tuzilmalari (ishlab chiqarish, ITTKI, xodimlar, moliyalar,

marketing, menejment);

  • tashkilotning mavjud bo’lish davrasining bosqichlari (vujudga kelish, o’sish

mumkin. Bu holda maqsadlarning ierarxiyasi muhimdir, chunki pastda turuvchi
bo’g’in maqsadlari yuqorida turuvchining maqsadlariga bo’ysunadilar.
Yakuniy natijaga ega bo`lish uchun innovatsiyani ishlab chiqarishga joriy etish kerak. Bu jarayonda yagona texnologik tsikl bilan bog`langan korxonalar guruhini shakllantirish vazifasi vujudga keladi (texnologik zanjir).
Texnologik zanjirni tuzish quyidagi bosqichlarni o`z ichiga oladi:

  • strategiya maqsadini aniqlash;

  • texnologiyani o`rganish;

  • ijrochi-tashkilotlarni tanlash (kontragentlar);

  • loyihalashtirish;

  • moliyalashtirish manbalarini tanlash;

  • loyiha rahbarini tanlash;

  • natijalarni

  • nazorat qilish.




Yüklə 77,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin