O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMLI ANDIJON DAVLAT UNVERSITETI FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI IV-BOSQICH 4M6-GURUX TALABASI MAMIRXONOVA BARNOXONNING
ANALITIK GEOMETRIYA FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU : LOGORIFM QATNASHGAN TENGLAMA VA TENGSIZLIKLARNI YECHISH USULLARI
Matematika—hamma aniq fanlarga asos.Bu fanni yaxshi bilgan bola aqlli , keng tafakkurli bo`lib o`sadi,istalgan sohada muvaffaqiyatli ishlab ketadi.
Sh.M.Mirziyoyev
KIRISH Mamlakatimizda matematika 2020-yildagi ilm fanni rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlarning biri sifatida belgilandi. O`tgan davr ichida matematika ilm fani va ta`limini yangi sifat bosqichiga olib chiqishga qaratilgan qator tizimli ishlar amalga oshirildi.
2020-yil 7-may PQ-4708 ga asosan “2020-2023 –yillarda O`zbekiston Respublikasida matematika fanlari bo`yicha ta`lim sifatini yaxshilash ,ilmiy-tadqiqotlarning natijadorligi va amaliy ahamiyatini oshrishning “ Maqsadli dasturi ishlab chiqildi.
Oliy ta`lim va ilmiy tadqiqotlarning o`zaro integratsiyalashuvini ta`minlash maqsadida Talabalar shaharchasida Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika insitutining yangi va zamonaviy binosi barpo etildi.
Kurs ishining mavzusining dolzarbligi:
Analitik geometriyaning ko`pgina masalalarini yechishda birinchi darajali ko`p noma`lumli tenglamalar sistemasi bilan ish ko`rishga to`g`ri keladi
Bunday sistemalarni yechish va umuman ularni tekshirish elementar algebraning odatdagi yo`llari bilan ,mumkin bo`lsada ,lekin u yo`llar g`oyat darajada uzun bo`lib noqulaydir.