Mavzu : Islomdagi mazhablar tarixidan Reja : I. Kirish II. Asosiy qism


Sunniylik mazhablari va ma’naviyat



Yüklə 22,13 Kb.
səhifə3/7
tarix03.12.2023
ölçüsü22,13 Kb.
#138023
1   2   3   4   5   6   7
Islomdagi mazhablar tarixidan2

2.2 Sunniylik mazhablari va ma’naviyat.
Sunniylik-bu islomda izchil, sobitqadam yо‘nalish hisoblanadi. Musulmonlarning juda kо‘pchilik qismi-92,5 foizi sunniylikka e’tiqod qiladi. Qolgan 7,5 foizini shialar, ibodiylar va xorijiylar tashkil qiladilar. Sunna arabcha odat, an’ana, xatti-harakat tarzi degan ma’nolarni bildiradi. Sunniylik degan sо‘z arabcha «Sunna»-«muqaddas rivoyat», ya’ni Muhammad tо‘g‘risidagi rivoyatlar va uning hadislari tо‘plami degan tushunchadan olingan. Yana Sunna farzdan farqli ravishda bajarilishi ixtiyoriy bо‘lgan kо‘rsatmalar, amallaridir. Sunniylar ummaviylar sulolasidan bо‘lgan xalifalarning oliy hokimiyatga bо‘lgan huquqini tan olganlar. Sunniylikda Sunna Qur’ondan keyingi asosiy muqaddas manba, hadislar tо‘plami deb qaraladi. U VII asr о‘rtalarida shakllana boshlagan. Unda xalifalikdagi sinfiy munosabatlar, ijtimoiy ziddiyatlar, islom mafkurasi atrofidagi kurash о‘z ifodasini topgan. Uni tо‘plash, sharhlash va nashr qilishda vatandoshlarimiz Ismoil Buxoriy, Imom at-Termiziy asosiy rol о‘ynaganlar. Sunniylik qisman Eron, Janubiy Iroq, Yaman, Markaziy Osiyo, Kavkaz, Volga bо‘yi, Sibir, О‘rol, Kichik Osiyo, Misr va Shimoliy Afrika, Indoneziya, Malayziyada keng tarqalgan. Uning muqaddas shaharlari Makka va Madinadir. Unda tо‘rtta shariat maktabi-hanafiylar, molikiylar, shofi’iylar, hanbaliylar mazhablari bor. Hanafiya (Imomi A’zam) mazhabi. Bunga Abu Hanifa taxallusi Imomi A’zam-buyuk imom-(699-767) asos solgan. U eng yirik huquqshunoslardan biri bо‘lib, shariat huquqini tartibga solgan, qiyosni tatbiq etgan, istihson tartib usulini (manbalar asosida chiqarish mumkin bо‘lgan xulosa yoki hukmlardan musulmonlar jamoasi uchun maqbulrog‘ini qabul qilib) ishlab chiqqan, mahalliy xalq huquq-qoidalarini-odatni shariat bilan keltirib qо‘llanishni joriy etgan huquqshunoslikdan oqilona foydalanish unsurlarini kiritgan.Istihson (arab.-yaxshilash, ma’qullash) shariatning chalkash, murakkab masalalariga qiyosini qо‘llanishning yо‘li bilan musulmon jamoasi yoki davlati uchun mumkin qadar yaxshiroq, foydaliroq, ma’qulrog‘ini qо‘llash tarzi hisoblanadi. Bu ikki yoki undan ortiqroq imkoniyati mavjud bо‘lgan mantiqiy xulosalardan foydalirog‘i, ma’qullarini ajratib olishdir.Hanafiylar mahalliy zodagon va hukmdorlar qabul qilgan nizom va qonunlar, mahalliy urf-odatlarga tayangan odatiy an’analar hamda mahalliy elatlarning urf-odati asosida kelib chiqqan odat maqomiga keng tayanishlari islomning kо‘chmanchilari orasida ham tez tarqalishga olib kelgan. Chunki bular о‘zlarining ibtidoiy urf-odatlarini hisobga olgan islomni, xususan hanafiya mazhabini о‘zlariga ma’qul topganlar. Abu Hanafiya fiqhning asoschisi va ulug‘sifat ilohiyot mutaxassisi bо‘lgan. «Agar diniy e’tiqod Zuhrogacha yiroqlashib ketsa ham, uni imom Abu Hanifa yerga qaytarib keladi»[15][15], deyishardi. Uning «Al-Fiqh al-Akbar» asari boshqa mazhab muxlislari orasida ham mashhur bо‘lgan. Olimning yozishicha, u huquqiy masalalalrga oid 500 mingdan ortiq misollar yaratgan va diniy ibodat hamda huquq masalalariga oid 64 fatvo nashr etgan. Abu Hanifa zо‘r taqvodor kishi bо‘lib, zohidlikda yashagan. U haqda maxsus rivoyatlar yaratilgan. Mujtahid imom Shofi’iy aytganidek, agar Imom A’zam biror narsani oltin deb atashni xohlasa, uni isbot etish uchun uning mahorati ham, iste’dodi ham yetardi. Umuman hanafiya boshqa shariat mazhablariga qaraganda xristian va yahudiylarga nisbatan mо‘tadillik nuqtai nazarida turgan. Hanafiya mazhabi qonunlari Abu Yusuf Yoqub (vaf. 795), ash-Shayboniy (vaf. 804), Qodiriy (vaf. 1036) asarlarida ham ishlab chiqilgan. Hamyurtimiz Marg‘inoniy ar-Rishton (vaf. 1157)ning fiqhga oid asarlaridan eng mashhuri «Hidoya fi-l-furur-Shariat sohalari bо‘yicha qо‘llanma» hanafiya mazhablari tomonidan qonunlar majmuasi (kodeks) sifatida foydalanilgan. Marg‘inoniyning «Hidoya»si fors, ingliz va rus tillariga tarjima qilingan bо‘lib, hozir ham Sharq mamlakatlarida (Hindiston, Turkiya va b.) hanafiya mazhabi shariat sohasidagi asosiy qо‘llanma hisoblanadi. Hanafiya mazhabi sunniylik yо‘nalishiga mansub bо‘lgan musulmonlarning 47 foizini о‘z ichiga oladi. Hozir ham respublika tuprog‘idagi sunniylarning oila, nikoh, taloq va boshqa masalalarida shu mazhabga tayanadilar.
2. Shofi’iya mazhabi. Imom ash-Shofi’iya (767-820) uning asoschisi bо‘lib, kuchli ilohiyotchilardan biri bо‘lgan. Makkada yashagan, Yamanda qozilik qilgan.
Ali avlodlari bilan yaqinlashganligi uchun 803 yilda qamoqqa olingan. Avf etilganidan sо‘ng Misrga kelib, Molikning shogirdi sifatida faoliyat boshlagan. 810 yildan Bog‘dodda о‘z ta’limotini targ‘ib qilgan. Uning «Kitob al-umm» tо‘plami islom huquqini an’anaviy tartib-qoidalar bilan bog‘lashga qaratilgan, fiqh asoslariga tо‘la tavsif berib, ijmo’dan foydalanishga alohida e’tibor qilingan.
Shofi’iya mazhabining usuli hanafiya va molikiya usullarining о‘zaro murosasiga tarafdorlik qilishga uringan bо‘lsa hamki, asosan molikiyaga moyil edi. Ular qiyosining qо‘llanishida muayyan chegaraga yо‘l qо‘yardilar. Istihson usuli kо‘p xulosaviy imkoniyatlarni yaratish va u shaxsiy (g‘arazli) fikrlarga asoslangan hukmlarga olib borishidan hadiksirardilar. Shuning uchun ular qiyosga tayanib istihsoh-muayyan holatning qо‘llanishiga muvofiq ravshan isbotini beruvchi, fikh qoidasini ishlab chiqqanlar. Masalan, safarda bо‘lgan shaxsning о‘lik yoki tirikligini bilmasdan uning mol-mulkiga merosxо‘rlik egalik qilishlari mumkinmi, degan savolga shofi’iylar rad javobini berardilar. Bunga sabab meros egasining о‘limi haqida isbotlovchi dalilning yо‘qligidir. Suriya va Misrda shakllangan bu mazhab hozirgi vaqtda Indoneziya, Sharqiy Afrikaning ba’zi mamlakatlarida, janubiy arab sultonliklari musulmonlari orasida tarqalgan bо‘lib, sunniylikdagi musulmonlarning 27 foizini tashkil etadi.
3. Molikiya maktabi. Asoschisi Molik ibn Onas (713-795) «As’hob al-Hadis» (Hadis tarafdorlari) oqimining yirik namoyandasi bо‘lib, Muhammad davridagi diniy huquq tartibini yoqlab chiqqan. О‘zining «Al-Muvatto’» (Ommaviy, Barchaga tushunarli) asarida Qur’on va Sunnani aqlga asoslangan holda talqin qilishga qarshi chiqqan. U muhofazakor ilohiyotchi faqihlardan biri edi. Bu mazhab tarafdorlari о‘zlarining nomо‘tadilligi bilan ajralib turardi. Ular hanafiylarga nisbatan qiyosni qо‘llashda ancha chek qо‘yishardi. Ammo о‘zlarining istisloh qoidalari bilan hanafiyaning istihsoniga yaqin turardilar. Hozirgi davrda Molikiya mazhabi Tunis, Jazoir, Marokash, Liviya va boshqa mamlakatlarda tarqalgan bо‘lib, sunniylikdagi musulmonlarning 17 foizini tashkil etadi.
4. Hanbaliya mazhabi asoschisi imom Ahmad ibn Hanbal ibn Xilol ibn Asad az-Zuxayliy al-Shayboniy 780 yili Bog‘dodda tug‘ilib, shu yerda 855 yil vafot etgan. Hadis tо‘plash niyatida Suriya, Hijoz Yaman, Kufa va Basraga kо‘p sayohat qilgan va 40 mingdan ortiq hadisni jam etgan oyati jildlik «Musnad al-Imom Ahmad» (Imom Ahmadni tayanchi) asarini yaratgan. U mustahkam e’tiqodli sunniylik nuqtai nazaridan xalifa Ma’mun davrida davlat dini bо‘lmish mu’taziylikka qarshi kurashgani uchun bir necha bor qamalgan va jazolangan. Uning huquq tartiboti о‘ta torligi, diniy masalalarda Qur’on va Sunnaga qattiq rioya qilishligi, erkin fikr yuritish va talqin etishga, har qanday yangilikka qarshiligi, shariat tartib-qoidalariga rioya etishda qat’iy mutaissibligi bilan ajralib turardi.
Hanbaliya mazhabi tarafdorlari avvallari faqatgina Qur’on va Sunnagagina tayanib, sha’riy hukmlar chiqarsalar, keyinroq qiyos va ijmoni qо‘llanishda ham ular tanho Muhammadning safdoshlari bо‘lmish sahobalarning hamjihatligidan kelib chiqqan hukmlarnigina inobatga olar edilar. Bunda ular tobe’iylarning ham, ulardan keyingi e’tiborli diniy arboblarning ham fikrlarini tan olmas edilar. Qur’on va hadislardan esa hech qanday dalil topolmagan taqdirda noiloj qiyosga murojaat etardilar. Bu mazhab diniy masalalarda hech qanday erkin fikrni tan olmay, shariat qonun va marosimlarini ijro etishda о‘ta jiddiylik kо‘rsatuvchi, dinning о‘taketgan fidoyilari edilar. Ularning rasmiyatchiligi, о‘taketgan mutaassibligi, jonli tarixiy haqiqatdan uzoq turgan qarashlari, ijtimoiy hayot va turmush tarzidagi har qanday yangiliklarga zid ekanligi sababli-bu mazhab XII asrlargacha keng tarqalmagan. X asrda Eronda, XI-XV asrlarda Suriya va Falastinda Hanbaliyaning izdoshlari bо‘lgan.XVIII asrga kelib, ibn Hanbal ta’limoti hozirgi Saudiya Arabistondagi vahobiylarning shakllanishiga asos solgan. U yerda Hanbaliyaning ilk islomga xos qonunlari hozir ham amalda.Islom tarixida va hozirgi paytda ham yuqorida zikr qilingan mazhab sunniylar orasida teng huquqli hisoblangan va ulardan birortasi ham din asoslariga zid hisoblanmagan. Qohiradagi al-Azhor dorilfununida islom fiqhi tо‘rt mazhab bо‘yicha о‘rganiladi. Hanbaliya mazhabi sunniylikdagi eng kichkina, ya’ni 1,5 foizni tashkil etuvchi musulmonlar bо‘lsalarda, ular «sof» islom uchun kurashish bayrog‘i ostida, XVIII asrdan to hozirgacha turli mamlakatlarda vahhobiylik harakati orqali katta zarar keltirmoqdalar.Bundan kо‘rinib turibdiki, islom huquqi vaqtiga, о‘ringa, sharoitga qarab muayyan xildagi о‘zgarishlarga uchragan, har xil sharhlarga duchor bо‘lgan.Hanbaliya mazhabi sunniylikdagi eng kichkina, ya’ni 1,5 foizni tashkil etuvchi musulmonlar bо‘lsalarda, ular «sof» islom uchun kurashish bayrog‘i ostida, XVIII asrdan to hozirgacha turli mamlakatlarda vahhobiylik harakati orqali katta zarar keltirmoqdalar.Bundan kо‘rinib turibdiki, islom huquqi vaqtiga, о‘ringa, sharoitga qarab muayyan xildagi о‘zgarishlarga uchragan, har xil sharhlarga duchor bо‘lgan. Yuqoridagi mazhablarning faoliyatida faqatgina sof huquqiy masalalar bilan cheklanmaganliklari tufayli bular shariat qonunlarining keng tarqalishiga olib kelgan. Ular qonunchilik tartib-qoidalari majmuiga nafaqat huquqiy masalalarni, balki diniy marosimchilik, savdo va soliq, xulq-atvor masalalalrini ham kiritganlar. Islom huquqshunoslari shariat qozilaridan boshqa sudlovchi tashkilotlar bо‘lmaganidan, musulmon huquqshunoslari barcha huquqiy va diniy masalalarni о‘zlari hal etardilar. Keyinchalik islom xududida rivojlangan davlatlarning mustaqil taraqqiyoti jarayonida ularning manfaatlarini qо‘riqlovchi turli-tuman dunyoviy qonunlar vujudga kela boshlagan. Qur’onda turli-tuman joiz va taqiqlarning bir turkumi mavjud. Ular keyinchalik kengaytirgan va bu elementlardan qonunlar majmui yoki islom huquqi tarkib topgan. Amalda shariatning asosiy yо‘nalishi hayotning turli masalalariga diniy nuqtai nazardan baho berishdir. Sof yuridik qarashlar unga keyinchalik kiritilgan. Keyinchalik islom xududida rivojlangan davlatlarning mustaqil taraqqiyoti jarayonida ularning manfaatlarini qо‘riqlovchi turli-tuman dunyoviy qonunlar vujudga kela boshlagan. Qur’onda turli-tuman joiz va taqiqlarning bir turkumi mavjud. Ular keyinchalik kengaytirgan va bu elementlardan qonunlar majmui yoki islom huquqi tarkib topgan. Amalda shariatning asosiy yо‘nalishi hayotning turli masalalariga diniy nuqtai nazardan baho berishdir. Sof yuridik qarashlar unga keyinchalik kiritilgan.


Yüklə 22,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin