Mavzu : Islomdagi mazhablar tarixidan Reja : I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 22,13 Kb.
səhifə6/7
tarix03.12.2023
ölçüsü22,13 Kb.
#138023
1   2   3   4   5   6   7
Islomdagi mazhablar tarixidan2

Karmatiy mazhabi. Karmatiylar ham ismoiliylardan ajralib chiqqan shahobchalardan biri bо‘lib, IX asr oxirida Iroqda о‘z faoliyatini boshlagandan sо‘ng Suriya va Yamanga tarqalgan. Kо‘chmanchi badaviylar, dehqonlar va hunarmandlardan tashkil topgan bu mazhab islom ta’limotini Allohga va payg‘ambar Muhammadga e’tiqod qilishdan tashqari boshqa narsa va buyumlarga sig‘inishni qoralaganlar. Shu g‘oyani о‘z tarafdorlariga singdirgan qaramatiylar musulmonlar ziyoratgohi Ka’badagi Qora tosh ziyoratini, unga sig‘inishni, bid’at, butparastlik deb hisoblab, X asrning boshlarida (930 yili) haj vaqtida Makkaga bostirib kirib, bir necha ming hojilarni va Makka shahri aholisini qatl etib, asrga olganlar. Shaharni va Ka’bani vayron qilib, qora toshni ikkiga bо‘lib, о‘z davlatlari Baxraynga olib ketganlar.
Qoramatiylarning bunday harakatlarini aksariyat musulmonlar jamoasi qoralagan. Makka va Shaharni ta’mirlash ishlari amalga oshirilib 20 yildan sо‘ng qora toshni qaramatiylardan katta tо‘lov evaziga qaytarib olganlar.
Ja’fariy mazhabi. Bu mazhab shialik yо‘nalishidagi imomat yо‘nalishiga (ya’ni 12 imomga e’tiqod qilish) kiruvchi asosiy mazhablardan biridir. Shialikdagi 6-imom Ja’far as-Sidiqni Ismoiliylar fiqh tizimini asoschisi deb tan oladilar. Islom tarixidan ma’lumki, fiqhga oid bu tizim IX-X asrlarda bir qator ilohiyotchilar tomonidan yaratilgan. Bunda imom Ja’farning ishtiroki bor yoki yо‘qligini belgilovchi
dalil qolmagan. Chunki, undan hech qanday yozma asar qolmagan. Ammo shialikdagi diniy-huquqiylikka oid ta’limot ja’fariya nomi bilan ataladi.
Ja’fariy mazhabi. Bu mazhab shialik yо‘nalishidagi imomat yо‘nalishiga (ya’ni 12 imomga e’tiqod qilish) kiruvchi asosiy mazhablardan biridir. Shialikdagi 6-imom Ja’far as-Sidiqni Ismoiliylar fiqh tizimini asoschisi deb tan oladilar. Islom tarixidan ma’lumki, fiqhga oid bu tizim 1X – X asrlarda bir qator ilohiyotchilar tomonidan yaratilgan. Bunga imom Ja’farning ishtiroki bor yoki yо‘qligini belgilovchi dil qolmagan. Chunki, undan hech qanday yozma asar qolmagan. Ammo shialikdagi diniy-huquqiylikka oid ta’limot ja’fariya nomi bilan ataladi. Ja’fariyaning maqsadi о‘rta asrlarda Eronda hukmron diniy-huquqiy tizimni tashkil etgan. Bu mazhab hozirda ham Eron va Iroqda shialar orasida о‘z ta’sirini yо‘qotmagan.

Xulosa
Xulosa qilib aytganda Islom paydo bо‘lgan davrdan boshlab, uning turli mintaqalarga tarqalish jarayoni, xususan diniy ta’limotni talqin qilish bilan bog‘liq davlatni idora qilish masalalari, hokimiyatni egallash harakati hamda xalifalik davrlarda vujudga kelgan ichki ziddiyatlar natijasida islomda yо‘nalishlar va bir qancha mazhablarni shakllanishiga olib keldi. Ammo bu yо‘nalish va mazhablar qaysi mintaqalarda mavjudligidan qat’iy nazar islom manbalari bо‘lmish Qur’oni karim va hadis sharifga amal qilgan. Bunday e’tiqodga ega bо‘lgan har bir musulmon qalbida u Allohning bandasi ekanligini his qilib turgan, gunoh ishlariga qо‘l urushdan о‘zini tiygan, toat-ibodat orqali о‘z ma’naviy-axloqiy qiyofasini shakllantirishga harakat qilgan. Islomdagi yо‘nalishlar va mazhablarning shakllanishi jarayonida vujudga kelgan diniy e’tiqod va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid ziddiyatlar tufayli sodir bо‘lgan qurbonlar, talon-tarojlar, islomning tarixiy jarayoni bо‘lib, vaqt о‘tishi bilan ularning kо‘pchiligiga о‘z ta’sir kuchini yо‘qota borgan, asosan musulmonlar tomonidan e’tirof etilgan yо‘nalishlar, mazhablar hozirgi Sharqda ham Markaziy Osiyo mintaqasida ham saqlanib qolgan. Ularning aksariyati islom ta’limotiga amal qilib, asrlar osha musulmon xalqlari hayotida ijobiy rol о‘ynab, uning ayniqsa ma’naviy-axloqiy qadriyatlari bu dinga e’tiqod qiluvchi kishi qalbiga ezgulik urug‘ini sochmoqda. Islom yо‘nalishlarining xalq ma’naviyatidagi о‘rni. Arabiston yarim orolida VII asrda vujudga kelgan islom dini qо‘shni mamlakatlarga ham tez tarqala boshladi. Islom ta’limotini targ‘ibot qilishdan tashqari, uning aqidaviy va marosimchilik talablarini turli yо‘llar bilan xalqlar ongiga singdirishga harakat qilindi.



Yüklə 22,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin