Mavzu : iste’mol, jamg‘arma va investitsiyalar 1-§. Iste’mol va jamg‘armaning iqtisodiy mazmuni hamda ularning o‘zaro bog‘liqligi


-chizma. Jamg‘arma funksiyasining grafikdagi tasviri



Yüklə 171,1 Kb.
səhifə3/10
tarix31.05.2022
ölçüsü171,1 Kb.
#116434
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ISTEMOL,JAMG'ARMA VA INVESTITSIYALAR-1

2-chizma. Jamg‘arma funksiyasining grafikdagi tasviri.

CHizmadan ko‘rinadiki, jamg‘arma funksiyasining grafikdagi tasviri iste’mol funksiyasi tasvirining aksi sifatida namoyon bo‘ladi. Bu grafikda ham V nuqta 0 darajadagi jamg‘arishni, 0Y yotiq chizig‘ining 0 darajadan pastki qismi manfiy jamg‘arishni, yuqori qismi esa ijobiy (musbat) jamg‘arishni anglatadi. E0E2 kesma sof daromadning Y1 darajasidagi jamg‘arma miqdorini ko‘rsatadi.


Iste’mol va jamg‘arma hajmiga daromaddan tashqari yana bir qator ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ob’ektiv omillar alohida iste’molchining ixtiyoriga, idrokiga bog‘liq bo‘lmagan omillardan iborat bo‘lib, ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
- barcha xo‘jaliklar tomonidan jamg‘arilgan mol-mulk darajasi;
- narxlar darajasi;
- real foiz stavkalari;
- iste’molchining qarzdorligi darajasi;
- iste’molchilarni soliqqa tortish darajasi.
Sub’ektiv omillar asosan iste’molchining o‘ziga, uning ruhiyati va bozordagi hatti-harakatiga bog‘liq bo‘ladi. Bu omillar qatoriga iste’mol va jamg‘arishga bo‘lgan moyillik, kelgusidagi narx, pul daromadlari, soliq, tovarlar mavjudligi darajasining o‘zgarishiga nisbatan munosabatni kiritish mumkin.
Sub’ektiv omillar ta’sirida iste’mol va jamg‘arma darajasining o‘zgarishini shartli ma’lumotlar asosida tuzilgan quyidagi jadval orqali ko‘rib chiqamiz.
3-jadval. Iste’mol va jamg‘arma darajasi, mlrd. so‘m
(shartli raqamlar asosida)




Yil-lar

Daro-mad darajasi (Y)

Iste’-mol
(C)

Jam-g‘arma
(S)

Icte’molga o‘rtacha moyillik
(S : Y)

Jamg‘a-rishga o‘rtacha moyillik
(S : Y)

Iste’molga keyingi qo‘shilgan moyillik
(∆S : ∆Y)

Jamg‘arishga keyingi qo‘shilgan moyillik
(∆S : ∆Y)

1995

1500

1300

200

0,87

0,13

-

-

2000

1800

1500

300

0,83

0,17

0,67

0,33

2004

2200

1700

500

0,77

0,23

0,50

0,50

Jadvaldan ko‘rinadiki, yillar davomida sof daromad hajmi oshib borishi bilan uning iste’mol va jamg‘armaga sarflanishi o‘rtasidagi nisbat o‘zgarib bormoqda. Iste’molchilarning daromadlari qanchalik o‘sib borgan sari ularning jamg‘armaga bo‘lgan moyilliklari shunchalik oshib boradi. Buni iste’mol va jamg‘armaga bo‘lgan o‘rtacha va keyingi qo‘shilgan moyillik ko‘rsatkichlari orqali ham kuzatish mumkin.


Aholi daromadining iste’molga sarflanadigan ulushi iste’molga o‘rtacha moyillik (IO‘M) deyiladi va quyidagicha aniqlanadi:
.
Aholi daromadining jamg‘armaga ketadigan ulushi esa jamg‘armaga o‘rtacha moyillik (JO‘M) deyiladi:
.
Bizning misolimizda (3-jadval) yillar davomida daromad hajmi oshib borishi bilan IO‘M pasayib, JO‘M esa o‘sib bormoqda. SHunisi ahamiyatliki, iste’molga va jamg‘armaga o‘rtacha moyillik ko‘rsatkichlari iste’mol va jamg‘armaning daromaddagi ulushini anglatar ekan, ulardan birining qandaydir miqdorga o‘zgarishi boshqa birining ham teskari yo‘nalishda xuddi shunday miqdorga o‘zgarishiga olib keladi. Qisqacha aytganda, bo‘ladi.
SHuningdek, iste’mol yoki jamg‘armaga keyingi qo‘shilgan moyillik ko‘rsatkichi ham ahamiyatlidir. Bu ko‘rsatkich iste’molchi daromadining navbatdagi o‘zgarishi uning iste’mol va jamg‘armaga nisbatan munosabati qanday o‘zgarishini aks ettiradi. Daromad hajmining o‘zgarishi natijasida iste’mol sarflari hajmining o‘zgarishi darajasi iste’molga keyingi qo‘shilgan moyillik deyiladi (IQM), yoki
.
Daromad hajmining o‘zgarishi natijasida jamg‘arma hajmining o‘zgarishi darajasi jamg‘armaga keyingi qo‘shilgan moyillik deyiladi (JQM), ya’ni:
.
Demak, sof daromadning o‘sgan qismi ham yo iste’molga, yoki jamg‘armaga sarflanadi. Bu sarflangan qismlar o‘rtasidagi nisbat o‘zgargan taqdirda ham ularning umumiy yig‘indisi 1ga teng bo‘ladi, ya’ni:

Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi, tadbirkorlik faoliyatining samarali amalga oshishida jamg‘arish jarayonlarining ahamiyati beqiyosdir. SHunga ko‘ra, jamg‘arishning mohiyati, uning omillari va samaradorligi ko‘rsatkichlarini alohida ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.



Yüklə 171,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin