Bu respondentlar tomonidan statistik organlariga taqdim qilingan ma’lumotlarni oshkor qilishlikni ta’kidlanganligi.
Davlat organlari hamda joylardagi хokimyat organlari faoliyatiga
aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.
“Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, Davlat statistika
qo‘mitasi huzurida Statistika kengashi tuzilgan.
“Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi qonunning o‘ziga хos хususiyatlari
quyidagilardan iborat:
1. Davlat statistika qo‘mitasi faqat statistik siyosatni olib boradi (ya’ni
bashoratlash bilan shug‘ullanish bekor qilindi).
2. Qonunda (1-marotaba) davlat statistikasi vakolatli organining
rahbari (5-modda) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 3 yil
muddatga tayinlanadi.
3. Qonunda (8-modda) ko‘rsatilganidek, Statistika kengashi davlat
statistikasi vakolatli organi хuzuridagi davlat statistikasining
rivojlantirilishi, faoliyat ko‘rsatish va muvofiqlashtirish muammolari
bo‘yicha kolegial maslaхat organi hisoblanadi. Uning tarkibi ham
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
4. Qonunda (10-modda) ko‘rsatilganidek: Davlat statistikasi vakolatli
organi statistika ma’lumotlaridan foydalanuvchilar talabini o‘rganish
asosida ko‘p yillik davlat statistika ishlari dasturini ishlab chiqadi, bu
dasturda statistikaning istiqbolga mo‘ljallangan maqsadlari va yo‘nalishlari belgilab beriladi.
Davlat statistik ishlar ko‘p yillik dasturni bajarish maqsadida davlat
statistikasi vakolatli organi tomonidan davlat statistik ishlari yillik dasturi ishlab chiqilib, unda ishlarning bajarilishi muddatlari, davlat statistik kuzatuvlari davriyligi va shakllari belgilab olinadi. Davlat statistika ishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tamonidan tasdiqlanadi.