Karmana tumani davlat arxivi toʻgʻrisida maʼlumot Navoiy viloyati Karmana tumani davlat arxivi filiali Navoiy viloyati hokimining 1995-yil 19-oktyabrdagi “Navoiy viloyati davlat arxivining Navoiy tuman fililalini tuzish haqida”gi Q-288-son qaroriga asosan tashkil etilgan. Navoiy viloyati davlat arxivining Navoiy tumani filiali 2003-yil Oʻzbekiston Respubliksi Oliy majlisining 2-chaqiriq 12 sessiyasining 540-sonli qaroriga asosan Navoiy shahar tarkibidagi Karmana tumani tugatilib, Navoiy tumani negizida Karmana tumani tashkil etilishi munosabati bilan Navoiy viloyati davlat arxivining Karmana tumani filiali aylantirilgan.
Keyinchalik Karmana tumani davlat arxivi filiali Karmana tumani hokimining 2012-yil 18-iyuldagi 626-Q-sonli qaroriga asosan Karmana tumani davlat arxivi deb yuritila boshlagan.
Karmana tumani davlat arxivi ilk tashkil topgan yildan buyon Navoiy viloyati Barkamol avlod bolalar maktabining binosida ijarada faoliyat yuritmoqda. Binoni taʼmirlash ishlari Barkamol avlod bolalar maktabi tomonidan amalga oshirib kelinmoqda.
2021-yil 1-yanvar holatiga tuman davlat arxivida 438-fond mavjud boʻlib, 29033 saqlov birlikdagi hujjatlar saqlanmoqda. Shundan boshqaruv hujjatlar 19379 saqlov birlikni, shaxsiy tarkibga oid hujjatlar 9654 saqlov birlikni tashkil etadi. Karmana tumani davlat arxivida shaxsiy kelib chiqishga oid hujjatlar mavjud emas. Alohida qimmatli hujjatlar soni 718 saqlov birlikni tashkil etadi.
Karmana tumani davlat arxivi saqlovidagi OʻzSSR Navoiy viloyati Xalq deputatlarining Kengashi Navoiy rayon ijroiya qoʻmitasining 1925-1991-yillarga oid 1248 saqlov birligidagi hujjatlari, OʻzSSR Keremene uyezd moliya boʻlimi Mehnatkash deputatlari Ijroiya qoʻmitasi Navoiy tumani moliya boʻlimining 1922-1987-yillarga oid 2031 saqlov birligidagi hujjatlar qiziqarli hujjatlar hisoblanadi.
Karmana tumani davlat arxivi saqlovidagi Karmana tumani davlat arxivi saqlovidagi OʻzSSR Navoiy viloyati Xalq deputatlarining Kengashi Navoiy rayon ijroiya qoʻmitasining 718 saqlov birligidagi 36580 kadr hujjatlari raqamlashtirilgan.
Hozirgi kunda Karmana tumani davlat arxivida 6 shtat birligi mavjud boʻlib, 7 nafar xodimlar faoliyat olib bormoqda.
Xulosa Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi (keyingi o’rinlarda – Boshqarma deb yuritiladi») arxiv ishi bo’yicha davlat boshqaruvining Navoiy viloyatidagi maxsus vakolatli organi hisoblanadi. U o’z ish faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O’zarxiv» agentligiga va Navoiy viloyati hokimligiga buysunadi hamda o’z faoliyati yuzasidan ularga hisobot beradi.
Boshkarma tizimiga viloyat hududida faoliyat yuritayotgan viloyat, shahar va tuman davlat arxivlari kiradi. Shahar va tuman davlat arxivlari boshqarmaga hamda o’z navbatida hududiy joylashuviga muvofiq shahar va tuman hokimliklariga buysunadilar. Boshqarma o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlariga,Navoiy viloyati hokimining qarorlari va farmoyishlariga, "O’zarxiv” agentligining nizomlari, yo’riqnomalari, qoidalari, qarorlari, farmoyishlari, buyruqlari va ko’rsatmalariga hamda «O’zarxiv» agentligi Bosh direktori tomonidan tasdiqlangan va Navoiy viloyati hokimi bilan kelishilgan ushbu Nizomga amal qiladi.
Boshqarma o’ziga yuklatilgan vazifalarni bevosita, shuningdek o’z faoliyatini shahar va tuman hokimlari bilan kelishgan holda Boshqarma tomonidan tasdiqlangan ular to’g’risida nizomlar asosida amalga oshiruvchi o’ziga bo’ysunadigan arxiv muassasalari orqali amalga oshiradi.
Tashkilotlar, fermer xo’jaliklari, davlat arxivlari, idoraviy va idoralararo arxivlarda, shuningdek nodavlat arxivlarda arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi qonun hujjatlarining bajarilishi ustidan ta’sirchan nazoratning amalga oshirilishini ta’minlash; tashkilotlarda arxiv ishi va ish yuritishning holatini tahlil qilish, tendensiyalari va qonuniyatlarini o’rganish, uni rivojlantirish;
Viloyat davlat arxivlarida saqlanayotgan O’zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini shakllantirish, ularning saqlanishini, davlat hisobi yuritilishini ta’minlash va ulardan foydalanish;