Respublikada birinchilardan boʻlib 2010-yil 300 ming saqlov birligiga moʻljallangan Viloyat davlat arxivi binosi qurib foydalanishga topshirildi.
Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasining www.navoiarxiv.uz rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi www.facebook.com/Navoiyarchive, www.instagram.com/navoiyarchive/t.me/NavoiyAIHB,www.youtube.com/channel/UCzHW5oFeC7ObR68qIr65tPA rasmiy sahifalarida arxiv ishi va ish yuritish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, sohadagi yangilik yuzasidan maʼlumotlar berib borilmoqda.
Boshqarma boshligʻi Bekova Sayyora Saidovna 2012-yil Rossiya Federatsiyasi XIX Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada va Janubiy Koreya Respublikasida Yozuvlar va arxivlarni boshqarish taʼlim Dasturi (RAMP) boʻyicha malaka oshirish seminar-treningi ishtirok etish uchun xizmat safarlarida boʻlgan.
Boshqarma tomonidan 2017-yil “Oʻzbekiston Respublikasining arxiv ishi va ish yuritish sohasida meʼyoriy-huquqiy hujjatlar” toʻplami Navoiy viloyati “Doʻstlik bayrogʻi” va “Знамя дружбы” gazetalari tahriyati davlat korxonasi matbaa boʻlimida nashr etilgan.
2014-yil Navoiy viloyatida “Oʻzarxiv” agentligining 2014-yil I chorak yakunlariga bagʻishlangan sayyor Hayʼat yigʻilish va Respublika seminari oʻtkazildi.
Har yili Navoiy viloyati tashkilot, korxona va muassasalari masʼul xodimlari ishtirokida arxiv ishi va ish yuritish yuzasidan seminarlar oʻtkazilmoqda hamda arxiv hujjatlari asosida koʻrgazmalar tashkil etilmoqda.
Navoiy viloyati davlat arxivining tashkil etilishi va