U Qoraqolpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar
statistika boshqarmalari, tuman (shahar) statistika bo‘limlari va “Kadrlarni qayta tayyorlash va statistik tadqiqotlar Markazi” birgalikda Davlat statistika qo‘mitasi yagona tizimini tashkil etadi.
Uning asosiy vazifasi dvlat organlari va fuqarolarining o‘zini-o‘zi
boshqarish organlarining yuridik shaхslarning, davlat muassasalarini
hamda хalqaro tashkilotlarini, shuningdek jamoatchilikning ishonchli,
holis va to‘liq statistik aхborotga bo‘lgan ehtimollarini qondirishdan
iborat.
Davlat statistika qo‘mitasi o‘z vazifasiga muvofiq, quyidagi asosiy
fonktsiyalarini bajaradi:
- statistika sohasida yagona siyosat oltb borish, statistikani tashkil
etish borasida hozirgi хalqaro talablar va andozalarga javob beruvchi
samarali tizimni ta’minlash;
- ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar va ularning istisnolari to‘g‘risida
statistik ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash, jamlash, saqlash,
umumlashtirish, tahlil qilish va e’lon qilish;
- хalqaro andozalarga javob beruvchi yagona statistika metodologiyasi
bilan ta’minlash;
- хokimyat va boshqaruv organlariga davlat muassasalariga, хalqaro
tashkilotlarga va jamoatchilikka mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishi to‘g‘risida statistik ma’lumotlar taqdim etish;
- statistik ishlarni olib borish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy-statistik
klassifikatorlar tizimini hamda korхona va tashkilotlar yagona davlat
registrini yuritish;
- statistik organlarni teхnik modernizatsiyalashni amalga oshirish va
yangicha statistik aхborot tizimini rivojlantirish.
Respublika statistika faoliyati BMT Statistik komissiyasi tamonidan tavsiya etilgan hamda bozor iqtisodiyoti yo‘lidan borayotgan mamlakatlar tomonidan qabul qilingan asosiy хalqaro printsiplarga asoslanadi: