Mavzu : Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi



Yüklə 163,5 Kb.
səhifə1/7
tarix09.11.2022
ölçüsü163,5 Kb.
#119194
  1   2   3   4   5   6   7
navoi viloyati




Mavzu : Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi
Reja:

  1. Kirish …………………………………………………………………………

  2. Arxiv ishi hududiy boshqarmasi……………………………………………...

  3. Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi toʻgʻrisida maʼlumot………

  4. Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tarkibidagi tashkilotlar……

  5. Xulosa ………………………………………………………………………

  6. Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………..



Kirish
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2020-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-653-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 20-sentabrdagi PF-5834-son Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv”1 agentligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 20-sentabrdagi PQ-4463-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i O.M. Umarov hamda O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi direktori U.M. Yusupov zimmasiga yuklansin.
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar davlat arxivlari (ularning filiallari) va Toshkent shahar davlat arxivlari” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahar markaziy davlat arxivlari, viloyatlar, shaharlar, tumanlar davlat arxivlari va ularning filiallari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Hujjatlarni doimiy saqlash huquqi berilgan vazirliklar, idoralar, tarmoq davlat fondlari va tashkilotlar arxivlari” so‘zlari “Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini doimiy (muddatsiz) saqlashni amalga oshiradigan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning” so‘zlari bilan almashtirilsin;O‘zbekiston milliy arxivlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, markaziy davlat arxivlari tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tuziladi.2
Viloyatlar, shaharlar, tumanlar davlat arxivlari va ularning filiallari tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori bilan tuziladi.Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishgan holda, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlanadi. O‘zbekiston milliy arxivlari to‘g‘risidagi nizomlar “O‘zarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy davlat arxivi, Toshkent shahar markaziy davlat arxivi hamda viloyatlar, shaharlar, tumanlar davlat arxivlari va ularning filiallari, shuningdek, shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari to‘g‘risidagi nizomlar “O‘zarxiv” agentligi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy nizom asosida ishlab chiqiladi hamda tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishgan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari tomonidan tasdiqlanadi.
Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini doimiy (muddatsiz) saqlashni amalga oshiradigan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning arxivlari to‘g‘risidagi nizomlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Idoraviy arxiv to‘g‘risidagi Namunaviy nizomga asosan ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi bilan kelishilgan holda ularning rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi”.

Yüklə 163,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin