Zaydilar. Feodal nizolar zaminida VIII asr о‘rtalarida shia musulmonlari safidan yana bir guruh ajralib chiqib, mustaqil zaydilar sektasini tashkil etgan. Bu sekta – Alining evarasi, Husaynning nabirasi 740 yili Kufada ummaviylar sulolasidan bо‘lgan xalifa Xishomga qarshi xalq qо‘zg‘aloniga boshchilik qilgan Zayd ibn Ali nomi bilan atalgan va shialarning uchinchi imomi Zayd xalifa qо‘shinlari bilan bо‘lgan jangda о‘z tarafdorlari bilan birga halok bо‘lgan. Zaydilar 864 yili Eronning shimolida о‘z davlatlarini tuzishgan. 901 yili esa ular Yamanda davlat hokimiyatini qо‘lga olishgan. Bu davlat 300 yilcha yashagan. Zaydilar diniy ta’limotning shakllanishiga ishonishni, Qur’on «azaldan» mavjudligini, iroda erkinligi mavjudligini, diniy e’tiqodni amaliy harakat bilan mustahkamlash zarurligini tan olganlar. Ular kо‘pgina shia marosimlariga amal qilishgan, biroq о‘z turmush tarziga kо‘ra sunniylarga ham yaqin turgan.
Ismoiliylar. Bu mazhab tarafdorlari shialar orasida eng kо‘pchilikni tashkil etgan. Ismoiliy mazhabi VIII asrning 2-yarmida Bog‘dod xalifaligida paydo bо‘lgan va imom Jafar Sodiqning katta о‘g‘li Ismoil nomi bilan atalgan. Ismoiliylar diniy ta’limotida butun olamni yaratgan «dunyoviy aql» va «dunyoviy ruh»ga e’tiqod etish asosiy о‘rinni egallagan. Ularning ta’limotida neoplatonchilar falsafasi va buddaviylikning katta ta’siri sezilardi. Ismoiliylar turli davrlarda xalqlarga turli payg‘ambarlarning yuborilishi-«dunyoviy aql»ning yerda namoyon bо‘lishidir deb hisoblashardi. Ular yettita payg‘ambarni-Odam Ato, Nux, Ibrohim, Ismoil, Muso, Iso va Muhammad (s.a.v.)ni tan olishadi. Ularning fikricha, imomlar payg‘ambarlarning vorislari hisoblanadi. XI asrdan boshlab ismoiliylar sinfiy ziddiyatlarning kuchayishi natijasida turli qismlarga bо‘linib ketgan. Hozirgi paytda ismoiliylar О‘rta Sharq mamlakatlarida, Hindiston, Uganda, Keniya, Tanzaniya, Tojikistonning Tog‘li Badaxshon viloyatida mavjud.
Druzlar. О‘z ta’limotiga kо‘ra, bu sekta ismoiliylardan ajralib chiqqan. Druzlar vahdoniyatga-Allohning yagonaligiga e’tiqod etadilar va 998-1021 yillarda hukmronlik qilgan fotimiylar xalifasi hakimni xaloskor sifatida yerga ikkinchi marta keladi, deb hisoblaydilar. Ular о‘zlarining «muqaddas» yozuvlariga ega. Ularda diniy marosimlar unchalik rivoj topmagan, shu sababli masjidi ham yо‘q. Barcha sektalar kabi, druzlar ham shariatni, shia imomlarini tan oladilar.