Arxiv ishi hududiy boshqarmasi Arxiv ishi hududiy boshqarmasi viloyatda arxiv ishi bo‘yicha davlat boshqaruvining maxsus vakolatli organi hisoblanadi; u O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligiga va viloyat hokimligiga bo‘ysunadi hamda o‘z faoliyati haqida ularga hisobot beradi.
Boshqarma tizimiga viloyat davlat arxivi va shahar, tuman davlat arxivlari kiradi. Shahar va tuman davlat arxivlari o‘z faoliyati jarayonida viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasiga hamda o‘zi joylashgan tuman, shahar hokimliklariga bo‘ysunadi.
Boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlariga, viloyat hokimining qarorlari va farmoyishlariga, “O‘zarxiv” agentligining nizomlari, yo‘riqnomalari, qoidalari, qarorlari, farmoyishlari, buyruqlari va ko‘rsatmalariga hamda o‘z Nizomiga amal qiladi.
Boshqarma o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bevosita, shuningdek unga buysunuvchi, o‘z faoliyatini boshqarma tomonidan tasdiqlangan nizomlar asosida viloyat davlat arxivi, shahar va tuman davlat arxivlari orqali amalga oshiradi.3 «O‘zarxiv» agentligining asosiy vazifalari va funksiyalari
1. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
arxiv ishi va ish yuritish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish va nazorat qilish;
Milliy arxiv fondi hujjatlarini jamlash, ularning saqlanishini, davlat hisobiga olinishini ta’minlash va ulardan keng foydalanish;hududiy boshqarmalarni, milliy arxivlar va davlat arxivlarini boshqarish va ularning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash;
Arxiv xizmatlarini ko‘rsatishda nodavlat sektorni yanada rivojlantirish, arxiv ishi sohasida davlat-xususiy sheriklik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
arxivshunoslik, arxeografiya, ish yuritish, elektron hujjat aylanishi sohasida ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini va ilmiy-texnika yutuqlarini respublika arxivlari amaliyotiga joriy etish;
zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda muntazam ravishda arxiv ishi va ish yuritish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning malakasini oshirish tizimini shakllantirish;4 Arxiv ishi va ish yuritish sohasida mamlakatimiz va xorijiy davlatlarning ilg‘or ish tajribasini o‘rganish va ommalashtirish, xorijiy arxivlarda saqlanayotgan O‘zbekiston tarixiga oid arxiv hujjatlari nusxalarini olib kelish.
2. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) arxiv ishi va ish yuritish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish va nazorat qilish sohasida:arxivlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda arxiv ishini rivojlantirishga doir davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
arxiv hujjatlarini arxivlarda, muzeylarda, kutubxonalarda, ilmiy muassasalar va boshqa joylarda jamlash, hisobga olish, saqlash va foydalanish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi hamda uning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Saqlash muddati ko‘rsatilgan namunaviy boshqaruv hujjatlarining ro‘yxatini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, respublika boshqaruv organlari tomonidan ishlab chiqilgan saqlash muddati ko‘rsatilgan sohaviy hujjatlarning ro‘yxatlarini kelishadi;
arxiv hujjatlarini alohida qimmatli hujjatlar va noyob hujjatlar sirasiga kiritish tartibini, shuningdek, sug‘urta nusxalarini yaratish va saqlash tartibini belgilaydi;
arxiv hujjatlarini kirib ko‘rish tartibi va shartlarini belgilaydi;
arxiv hujjatlarini Milliy arxiv fondi (keyingi o‘rinlarda MAF deb ataladi) tarkibiga kiritadi va uning tarkibidan chiqaradi;
O‘zbekiston Respublikasining arxiv ishi va uni yuritish sohasidagi xalqaro faoliyatini amalga oshiruvchi vakolatli ma’muriy organi sifatida ish ko‘radi. Xalqaro tashkilotlarning arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi kongresslarida, s’ezdlarida, konferensiyalarida O‘zbekiston Respublikasi nomidan ishtirok etadi, arxiv ishi va ish yuritish sohasida xalqaro idoralararo bitimlar va shartnomalarni belgilangan tartibda tuzadi;
Arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi xalqaro, hukumatlararo bitimlar va shartnomalar loyihalarini tayyorlaydi;arxiv ishi va ish yuritish holatini tahlil qiladi, qonuniylik va tendensiyalarini o‘rganadi hamda ularni rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilaydi;
Arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi qonunchilikka rioya qilish va huquqiy munosabatlar masalalari bo‘yicha ommaviy axborot vositalari orqali axborot-tushuntirish ishlarini olib boradi;arxiv ishi va ish yuritish sohasida nazoratni amalga oshiradi hamda aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etishga va ularning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladigan shart-sharoitlarning oldini olish bo‘yicha tegishli bayonnomalar tuzadi va sudlarga kiritadi;5 MAFga tegishli alohida qimmatli va noyob hujjatlarning sug‘urta fondi markazlashtirilgan holda saqlanishini tashkil etadi;
Hujjatlar shakllanishi jarayoni va hujjatlar aylanishi hajmi monitoringini olib boradi;davlat arxivlarida arxiv hujjatlarini maxfiylikdan chiqarish ishlarini tashkil etadi;arxiv ishi soxasida aniqlangan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar tuzadi;davlat arxivlari tomonidan ko‘rsatiladigan pullik xizmatlarning yagona narxnomasini tasdiqlaydi;
b) Milliy arxiv fondining hujjatlarini jamlash, ularning saqlanishini, davlat hisobiga olinishini ta’minlash va ulardan keng foydalanish sohasida:
MAF hujjatlari davlat ro‘yxatiga olinishini tashkil qiladi va Davlat katalogini yuritadi;MAF hujjatlarini doimiy saqlaydigan arxivlar va tashkilotlarga ro‘yxatga olish guvohnomalarini beradi;MAF noyob hujjatlari Davlat reyestrini yuritadi; Arxiv hujjatlari davlat arxivlariga topshirilishi lozim bo‘lgan tashkilotlarning ro‘yxatini tuzish tartibini belgilaydi;Hujjatlarni respublika va mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan arxiv fondlari tarkibiga kiritish, respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan fondlarni davlat arxivlarida to‘plash, shuningdek respublika miqyosidagi hujjatlarni davlat arxivlariga berish va aksincha masalalarini hal qiladi;Davlat mulkida bo‘lgan arxiv hujjatlarini yoki ularning o‘rnini bosuvchi nusxalarini, shuningdek MAFning davlatga tegishli bo‘lmagan qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini yoki ularning o‘rnini bosuvchi nusxalarini vaqtincha olib chiqishga ruxsatnomalar beradi;
MAFning davlatga tegishli bo‘lmagan qismi hujjatlarini, shuningdek, fuqarolarda saqlanayotgan qadimiy hujjatlar, kitoblar, qo‘lyozmalar va boshqa materiallarni sotib olish yuzasidan davlatning imtiyozli huquqini amalga oshiradi, bu borada tizimdagi hududiy boshqarmalar va davlat arxivlariga ko‘maklashadi;
v) davlat arxivlarini boshqarish va ularning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash sohasida:6 Davlat arxivlari faoliyatini boshqarishni amalga oshiradi, ularning tuzilmasini takomillashtirish va tarmoqni rivojlantirish ishlarini tashkil etadi va olib boradi;
arxiv ishi va ish yuritishni rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, respublikada sohani rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini, yig‘ma yillik va istiqbolli rejalarini ishlab chiqadi;Idoraviy arxivlar tarmog‘ini rivojlantirish va ishini tashkil etish bo‘yicha tadbirlarda ishtirok etadi;Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarda arxiv ishi va ish yuritishning holati ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;arxiv ishi va ish yuritish sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirishda yagona yondashuvni ta’minlaydi;
Idoraviy arxivlarning arxiv xizmatlari ishiga, respublika miqyosidagi davlat organlari ish yuritishida hujjatlarning tashkil etilishiga tarmoqlararo tashkiliy-metodik rahbarlikni va nazoratni amalga oshiradi;arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish ishlari tashkil etilishini, hujjatlar saqlanishi, ko‘rsatilgan arxivlarga berilishi va ulardan foydalanish bo‘yicha belgilangan tartibga rioya etilishi ustidan nazorat qiladi;
Arxivlar faoliyatini va arxivlarni jamlash manbalari bilan ishlash holatini hamda arxivlar, idoraviy arxivlar va tashkilotlarda arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va foydalanish ishlarini tahlil qiladi va baholaydi;
arxiv ishi va ish yuritish sohasida jismoniy va yuridik shaxslarning so‘rovlari o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini tashkil etadi, xorijdan kelgan so‘rovlar ijrosini ta’minlaydi;idoraviy saqlov muddati tugagan arxiv xujjatlarining yo‘q qilinishidan avval elektron nusxalari talab qilib olinishi va saqlanishini nazorat qiladi;
Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi toʻgʻrisida maʼlumot