Mavzu : Islomdagi mazhablar tarixidan Reja : I. Kirish II. Asosiy qism


Shialik: sekta, mazhablar va ma’naviyat



Yüklə 22,13 Kb.
səhifə4/7
tarix03.12.2023
ölçüsü22,13 Kb.
#138023
1   2   3   4   5   6   7
Islomdagi mazhablar tarixidan2

2.3 Shialik: sekta, mazhablar va ma’naviyat.
Shialik. Guruh, partiya, tarafdorlari degan ma’nolarni beradigan arabcha «shia» sо‘zidan kelib chiqqan. Shialik о‘z ahamiyati va tarafdorlari soniga kо‘ra islomdagi ikkinchi yо‘nalishdir. U VII asrning ikkinchi yarmida musulmonlarning maxsus va siyosiy guruhi sifatida yuzaga kelgan. U choryorlarning tо‘rtinchisi Ali tarafdorlarini birlashtirgan. U juda kо‘p sektalarga bо‘linib ketgan. Bular orasida ismoiliylar hozir 35 millionga yaqin tarafdorga ega bо‘lib, ogahonlar boshchiligida hozir ham islom doirasida katta rol о‘ynamoqda. Shialar Arabistonda paydo bо‘lgan teokratik davlat-xalifalikdagi oliy hokimiyat uchun olib borilgan keskin kurash jarayonida kelib chiqqan. Xalifalikning barcha bosh lavozimlari 644 yildan boshlab quraysh qabilasiga mansub bо‘lgan xalifa Usmon boshliq makkalik oqsuyaklar-muhojirlar qо‘liga о‘tgan. Islomda jabr-zulm qoralansa-da, baribir, ular islomga bо‘ysundirilgan boshqa xalqlardan tashqari musulmon arablarning о‘zlarini ham qattiq ekspluatatsiya qilishaveradi. Bundan norozi bо‘lgan arablar Xalifa Usmonga qarshi qо‘zg‘alon kо‘tarib, uni Madinada о‘ldirishgan. Xalifalik lavozimiga Ali kо‘tarilgan. Biroq, u о‘z hokimiyatini quraysh oqsuyaklaridan himoya qilishga majbur edi. Ali tarafdorlari u payg‘ambarning amakivachchasi va kuyovi bо‘lganligi uchun musulmonlarning boshlig‘i bо‘lishi kerak, uning vafotidan keyin esa bu lavozim uning avlodlariga meros bо‘lib о‘tishi kerak, deb chiqishgan. Biroq taxt uchun kurashda Suriya hokimi Muoviya boshliq quraysh zodagonlari g‘olib chiqqan. Ali tiriklik chog‘idayoq Muoviya xalifa deb e’lon qilingan. Shialar Alidan boshqa barcha sunniy xalifalarning uzurpatorlar, ya’ni siyosiy hokimiyatni zо‘ravonlik bilan qо‘lgan olgan kishilar deb hisoblaydilar. Bular Alining avlodi bо‘lgan 12 imomdan iborat о‘z sulolalarini ularga qarshi qо‘yganlar. Ular Alini, uning о‘g‘illari-Hasan va Husaynni hamda ularning avlodlarini shahid, deb hisoblashgan. Islom tarqalgan mamlakatlardagi iqtisodiy va siyosiy о‘zgarishlar natijasida turli davrlarda musulmonlarning har xil guruhlari, ayniqsa kо‘proq sektalar paydo bо‘la boshlagan. Bular sunniy va shia yо‘nalishlaridan ajralib chiqqan bо‘lib, musulmon sektalari deyiladi. Bularning islomdagi hanafiya, hanbaliya, shofi’iya, molikiya kabi mazhablar bilan aralashtirmaslik kerak. Islom sektalari musulmonlarning diniy uyushmalari bо‘lib, ularning soni juda kо‘p, islom mamlakatlarining deyarli hammasida mavjud. Chunonchi, ahmadiy, alaviy, ibodiy, idrisiy, qodiriy, muridiy, rashidiy, tijoniy, hamoliy, shodiliy va boshqalar sunniylar yо‘nalishidan ajralib chiqqan sektalardir. Xorijiy, ismoiliy, zaydiy, nizoriy, ionaashariy, druz, bahoniy va boshqa mazhablar esa shialar oqimidan ajralib chiqqan. Ularning kо‘plari tarqab ketgan. Islom sektalaridan ba’zilariga qisqacha tо‘xtalamiz.

Yüklə 22,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin